Mavzu : Crocodile Technology dasturi haqida umumiy ma’lumotlar
Crocodile Technology dasturi. Bu dastur o`rta maktab o`quvchi va o’qituvchilar, listey, kollej talabalari uchun fizika fannini «Elektr» qismini chuqurroq o`zlashtirishda xozirgi zamon axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish imkonnini beradi. Bundan tashkari, Crocodile Technology dasturidan elektrotexnika, elektr zanjirlar nazariyasini o`rganish Dastur elektron konstruktor bo’lib, u monitor ekranida elektr sxemalarini yig`ish jarayonini xuddi haqiqiy tajribadagi singari imitastiya qilish, elektr kattaliklarni multimetrda (3 ulchovli), ampermetr va voltmetrlarda o`lchash imkoniyatini beradi.
Masalan, dasturda:Mikroprostessorlarni dasturlash va robototexnikaga oid modellarning 3D ko`rinishda simulyastiyalashtirish mumkin.
Konstruktor detallarining tasviri va o`lchov asboblarining sxematik va haqikiy ko`rinishda berilgan;
kurslarida ham foydalanish mumkin.
Qarshilikdan oqib o`tayotgan tok quvvatining qiymati berilgan nominaldan ortib ketsa, qarshilik (portlab) qo`yadi, bu esa ekranda uning rangi o`zgarib qoraygan detal ko`rinishiga o`tishi bilan ko`rsatiladi;
Elektr chirok va elektr isitgich asboblari quvvatning nominal qiymatida yorqinlashadi, agar ulardagi quvvat ishchi qiymatidan ortib ketsa qo’yadi va bu asbob ekranda qorayib qoladi. Xuddi shuningdek ekranda boshqa detallardagi fizikaviy kattaliklarning o`zgarishi imitastiya qilinadi;
Ko`pgina jarayonlar va ularning natijalari tovushli effektlar orqali ifodalanadi. Bularning barchasi, talaba o`zi yo’l qo’ygan xatolarini ko`rishi, muvaffakiyatsiz bajarilgan tajribaning sabablarini aniqlashni o`rganishi va elektr sxemalarini tajribani xaqiqiy qurulmalarda bajarishdan oldin taxlil qilish ko`nikmalarini xosil qilish imkonini beradi.
Bu dastur, foydalanuvchini izlanuvchanlikka, ijodiy fikr yuritishga, ish natijalarini taxlil qilishga o`rgatadi.
Dastur imkoniyatlari juda keng bo’lib, undan amaliy mashg`ulotlarda (ya’ni masalalar yechishda) ayniqsa, virtual laboratoriya ishlarini bajarishda keng foydalanish mumkin.
Crocodile Chemistry dasturi. Crocodile Chemistry dasturi orqali Mendeleev jadvalida mavjud barcha elementlarning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlarini o`rganish mumkin. Odatda kimyoviy reakstiyalar ro`y berish vaqtida reakstiyaga qatnashayotgan molekulalarning boshqa molekulaga aylanish jarayonini (molekulyar darajada) kuzatish iloji yo`q. Lekin, bu dastur orqali kimyoviy moddani boshqa moddalar bilan reakstiyaga kirishish jarayonida molekulalarning dinamikasini kuzatish mumkin bo’ladi.
Bu dastur orqali kimyoviy jarayonlarni modellashtirish, turli reakstiyalarni o`tkazish va eng asosiysi, buni xavfsiz amalga oshirish mumkin.
B u dasturdan o`rta-maxsus va oliy o`quv yurtlarida kimyo fanini o’qitishda keng foydalanish mumkin.
Dastur orqali ixtiyoriy shakldagi idishlardan foydalanib, turli reaktivlarni o’zaro aralashtirib kimyoviy reakstiyani ko`zatish mumkin. Kimyoviy reakstiya vaqtida reaktivlarning rangi, moddalar ulushini, kimyoviy reakstiya formulalarni maxsus oynada ko`rish imkoniyati dasturning kuchli pedagogik qurol sifatida foydalanish imkoniyatini beradi.Crocodile ICT dasturi. Crocodile ICT dasturi, Yevropa mamlakatlarida Informatika fanini o’qitishda juda yaxshi samara bermoqda. Bu dastur yordamida informatikada dasturlash jarayonini, aniqroq qilib aytgandaalgoritmlash bo’limini o’quvchiga yetkazib berish mumkin. Ob’ektga yo`laltirilgan dasturlashni o’qitishda juda qo’l keladigan Crocodile ICT ning oddiy interfeysi va blok sxemalari yordamida yaratilayotgan dastur orqali har bir buyruqni animastiya ko`rinishda tasvirlash mumkin.
Bundan tashqari, blok sxemalarda biror bir shart bajarilganda odam personajlariga 30 dan ortiq harakat turlarini (qarsak chalish, ungga yoki chapga harakatlanishi, ularning yuzlarida emostional o`zgarishlarni, ma’lum bir so’zlarni gapirishlari va hokazo) bajartirish mumkin. Dasturning bunday imkoniyati o`quvchining (talabaning) darsdan zerikishining, e’tibori pasayishining oldini oladi. Bu esa ma’lum ma’noda ta’lim samaradorligiga o`zining ijobiy ta’sirini ko`rsatadi.
Yenka Electricity and Magnetism dasturi. Yenka Electricity and Magnetism dasturi simulyator bo’lib, fizikaviy jarayonlarni modellashtirish va fizikaning elektrodinamika va magnetizm bo’limlariga oid tajribalar yaratish va ko`zatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. Ulardan tashqari quyida ko`rsatilgan dasturiy paketlar ham mavjud:
Electronics
PCB design
PIC programming
Mechanisms
Light and Sound
Force and Motion
Inorganic & physical chemistry
Bu dasturlardan mashg`ulotlarda interfaol elektron doskadan (Whitboard) va grafik planshet (Wacom) dan foydalanish mumkin. Bu dastur fizikaviy xodisalarni 3D ko`rinishda kuzatish, tajribalar o`tkazish va turli murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi.
Yenka Electricity and Magnetism dasturi fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish, tajribada qatnashayotgan fizik kattaliklarning qiymatini juda yaxshi aniqlik bilan hisobash imkoniyatini beradi, fizikaviy xodisada qatnashayotgan fizik kattalik bilan boshqa fizik kattaliklar o`rtasidagi grafikli bog`lanishni xosil qilish, yaratilgan modellarni saklash va qog`ozga chop etish mumkin.
Yenka Electricity and Magnetism dastur muhitida yaratilgan shamol generatorining ishlash prinstipini tushuntiruvchi (modellashtiruvchi) model.
"Beginnings of Electronics" dasturi. Dastur elektron konstruktor bo’lib, u monitor ekranida elektr sxemalarini yig`ish jarayonini imitastiya qilish imkoniyatini beradi.
Kompleksning asosiy xususiyatlaridan biri, unda real fizikaviy jarayonlarni juda katta aniqlikda imitastiya qilish mumkin. Dastur imkoniyatlari juda keng bo’lib, undan amaliy mashg`ulotlarda (ya’ni masalalar echishda) ham foydalanish mumkin. Ayniqsa virtual laboratoriya ishlarini bajarishda bu dasturdan ijodiy foydalanish mumki
n.
"Beginnings of Electronics" dasturining interfeysi