milliy ishlab chiqarish va xaridning dinamik ko‘rsatkichlari;
iqtisodning monopollashuv darajasi;
soliq muhiti;
sarmoya muhiti;
iqtisodni modernizatsiyalash darajasi;
bir turdagi mahsulot bahosining diferensiallik darajasi;
elektron to‘lovlarni amalga oshirish vositalarini rivojlanish darajasi;
xaridorga mahxsulotlarni qulay va arzon usulda yetkazib berishning mavjudligi;
Elektron tijorat tizimining afzallik va istiqbollari
Elektron tijorat tizimida mavjud imkoniyatlar turlicha bo‘lishiga qaramay, ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Raqobatning oshishi va xizmat sifatining ortishi, xizmatning ommaviy ravishdan yakka tartibda olib borilishiga o‘tishi, qisqa vaqt va masofalarda xaridorga yetkazib berish sarf harajatlarni kamaytiradi, bu o‘z navbatida, mahsulot tannarxining pasayishiga olib keladi.
Elektron tijoratda real mahsulot bilan elektron mahsulot ma’lumoti materiali o‘rtasida farq bor. Elektron material savdosida (dasturiy ta’minot, tijorat ma’lumotlari, axborot xizmati, video, ovozli mahsulotlar, grafiklar, o‘yinlar, multimedia ilovalari va boshqalar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘liq tijorat kelishuvi bosqichi amalga oshirilishi mumkin.
Korxona-iste’molchi munosabatlari andozasining xususiyatlari.
Katalog zamonaviy axborot tizimini katta quvvatli qidiruv imkoniyatlarini solishtirish va mahsulotni bir varakayiga bir necha parametrlar bo‘yicha tanlashni, narxni, keltirib berish muddati, kafolati, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumotlar va boshqalarni hisobga olgan holda ishlatishni tashkil qilib beradi. Bu model nisbatan uncha katta bo‘lmagan tmahsulotlar bilan teztez oldi-sotdi qiladigan kuchli sotuvchi va xaridor fragmentatsiyalashini tavsiflovchi tarmoqlar uchun afzaldir.
Agar ko‘pgina oldi-sotdilar mashhur buyurtmachilar tomonidan ma’lum bir qoidalar asosida amalga oshirilsa va xaridorga sotuvchini tanlash uchun ko‘p mayda buyurtmachilar takliflari bilan o‘rganib chiqish zarurati bo‘lganida katalogli model qo‘l keladi va nihoyat, bu modelni talab yetarlicha bo‘lgan va narxlar kamdan - kam o‘zgarganida qo‘llash yaxshi samara beradi.