Mavzu : Ilk davlatlar davridagi iqtisodiy va ijtimoiy tuzum aholisi va xo`jaligi



Yüklə 31,22 Kb.
səhifə1/2
tarix17.06.2023
ölçüsü31,22 Kb.
#131930
  1   2
Mavzu Ilk davlatlar davridagi iqtisodiy va ijtimoiy tuzum ahol


Mavzu : Ilk davlatlar davridagi iqtisodiy va ijtimoiy
tuzum aholisi va xo`jaligi
Reja :

1. O`rta Osiyoda ilk davlatlarning tashkil topishi


2. Davlatlarning iqtisodiy va ma`naviy ahvoli
3. Ilk davlatlar bo`yicha manbalar
4. Qadimgi Xorazm va uning ijtimoiy taraqqiyoti


Arxeologik ma’lumotlarga asosan, mil.avv. II ming yillik o’rtalarida O’zbekistonda (Surxon vohasi) dexqonchilik madaniyati ta’sirida ilk davlatchilikka o’tila boshlandi. Dastlabki davlatlar alohida makonlar yoki ilk shaharlar hamda ishlov beriladigan yerlar va sug’orish tizimi maydonlari bilan chegaralanganligi bois, kichik hududlarda, axoli zich joylashgan voxalarda paydo bo’ldi. Bunday voxalar axolisi uchun tashqi xarbiy bosqinlardan himoyalanish, makonlar va manzilgoxlar hududini mudofaa qilish, sug’orish va dexqonchilik ishlarini tashkil qilish jamoaning ichki va tashqi aloqalarini boshqarib turish masalalarini yechish muxim va xayotiy zaruriyat edi. Bu vazifalarni hal etish zururiyati, turli vazifalarni amalga oshirish maqsadida qabila orasidan xurmatga loyiq kishilar-yo’lboshchilar ajralib chiqa boshladi. Shu tariqa, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tarqqiyoti aloxida o’ringa ega bo’lgan, qabiladagi ijtimoiy va xo’jalik xayoti ustidan nazorat qiluvchi kishilarning ajralib chiqishiga olib keldi, biroq bular hali xukumron tabaqaga aylanmagan edilar. Jamiyatda dastlab axloqiy va obro’ nuqtai nazaridan ajralib turgan kishilar asta-sekin jamiyatdagi otadan o’g’ilga meros qoluvchi xokimiyat egalariga aylanib bordilar. O’zbekistonning dastlabki davlat uyushmalari ham dexqonchilik vohalari axolisini chetdan bo’ladigan bosqinlardan himoya qilish va jamoadagi munosabatlarni huquqiy jixatdan boshqarib turish uchun tashkil topdi. O’zbekistonning bronza davriga oid ilk davlatchiligi xaqida faqatgina arxeologik manbalar mavjud bo’lsa, miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmiga oid tarixi yozma manbalarda yoritilgan. Bular «Avesto», Axamoniylar davri mixxat yozuvlari, antik davr Rim va Yunoniston tarixchilari asarlarida O’zbekistonning davlatchilik tarixi xaqida ilk ma’lumotlar jamlangan. Biroq, faqatgina yozma manbalar yordamida bu masalaning to’la moxiyati ochib berilishi imkonsiz bo’lgani uchun bu davrdagi davlatchilik tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy turmush tarzi arxeologik manbalar yordamida ham o’rganiladi. «Avesto» tili, viloyatlarning tarixiy geografiyasi nomlanishi kabi xususiyatlarga ko’ra Xorazm hududlarida paydo bo’lgan. «Avesto» ning eng qadimgi geografik nomlari O’rta Osiyo va unga chegaradosh viloyatlar bilan bog’lanadi. Unda qadimgi geografik tushunchalar, xuddiy, etnik qabilalar va viloyatlar nomlari, qadimgi mamlakatlarning ro’yxati, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar, iqtisodiy va siyosiy tuzum, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi xaqidagi ma’lumotlar va boshqalar o’rin olgan. Axamoniylar davri yozuvlarida O’rta Osiyo xalqlari va viloyatlari to’g’risida ma’lumotlar saqlangan bo’lib, bu yozuvlar mil.avv. VI-V asrlarga oid va ular Bexistun va Naqshi Rustam qoyalarida, Suza, Persopol, Xamadon shaharlaridan topib o’rganilgan. Antik dunyo mualliflaridan Ktesiy (mil.avv. V asr), Gekatey (mil.avv. VI-V asrlar), Geradot (mil.avv. V asr) va boshqalar ham O’zbekiston hududida qadimdan mavjud bo’lgan davlatlar, xalqlar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy turmush tarzi xaqida ko’pgina qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirganlar. Shuni aloxida ta’kidlash lozimki, XIX asr oxiridan boshlab, oldingi yillar jaxon tarixshunosligida O’rta Osiyodagi ilk davlatlarning paydo bo’lishi muammolari haqida va ularni o’rganishda yuqorida eslatilgan mualliflarning asarlari, «Avesto» ma’lumotlari va boshqalar asos bo’ldi. Ilmiy adabiyotlarda O’rta Osiyoda ahamoniylar davrigacha mavjud bo’lgan quyidagi davlatlar va davlat uyushmalari xaqida so’z yuritiladi: Aryoshayyona-O’rta Osiyodagi qadimgi viloyatlar uyushmasi.
Aryonam Vayjo ham Aryoshayyonadek yoki uning markazi Ariya va Marg’iyonada bo’lgan «Katta Xorazm» yoki Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm davlati.



Yüklə 31,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin