Matlab -tili ob’ektlar, matritsalar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan.
Matlabning asosiy ob’ekti – matritsa, indeks nomeri ( 1x1 ) - matritsa hajmi hisoblanadi, matritsalardan foydalanish juda oson, dasturiy yozuvlar undagi formulalar qisqa va tushunarli bo‘ladi. Matlab,matritsa algebraik ifodalar va dasturlash bilan tanishishni ta’minlab beradi.
MATLAB tizimining matematik apparati matritsalarni qayta ishlashga asoslangan. Bu esa mazkur tizimning dastur tuzmasdan ma’lumotlarga ishlov berish imkonini yaratishga asoslangan alohida belgisi va xususiyatidir. MATLAB ning nomi, ya’ni MATrix LABoratory ham ana shunga asoslangan. MATLAB ning ya’na bir yuqori imkoniyati uning turli maqsadlarga mo‘ljallangan mahsusfunksiyalari, jumladan natijalarni grafik ko‘rinishda vizuallashtirishga imkon beruvchi mahsusfunksiyalari bibliotekasi bo‘lib hisoblanadi. MATLAB tizimini foydalanuvchi o‘z funksiyalari bilan ham to‘ldirishi mumkin. Bu masalada, ya’ni MATLAB tizimini kengaytirishga dunyoning matematika, dasturlash va mahsus sohalar bo‘yicha yirik ilmiy markazlari ish olib bormoqdalar.
Dostları ilə paylaş: |