Summatorlar Bir razryadli ikkilik summatori Yuqorida ko‘rib chiqilgan ko‘p razryadli ikkilik sonlarni qo‘shish tamoyiliga asosan, har bir razryadda bir turdagi amallar bajariladi: qo‘shiluvchilar raqamlarini, 2 modul bo‘yicha qo‘shish usuli bilan yig‘indining raqamlari va shu razryadga uzatilayotgan ko‘chirish aniqlaydi, va keyingi razryadga uzatilayotgan ko‘chirish hosil qilinadi. Bu amallar bir razryadli ikkilik summator orqali amalga oshiriladi. 3.26а-rasmda shunday summatorning ramziy tasviri keltirilgan. U аi,bi qo‘shiluvchilar va рi ko‘chirish razryadlari raqamlarini uzatish uchun mo‘ljallangan 3 ta kirish qismiga ega. Chiqish qismida esa keyingi razryadga uzatishga mo‘ljallangan si yig‘indi va pi+1 ko‘chirish hosil bo‘ladi. Bir razryadli summatorda аi,bi,pi kiritish o‘zgaruvchilarining to‘g‘ri va invers qiymatlarini uzatish uchun kiritish qismlari mo‘ljallangan. 3.26b- rasmda shunday bir razryadli summatorning tasviri keltirilgan.
3.26-rasm
3.13-jadvalda bir razryadli summatorning ishlash tamoyili keltirilgan.
Shu rostlik jadvalidan foydalanib, VA-YOKI-YO‘Q bazisida si, va pi chiqarish miqdorlari uchun mantiqiy ifodalarni yozamiz:
3.27-rasmda mantiqiy ifodalardan foydalanib qurilgan summatorning sxemasi keltirilgan. 3.13-jadval
Kirisglar
Chiqishlar
Qoshiluvchilar
Ko‘chirish
Yig‘indi
Ko‘chirish
0
0
0
0
0
0
1
0
1
0
1
0
0
1
0
1
1
0
0
1
0
0
1
1
0
0
1
1
0
1
1
0
1
0
1
1
1
1
1
1
3.27-rasm
Ko‘prazryadliikkiliksummatorlarQo‘shiluvchilar Kodlarini kiritish usuliga qarab summatorlar: ketma-ket va parallel bajariladigan 2 turga bo‘linadi. Birinchi turdagi summatorlarga sonlar kodi ketma-ket shaklda, ya’ni razryad ketidan razryad (oldin kichik razryad), ikkinchi turdagi summatorga har bir qo‘shiluvchi parallel shaklda, ya’ni barcha razryadlari bilan bir vaqtda kiritiladi.