Mavzu : Markaziy Osiyo xalqlari tarixida yozuvlar



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix01.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#170864
1   2   3   4
MAHMUDOV ISROIL Markaziy Osiyo xalqla tarixi yozuvlari1

4. Harfiy yozuv
. YOzuvning bu turida tildagi har bir tovushga bittadan harf yoki belgi to‘g‘ri keladi. Bu 
tizimdagi yozuv hech bir istisnosiz finikiylar, suriyaliklar va falastinliklar ijod etgan somiy yozuvga 
borib taqaladi. Eramizdan avvalgi YI-IY asrlarda Qadimgi fors davlati devonxonalarida davlat 
ahamiyatiga molik hujjatlar oromiy tilida olib borilgan va bunda finikiylar alifbosining oromiy 
variantidan foydalanganlar. Keyinchalik vaqt o‘tishi bilan bu alifboning juda ko‘p variantlari shakllana 
boshlagan. Bu variantlarning biri hozirgacha eng ko‘p xalqlar tomonidan qo‘llanib kelayotgan arab 
yozuvidir va kvadrat shaklga ega bulgan yahudiy yozuvidir. Keyinchalik eramizdan avvalgi IY-III 
asrlarda oromiy alifbosi eroniy tillarda so‘zlashuvchi ko‘pgina xalqlar tomonidan ishlatib kelingan. 
O‘rta fors yozuvi va Parfiya yozuvi xuddi shu tariqa paydo bo‘lgan. Bu alifbo asosida keyinchalik 
so‘g‘d yozuvi, xorazmiy yozuv va boshqa yozuvlar paydo bo‘lgan. Eramizning YII-YIII asriga kelib bu 
eroniy yozuvlarni arab yozuvi siqib chiqargan. 

Bundan tashqari eroniy va O‘rta Osiyodagi Muqaddas kitob uchun maxsus Avesto yozuvi yaratilgan. Bu 
yozuv oromiy-eroniy yozuvi asosiga qurilgan bo‘lgan. 

Birinchi alifboni eramizdan oldingi II ming yillikda
finikiyalikla
r yaratgan. Bu 
alifbo 22 harfdan iborat bo`lgan. 
Harflar faqat undosh tovushlarni yoki undosh va unli tovushlardan tuzilgan bo`g`inlardan tuzilga
n.1 Chunki finikiyaliklar tili semit tillari oilasiga mansub bo`lgan. 
Unda undosh tovushlar asosiy rol o`ynagan. so`zlarning ildizi undosh tovushlardan tuzilgan. 
Unli tovushlar esa asosan gramatik bog`lanishlarni va so`zning shaklini ifodalagan. 
Shu sababli finikiyaliklar alifbosi yozuvning bo`g`inli va harf-
tovushli tizimi o`rtasida oraliq mavqeni egallagan. 




O’rta Osiyo xalqlari yozuvning tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. 

Eramizdan avvalgi I ming yillik o’rtalarida Eron, O’rta Osiyo va boshqa o’lkalarda 

oromiy yozuvi tarqala boshladi. Turli yodgorliklarda 
qayd etilishicha eramizdan
 

oldingi I-III asrlarda oromoy yozuvi bilan bir qatorda yunon va karoshta yozuvlari 

ham ishlatilgan. 

Oromiy yozuvi negizida bir qator mahalliy yozuvlar vujudga kela boshladi. 

Avesto, Xorazm, Sug’d, kushon, run, uyg’ur yozuvi va boshqa yozuvlar shular 

jumlasidandir. 

Xorazm yozuvi oromiy yozuvining eng qadimiy an’analari saqlab qolgan 

yozuvdir. Hozirgi eramizdan boshlab sug’d yozuvi qo’llanila boshlandi. Bu yozuv 

taxminan VI asrlargacha davom etdi. II asrning oxiri III asrning boshlarida Xorazm 

shohi chiqargan pullarda Xorazm yozuvi uchraydi. 
V-VIII
asrlar davomida turkiy xalqlarning 
O’rxun-Enisoy yozuvidan keng foydalanganlar. Bu yozuv fanda “turkiy-run” yozuvi deb ham 
yuritiladi. Enisey 

daryosi qirg’oqlaridagi O’rxun yozuvi yodgorliklari haqida rus xizmatchisi 

Remezov XVIII asrning oxirida xabar bergan. Ammo uzoq vaqt mobaynida 

olimlar bu yodgorliklarni o’qiy olishmagan. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin