1. Piktografik yozuv. Bu istiloh lotincha «piktus»-rasm, surat; «grafo»-yozaman qismlaridan iborat
bo‘lib, rasm yozuv demakdir. Bu yozuvning dastlabki shakllari mezeolit va neolit davrida paydo bo‘lgan.
Odamlar o‘z fikrlarini, his-tuyg‘ularini, xohish-istaklarini turli rasmlar, suratlar orqali bir-birlariga
etkazganlar. Odamlarning o‘zi chizgan bu suratlar harbiy yurishlar,
urushlar
, to‘qnashuvlar,
majburiyatlar, ultimatumlar, sevgi-muhabbat borasidagi xabarlarni bir joydan ikkinchi joyga etkazish
uchun xizmat qilgan. YOzuvning bu turi juda katta hududda va uzoq muddat ishlatilgan. Lekin yozuvning
bu turida konkret narsa-hodisa to‘g‘risidagi xabar oson etkazilgan bo‘lsa-da, abstrakt (mavhum)
tushunchalarni etkazish uchun bu yozuvdan foydalanish qiyin bo‘lgan. SHu sababli yozuvning bu turi
insonning talabiga to‘la javob bera olmagan.
•
Lekin shunga qaramay, piktografik yozuvning ayrim shakllari hozirgacha saqlanib qolgan. Masalan,
darvoza tepasiga qo‘yilgan itning surati hovlida qopag‘on it borligining belgisidir. Transformator budkasi
devoridagi kalla suyagi rasmi xatarning mavjudligiga ishoradir. Katta qilib ishlangan barmoq surati
harakat yo‘nalishini bildiradi va hokazo.
•
Vaqt o‘tishi bilan piktografik yozuv o‘rnini undan mukammalroq va murakkabroq bo‘lgan logografik
yozuv egallagan.
•
2. Logografik yozuv . Bu istiloh lotincha «logos» - so‘z, mantiq va «grafo» - yozaman so‘zlaridan
shakllangan. Jamiyat rivojlanishda davom etar ekan, har bir predmet yoki har bir tushuncha shu
predmet yoki tushunchaning surati yordamida ifodalana boshlagan. Demak, yozuvning bu turida
ifodalangan shakl bilan ifodalanishi kerak bo‘lgan predmet yoki tushuncha o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlik
mavjuddir. SHuning uchun bu yozuv logografik yozuv deb nom olgan. Bu yozuvda masalan, ikkita
qo‘lning surati «jangchi», «askar» ma’nosini ifodalagan. Agar bir qo‘lda qalqon, ikkinchi qo‘lda nayza
surati bor bo‘lsa, bu «jang» yoki «jang qilmoq» so‘zlarini bildirgan. «Ko‘rmoq» fe’lini bildirish uchun
ikkita ko‘z surati xizmat qilgan. «Baxillik», «ochko‘zlik» ma’nosini timsohning surati bildirgan. Bitta
oyoqning rasmi «qadam tashlamoq» ma’nosini ifodalasa, ikkita oyoqning surati «yurmoq», «bormoq»
ma’nolariga to‘g‘ri kelgan. YOzuvning bu turi ideografiya deb ham ataladi.
•
Logografik yozuvning kamchiligi shundan iboratki, bu tur yozuvni hamma ham bilavermagan.
Undan asosan ruhoniylar, davlat tepasidagi amaldorlar, mutaxassislar, kotiblar va xattotlar xabardor
bo‘lishgan.
•