Мавжуд электрон рақамли имзо алгоритмларининг



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə1/4
tarix27.04.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#56519
  1   2   3   4
1 uz-assistant.uz



Mavjud elektron raqamli imzo algoritmlarining

qiyosiy tahlili
D.T. Sobirova («UNICON.UZ» DUK, TATU magistranti)
Ushbu maqolada mavjud elektron raqamli imzo algoritmlarining tasnifi va ularning qiyosiy tahlili keltirilgan. Elektron raqamli imzo algoritmlari murakkabligi bo‘yicha sinflangan.

V dannoy state privedena klassifikatsiya suщestvuyuщix algoritmov elektronnoy sifrovoy podpisi i ix sravnitelnыy analiz. Algoritmы elektronnoy sifrovoy podpisi klassifitsirovanы po slojnosti reshayemыx problem.

In the article the classification of algorithms of electronic digital signature is presented and also comparative analysis. Algorithms of electronic digital signatures classified by their complexity.
Hozirgi kunda jamiyatning barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini har bir sohada joriy etish, hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish, jahon axborot jamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan foydalanishni kengaytirish uchun qulay shart – sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Jumladan, “elektron hujjat”, “elektron raqamli imzo (ERI)” tushunchalari jamiyatning har qaysi sohasiga jadal kirib bormoqda.

Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. Elektron shaklda qayd etilgan, ERI bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot elektron hujjatdir [1].

ERI — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERI yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda ERI ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va ERI yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzodir [2]. U axborot - kommunikatsiya tizimlari orqali uzatilayotgan hujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladi.

Maʼlumot jo‘natuvchining qabul qiluvchiga qandaydir maʼlumotni oddiy usulda jo‘natish ko‘p hollarda turlicha muammolarning kelib chiqishiga olib keladi. Bunda jarayon qatnashchilari asosan quyidagi holatlarga duch keladilar:

- rad etish – xabar yuborgan o‘zi yuborgan xabarni rad etishi;

- qalbakilashtirish – qabul qiluvchi xabarni o‘zgartiradi, qalbakilashtiradi;

- o‘zgartirish – qabul qiluvchi xabarni o‘zgartiradi;

- niqoblash – tartib buzar xabarni boshqa shaxsga rasmiylashtiradi va h.k.

Shunday hollarda ERI aloqa tizimlarida yuqorida sanab o‘tilgan buzilishlaridan muhofaza qilinishini taʼminlaydi, yaʼni:


  • maxfiy kalit faqat yuboruvchining o‘zigagina maʼlum bo‘lsa, u holda qabul qiluvchi tomonidan qabul qilib olingan maʼlumot faqat yuboruvchi tomonidan jo‘natilganligini rad etib bo‘lmaydi;

  • raqib tomon maxfiy kalitni bilmagan holda o‘zgartirish, qalbakilashtirish, niqoblash va boshqa shu kabi aloqa tizimi qoidalarining buzilishiga imkoniyat tug‘dirmaydi. Hujjatni o‘zgartirishga urinishda xesh qiymat o‘zgaradi va imzo qonuniy kuchga ega bo‘lmay qoladi [3].

Shuningdek, ERI korxona va savdo-sotiqqa oid tashkilotlarda hisobotlarni elektron ko‘rinishda topshirishda, elektron hujjatga yuridik maqomini berishda katta ahamiyatga ega.




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin