Academic Research, Uzbekistan 2002 www.ares.uz Pedagogik kuzatishlar maxsus tayyorlanadi va o'z ichiga:
a) odatdagi, ya`ni har doim o'tkaziladigan tasviriy san`at darsini kuzatish;
b) maxsus tashkil etilgan, oldindan tayyorgarlik ko'rilgan, zamonaviy
texnologiyalar bilan o'tkaziladigan alohida darslami kuzatishni oladi. Bunda
pedagogika, psixologiya fanlarining yangiliklari ham hisobga olinadi.
Ilmiy tadqiqot o'tkazish vaqtida o'rganilayotgan hodisani kuzatish natijalari
yozib olinadi va zarur bo'lsa, uni yana xuddi o'sha sharoitda takrorlash mumkin
bo'ladi. Eksperiment sun`iy yaratilgan sharoitda ham, tabiiy holatda ham o'tkazilishi
mumkin.
Eksperiment o'tkazish uchun tadqiqot talabiga muvofiq:
1) o'tkazish rejasini tuzish;
2) nazorat va eksperimental guruhlar, sinflar tanlash;
3) darsga tayyorlanish konspekti, ko'rgazmali qurollar, o'quvchilar uchun rasm
qog'ozi, bo'yoqlar, mo'yqalamlar, qalam va hokazo;
4) darsni kuzatish;
5) o'quvchilaming ishlarini yig'ib olish va baholash;
6) natijalami bayonnomaga kiritish;
7) to'plangan m`lumotlarni tahlil qilib, umumlashtirish;
8) o'tkazilgan kuzatish yuzasidan xulosalar chiqarish lozim bo'ladi.
Ilmiy tadqiqotlar o'tkazish jarayonida to'plangan materialni matematik yo'l
bilan hisoblash yoki jadval usulida tasvirlash talab etiladi. Har xil jadval, rasm va
diagrammalar chizish, to'plangan materialni tahlil qilishga qulay sharoit yaratadi.
Bunda ikki sinfda o'tkazilgan kuzatish natijasi jadval orqali ko‘rsatiladi va ular bir xil
kattalikda, bir xil belgilar bilan bajariladi.
a) adabiyotlardan olingan ma`lumotlaming tahiili;
b) hujjatli dalillami — dars rejalari, o'quvchilar tomonidan ishlangan rasmlar,
darslaming
qarorlari,
hisobotlar,
sorovnomalar,
suhbatlar
va
savol-javob
natijalarining tahlili va umumlashtirish.
To'plangan material bayon etilganda ko'rilayotgan masala va dalillar izchillik
bilan hisobga olib borilishi kerak. Kurs ishida berilgan m a’lumotlar maxsus ilmiy
bilimlar darajasida bo'lishi kerak. Ko'rilayotgan masalaning asosiy mazmunini yaqqol
ochib berish talab etiladi. Har bir murakkab masalaning tugallanishida, albatta,
qisqacha xulosa bilan yakunlanadi. 0 ‘z izlanishlarini bayon qilish chog'ida ashyoviy
dahllarga tayanish raqam, jadvallar va hokazo kerak. Rasmlar ilova qilingan matn,
odatda, qisqa va tushunarli bo'ladi. Ishda o'z ixtiyori bilan so'zlarni qisqartirish