Yuksak darajada uyushtirilgan jamoa o‘zida bir necha xususiyatlarni namoyon etadi. Ular quyidagilardir:
Yuksak darajada uyushtirilgan jamoa o‘zida bir necha xususiyatlarni namoyon etadi. Ular quyidagilardir:
Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi.
Birgalikdagi umumiy faoliyatning tashkil etilishi.
Majburiy ma’suliyatli munosabatning yo‘lga qo‘yilishi.
Saylangan umumiy rahbariy organga egalik.
3. Metodika tushunchasi
3. Metodika tushunchasi
Metodika tushunchasi yurtimizda ilmiy doirada keng qo’llanib kelinadi. Bundan tashqari u bilan yonma-yon usul, uslub kabi o’zbekcha muqobillari ham ishlatiladi. Bizning nazarimizda ilmiy doirada xalqaro so’z bo’lgan METODIKA atamasi qo’llangani maqsadga muvofiq. Shu nuqtai nazardan qarashlarimizda metodika so’zidan foydalanamiz.
Metodika tushunchasini o’rganishdan avval uning negizini tahlil qilib ko’rsak. Metod o’zi nima?
Metod bu biror maqsadni amalga oshirish uchun foydalaniladigan yo’l, usuldir. Aslida kundalik hayotimizda har sohada, har soniyada undan foydalanamiz. Misol uchun,dushanba kuni ertalab ishga borishimiz kerak. Ishga borish bizning bosh maqsadimiz. Yo’lga chiqishdan avval ishga qanday qilib yetib olishimiz haqida o’ylaymiz. Avtobusda boramizmi yoki taksi olamizmi, balki piyoda borgannimiz ma'quldir. Demak birgina maqsadimizga uchta usulni qo’llashimiz mumkin bo’ladi
Asosiy maqsadning kichik qismlari ham borki, yuqoridagi misolda ko’rishimiz mumkin. Ishga tezroq borishimiz zarurmi, yo’l haqi qimmatga tushmasligi kerakmi yoki bosib o’tilajak yo’l salomatligimiz uchun foydali bo’lsinmi? Demak, maqsadga ko’ra eng kerakli va to’g'ri usulni tanlayshimiz lozim bo’ladi.