Mavzu : Bolalarni nutqidagi nuqsonlarni aniqlash


Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilish faoliyatini tekshirish metodikalari hamda bilish faoliyatini rivojlantirish usullari



Yüklə 43,2 Kb.
səhifə4/7
tarix05.12.2023
ölçüsü43,2 Kb.
#172572
1   2   3   4   5   6   7
Bolalarni nutqidagi nuqsonlarni aniqlash

2.2 Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilish faoliyatini tekshirish metodikalari hamda bilish faoliyatini rivojlantirish usullari.
Bolaning nutqining paydo bo‘lishi va rivojlanishini o‘rganish nafaqat psixologiya nuqtai nazaridan dolzarb, balki shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ham ega.8 Nutq kommunikativ faoliyat tarkibidagi tarkibiy element, bu esa o‘z navbatida bolaning bilish faoliyatini rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Aloqa va nutq orqali bola insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi xazinasidan ma'lumot olishni o‘rganadi. Maktabgacha yoshdagi og'zaki monologik nutqni rivojlantirish maktabda muvaffaqiyatli o‘qitish uchun asos yaratadi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning nutqini rivojlantirish uchun asosiy o‘yin vazifalaridan biri bu bolaning so‘zlarini boyitish, tushunchalarni o‘zlashtirishda, ishlatilgan so‘zlarning polisemiyasini va ularning semantik soyalarini tushunishda. O‘yinlarda nutq faoliyati rivojlanadi, ona tiliga qiziqish va e'tibor tarbiyalanadi.
O`yin bolani har tomonlama har jihatdan to`g`ri tarbiyalashga qaratilgan faoliyatdir. O`yin insonni barkamol avlod sifatida rivojlantiradi. O`yinchoq bu narsaning o`ziga xos predmeti bo`lib, bolani maqsadini bilib oladi va shu maqsadga yo`naltirishga ko`maklashadi. Ko`pgina tadqiqodchi olimlar shuni isbotladiki, o‘yinchoqlar orqali bolalar kelajakda o‘zlari duch keladigan vaziyatlarga tushadi va ulardan qanday vaziyatlardan chiqishga o‘rgatadi. Bola o`yinchoqlar bilan tanishish, o`ynash orqali ular atrof-olam bilan tanishadi. Bolalar o`zlari orasida bo`ladigan munosabatlari, bir-birlariga muomila madaniyatlari, o`zlari orasida xuddi kattalardek gaplashishlarini xoxlashadi. O`yinchoqlar orqali bola sizga, atrofdagilarga nima demoqchiligini tushuntira oladi. Ular o`yinchoqlar orqali borliq haqidagi bilimlarini boyitishadi.
O`yinchoq bola tug`ilganidan to 3 yoshigacha bo`lgan davrda katta ahamiyatga ega. Chunki ular o`ynash davomida o`zlarini rag`batlantiradi, o`yin tashkil etish qonunqoidalarini o`rganadi: qo`g`irchoq bilan ular ona va qiz bo`lib o`ynashsa, raketa yoki moshina, samolyot bilan ular haydovchi rolini o`ynashga kirishib ketadi. O`yinchoqlar orqali o`yin qay tarzda ketayotganini va nima maqsad borligini tushuntira oladi. Bola ota-onaga ichidagi his tuyg`ularini o`yin orqali yetkazib beradi. Bola o`yin mazmuni o`yinchoqqa bog`liqligini bilib, uning ijodiy faoliyatini shakllantiradi. Bola o`yinchoq o`ynash orqali o`zini dunyosini shakllantirib, yangi g`oyalar bilan o`rtoqlashadi va biz shu g`oyalarni rivojlanishiga yordam berishimiz kerak. O`yinchoqlar bolalar uchun eng kuchli tarbiyaviy ta`sirga ega, chunki hamma narsalar xilma-xilligi bilan tasvirlanadi. Hayvonlar, o`simliklar, transportlar, turli xil asbob-anjomlar, har xil shakllar, hattoki, inson o`zi ham qo`g`irchoqlar sifatida o`yinchoqqa aytantirilgan. O`yinchoqlar bola hayotida ilk hayot tasavvurlarni shakllantirib, asta sekinlik bilan rivojlantiradi. Bola o`yinchoq o`ynab o`sha muhitga kirishadi. Misol qilib oladigan bo`lsak bola shifokor qo`g`irchog`ini o`ynash vaqtida o`zini shifokorday gaplarini gapirib, bemorlarga yordam berishga urinishadi.
O‘yin nazariyasini va o‘yinchoqlarning bolaning shaxsiyatini rivojlantirishdagi o‘rni haqida L.S.Vygotskiy, A.N.Leontiev, D.B.Elkoninlar samarali izlanishlar olib brogan9
Buyuk rus olimi A. M. Gorkiy "O`yinchoq, avvalambor bolani hayratda qoldiradi va bu tuyg`u tushunishning boshlanishidir". O`yinchoq bolani atrof-muhit bilan tanishtiradi, ularni o`rgatadi, taassurotlarini mustahkamlaydi va muloqotga bo`lgan ehtiyojni qondiradi10
Bola ulg`aygan sari o`yinchoqlarni saralay boshlaydi. Ular o`zlariga manfaat keltiruvchi yoki o`yin payti bola nimani xohlayotganiga qarab o`yinchoqni tanlaydi. O`yinchoq bolani har tomonlama, nutqini, xotirasini, hissiyotlarini, fikrlashini rivojlantirib, shakllantiradi. N.K.Krupskaya “O`yinchoqlar bolalarni atrofdagi haqiqiy dunyo bilan tanishtirish, ularning hissiyotlarini rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega”deb yozgan.11
Bolaning nutqini rivojlantirish muhim va murakkab jarayondir. Nutqni rivojlantirishning asosiy davri - o‘yin faoliyati davri bilan bog`liqdir. Shunga ko‘ra, mashg`ulotlar o‘yin shaklida olib borilsa, samaraliroq bo‘ladi. Odatda o‘yin shaklida faoliyat yuritishni talab qilishning hojati yo‘q, chunki aslida har qanday o‘yin bolalarda katta qiziqish uyg`otadi.



Yüklə 43,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin