Loyihalash – bu ob`ektning birlamchi bayoni va (yoki) uni mavjud qiladigan
algoritm asosida berilgan sharoitda ham mavjud bo‟lmagan ob`ektni yaratish
uchun zarur bo‟lgan bayonini tuzish jarayonidir. Loyihalash berilgan talablarga
javob beradigan, yangi buyumni yaratish yoki yangi jarayonni amalga oshirish
uchun zarur va yetarli bo‟lgan loyihalanadigan predmet bayonini olish
maqsadidagi izlanish, tadqiqot, hisob va konstruktsiyalash bo‟yicha ishlar
majmuini o‟z ichiga oladi. Loyihalash – bu chuqur ilmiy bilimlarga va ijodiy
izlanishlarga hamda ma`lum sohada to‟plangan tajriba va ko‟nikmalardan
foydalanishga asoslangan, lekin sermashaqqat oddiy ishlarni bajarish zarurati
bo‟lgan inson bunyodkorlik faoliyatining murakkab, o‟ziga hos turidir.
Loyihalashni avtomatlashtirish deganda loyihani ishlab chiqish jarayonini
bajarishning shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va
operatsiyalari loyihalovchining EHM bilan chambarchas muloqotida amalga
oshadi. Loyihalashni avtomatlashtirish hisoblash tehnikasi vositalaridan muntazam
ravishda foydalanishni nazarda tutadi; bunda loyihalovchi va EHM orasidagi
funksiyalarni ratsional taqsimlash va masalalarni mashinada yechish metodlarini
asosli tanlash lozim.
ALTni yaratish uchun:
−
matematik metodlar hamda hisoblash tehnikasi vositalarini qo‟llash
asosida loyihalashni takomillashtirish;
−
izlash, ishlov berish va informatsiya (ma`lumot)ni chiqarish jarayonlarini
avtomatlashtirish;
−
optimallashtirish va ko‟p variantli loyihalash metodlaridan foydalanish;
−
loyihalanayotgan ob`ektlar, buyumlar va materiallarning matematik
modellarini samarali qo‟llash;
−
ob`ektlarni
avtomatlashtirilgan
loyihalash
uchun zarur bo‟lgan,
ma`lumotnoma tavsifidagi tizimlashtirilgan ma`lumotlarga ega ma`lumotlar
bankini yaratish;
−
loyiha hujjatlarini shakllantirish (rasmiylashtirish) sifatini oshirish;
−
ijodiy bo‟lmagan ishlarni avtomatlashtirish hisobiga loyihalovchilar
mehnatining ijodiy ulushini oshirish;
−
loyihalash metodlarini unifikatsiyalash va standartlashtirish;
−
ALT sohasidagi mutahassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
−
loyihalovchi bulimlarning turli darajadagi hamda vazifasi har hil bo‟lgan
avtomatlashtirilgan tizimlar bilan mustahkam aloqada ishlashi zarur.