Jaloliddin Rumiy hikmatlari
1. Dard, insonga yo‘l ko‘rsatur.
2. Iymon namozdan yaxshiroqdir. Chunki namoz besh mahal farz, iymon esa har doim.
3. Ko‘chaning daydi itiga xoh oltindan, xoh yungdan tasma taq, baribir ko‘cha itiligicha qolaveradi.
4. Kufr bilan iymon, tuxumning oqi bilan sarig‘iga o‘xshaydi.
5. Don yerga ko‘miladi, uning yerga ko‘milishi bog‘i-rog‘ning ko‘karishiga olib keladi.
6. Aqling tarbiyachiga o‘xshaydi. Sen tuyasan. Aqling seni om qiladi, istar-istamas xohlagan joyiga tortib olib boradi.
7. Aqldan kelga jafo nodondan kelgan jafodan yaxshidir.
8. Alloh sening yuzingni xunuk qilib yaratgan bo‘lsa, o‘zingga kel, ham yuzi xunuk, ham odobi xunuk bo‘lib o‘tma.
9. Shaxmatda piyoda yo‘lga chiqib, oxiri vazir bo‘ldi.
10. Quyoshning nuri axlatga tushsa ham aynimaydi, chunki u nurdir.
11. Sabr – insonni maqsadga eng tez olib boradigan yo‘l ko‘rsatuvchidir.
12. Hirs iflosliklarni ham chiroyli qilib ko‘rsatadi.
13. Temirchilikni bilmasang, temirchi o‘chog‘idan o‘tayotganingda soqolingni ham sochingni ham yoqasan.
14. Yaxshilik va osoyishtalikda barcha senga do‘st-birodar bo‘lur. Dard va g‘amda, Allohdan boshqa kim yaqining bo‘lar?
15. Yaxshi do‘sti borning oynaga ehtiyoji yo‘qdir.
16. “So‘rasak ham bermadi”, dema. So‘rashni bilmading, hech bo‘lmasa yolg‘on gapirma.
17. Insonni otash emas, o‘z g‘aflati yoqar. Barchadagi kamchilikni ko‘rar-u, ammo o‘ziga ko‘rdek boqar. Nimaga qanday boqsang, u ham senga shunday boqar.
18. Inson kulishi ila tarbiyasini, kulgan narsasi ila saviyasini ko‘rsatadi.
19. Ey Musulmon! Odob nima deb so‘rasang, bilki, odob – har beodobning odobsizligiga sabr qilishdir.
20. Ro‘za tutish – qiyindir, azobdir. Ammo Alloh bandasini O‘zidan uzoqlashtirishidan, bir dardga giriftor qilishidan ko‘ra yaxshiroqdir.
21. Oyning kechaga sabr qilishi uni oydinlatur. Gulning tikonga sabr qilishi gulga yoqimli hid berur.
22. Yomon nafs – yirtqich qushdir.
23. Til qozonning qopqog‘iga o‘xshaydi. Qimirlab hidi taraladimi, nima pishayotganini bilib olaverasan.
24. To‘g‘rilik Musoning asosi kabidir. Egrilik esa sehrgarlarning sehrlariga o‘xshaydi. To‘g‘rilik o‘rtaga chiqqach, barcha egriliklarni yutib yuboradi.
25. Qush tilini o‘rgangan kimsa, qush hisoblanmaganidek ayni damda qushlarning dushmani va ovchisi hisoblanadi.
26. Har qo‘lingni siqqan bilan do‘st, joningni siqqan bilan dushman bo‘lma.
27. Cho‘ntagi boy, ruhi qashshoq bo‘lgan insonlarning ahvollari juda jirkanch. Chunki ular, har narsaning narxini bilishadi, ammo qadrini bilishmadi.
28. Sukut saqlashim odobimdandir. Har so‘zga beradigan javobim bor. Lekin bir so‘zga qarayman, so‘zmi deya. Yana bir so‘zlayotganga qarayman, odammi deya ...
29. So‘haqiqatning soyasi va parchasidir.
30. So‘z-idrok qilishda so‘zga muhtoj bo‘lganlar uchundir. Idrok eta bilgan uchun ko‘klarning, yerning hammasi so‘zdir.
31. Har narsaning asli so‘z.
32. So‘z ko‘payganda maqsad unitiladi.
33. So‘z insonning qiymadi qadar qadrlidir.
33. So‘z aytmoqdan maqsad biz foyda bermoq, qalbga ta’sir qilmoq, axloqni o‘zgartirmoq va hokoza yaxshilik qilmoqdir.
34. Javob bermaslik ham o‘ziga xos javobdir.
35. So‘zning foydasi shuki, sini istamakka yo‘llaydi, ilhom beradi.
35. Eng yaxshi so‘z ko‘p bo‘lgani emas, balki foydalisir.
36. Nima bo‘lsang bo‘l, ko‘ringaning qadarsan. Qanday ko‘rinsang ko‘rin, qarshingdagi (inson) seni ko‘rolgani qadarsan.
37. Inson chorasiz emas, duosizdir.
38. Avval xafa bo‘ldim, keyin esa sevindim. Bildim-ki, Alloh xayrsizni olib, xayrlisini menga ikrom qilibdi. Va buning nomini imtihon deb qo‘yibdi. Imtihoni ham ikrom bo‘lgan Buyuk Allohga hamdlar bo‘lsin.
39. Taqdirimni men tanlamadim. Robbimning o‘zi ikrom etdi., Alhamdulillah! Yaxshiman, desam yolg‘on bo‘ladi. Yomonman, desam e’tiqodimga ziyon yetadi. Eng yaxshisi, tilim Uning shukrida bardavom bo‘lsin. Balki ana o‘shanda qalbim qutulib qolar! Duoim aniq, eshitadigan (Zot) aniq, qolgani taqdiri ilohiy …
40. Aqling tuyachiga o‘xshaydi. Sen tuyasan. Aqling seni rom qiladi,
istar-istamas xohlagan joyiga tortib olib boradi.
41. Sevgi, ayb ko‘radigan ko‘zni yumib, go‘zallik ko‘radigan ko‘zni ochadi. Sevadigan bo‘lsang, mana shunday sev! Na aybsiz inson qidir, na insonda ayb...
42. Sayoz suvlarni eng yengil shamol ham to‘lqinlantira oladi, chuqur dengizlarni esa faqatgina chuqur (katta) dardlar. Angladim-ki, chuqur va sir-asrorli bo‘lgan har bir narsa sukut saqlaydi. Va yana shuni angladim-ki, sukut saqlagan har bir narsa chuqur va haybatli...
43. Ey koʻngildosh!
Ishqning aniq bir jismi yoʻq-ki, uni insonlardan qidirsang.
Ishqning xaritasi yoʻq ki, (uni topishni) xazina ovchilaridan iltimos qilsang.
Ishq qidirish bilan topiladigan narsa emas-ki, unga buyurtma bersang.
Ishq nasib ishidir, hisob ishi emas.
Ishq ato qilingan (narsa)dir, qidirilgan (narsa) emas.
Senga (bu ulugʻ neʼmat) ato qilingan boʻlsa va bu (ishq otashi) bilan yongan boʻlsang,
Ishqning oʻzi kelib seni topadi...
44. Na turmoqdaman,
Na yurmoqdaman,
Xuddi uzangidagi oyoq kabi...
Na sukut saqlamoqdaman,
Na so‘zlamoqdaman,
Xuddi kitobdagi yozuv kabi...
Na borman,
Na yo‘qman,
Xuddi gulobdagi xush ifor kabi...
45. Masala kimnidir “hayotim” deyishlik emas.
Asl masala kimgadir “hayot” bo‘la olishlikdir.
46. Ko‘nglimki, g‘aming bilan to‘liqdir, Ey do‘st,
Darding tunu kun menga rafiqdir, Ey do‘st .
“Men ko‘ngli siniqlarni sevarman”, debsan,
Bizning-da shu ko‘ngl siniqdir, Ey do‘st.
47. Men kimman?
Meni, so‘zlagan so‘zlarimda qidirma! Men, so‘zlamagan so‘zlarimda yashirinman. Sen ko‘rolmayotgan katta daryo, ko‘nglimdir. Sen ko‘rayotgan sohil esa, tilimdir. Qirg‘oqlarimga urilayotgan to‘lqinlarga hayratlanma!
48. Bilmagan na bilsin seni, g‘amlanma telba ko‘ngil.
Ko‘ngildan anglamaganga, bog‘lanma telba ko‘ngil.
49.
41. Bu dunyoga nima uchun kelganini bilmasdan, qahqaha otib ko‘p gap sotayotgan odamlar qayiqdagi odamlarga o‘xshaydi. Ular bilishmaydiku qayiqning yurib ketayotganini, tez orada manzilga yetib borishni.
Dostları ilə paylaş: |