11-rasm. Ayrim lipidlarning fazoviy strukturasi
Xolesterin organizmda ikki xil funksiyani bajaradi: Birinchidan, u hujayra membranalari tarkib tuzulish qismi sifatida kiradi: Ikkinchidan, boshqa steroidlar - o`t kislotalari, steroid garmonlar, vitamin D3 sentizida o`tmishdosh bo`lib xizmat qiladi.
Xolesterin biosentizini 3 ta bosqichga bo`lish mumkin:
Faol atsetatning meva kislotasiga aylanishi:
Meva kislotasidan skvalenning hosil bo`lishi:
Skvalendan xolesterin hosil bo`lishi:
Xolesterinning juda ko`pchilik qismi taxminan 80
foizi jigarda sentizlanadi; ikkinchi o`rinni ingichka ichak hujayralari egallaydi, organizmdagi butun xolesterinning
10 foiziga yaqini shularda hosil bo`ladi: yana taxminan
5 foizini teri hujayralari qo`shib turadi. Xolesterin sentizi uchun zarur bo`ladigan fermentlar hamma hujayralarda bor. Odam organizmida bi kecha kunduzda sentezlanadigan
xolesterinning umumiy miqdori 1 gr ga boradi. Odamning bir kecha-kunduzlik ovqatida
2-3gr xolesterin bo`ladigan mahallarda uning o`z xolesterini deyarli butunlay sentizlanmay qo`yadi.
Jigarda xolesterinning bir qismi o`t kislotalariga aylanadi. O`t kislotalarini xolat kislotasining unumlari deb qarash mumkin. Xolat kislota o`z holicha organizmda hosil bo`lmaydi. Gepatotsitlarda xolesterindan to`g`ridan-to`g`ri xenodizosixolat va xolat kislotalar -
birlamchi o`t kislotalari hosil bo`ladi. Bularning hosil bo`lishi gidrokselazalar ishtirokida gidroksil guruhlarining qo`shilish reaksiyalarini va xolesterin yon zanjirining qisman oksidlanish reaksiyalarini o`z ichiga oladi.
O`t ichakka ajralib chiqqanidan keyin ichak florasi fermentlari ta`siri bilan birlamchi o`t kislotalaridan letoxolat
va dezoksixolat kislotalar, ya`ni ikkilamchi o`t kislotalari hosil bo`ladi. Bular ichakdan so`rilib vena qoni bilan jigarga boradi keyin esa, o`tga tushadi. Ichak mikroorganizmlari 20 ga yaqin har xil ikkilamchi o`t kislotalarini hosil qiladi, lekin sezirarli miqdorlarda faqat dezoksi xolat kislota bilan kamroq darajada letoxolat kislota so`riladi, qolganlari axlat bilan birga tashqariga chiqariladi. O`tda asosan kon`yugatsiyalangan, ya`ni glitsirin yoki taurin bilan birikkan o`t kislotalari bo`ladi. Glitsirin yoki taurin qoldig`iga ega yon zanjir gidrofil bo`ladi, shu bilan bir vaqtda molekulaning ikkinchi uchi gidrofobdir. O`tdagi o`t kislotalari konsentratsiyasi taxminan
1 foizga teng: o`tda fosfolipidlar xolesterin (0,5 %)
hamda billirubin, oqsillar, meniral tuzlar ham bo`ladi.
Bioximyaviy jihatdan qaraganda, arterosklerozning asosiy ifodasi arteriyalar devorlarida xolesterin to`planib, o`tirib qolishidir. Aterosklerotik o`zgarishlar arteriyalar ichki yuzasida lipid dog`lari va yo`llari paydo bo`lishidan boshlanadi.
Aterosklerozning eng xavfli va ko`p uchrab turadigan asorati yurak eshimiya kasalligi,
miokard infarkti, insult xamda buyrakka aloqador gepertaniya formalarining barchasi –
oyoqlar gangrenasidir.