Mavzu : O'zgarmas tok qonunlari bo'limiga oid masalalar yechish. Oʻzgarmas tok — tok kuchi va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan
oʻzgarmaydigan elektr toki. Oʻzgarmas tok oʻzgarmas elektr yurituvchi kuch
taʼsirida oʻtkazgichdan yasalgan berk zanjirda vujudga kelishi mumkin. Agar
elektr zanjiri tarmoqlanmagan boʻlsa, uning hamma qismlaridan oʻtayotgan
tok kuchi bir xil boʻladi. Oʻzgarmas tokning asosiy qonunlari Om qonuni va
Joul — Lens qonunipan iborat. Ishtirok etayotgan qarshiliklar va elektr
yurituvchi kuchlardan foydalanib, zanjir tarmoqlarining har biridan oqayotgan
tok kuchi va yoʻnalishi Kirxgof qoidalari asosida hisoblanadi. Oʻzgarmas
tokdan turli sanoat tarmoqlarida, mas, elektrometallurgiya, transport, aloqa,
avtomatika va boshqalarlarda foydalaniladi.
Om qonuni haqida qisqacha tushuncha
Om qonuni – o`tkazgichda o`tayotgan o`zgarmas tok kuchi bilan
uchlaridagi potensiallar farqi V ning o`zaro bog`liqligini ifodalovchi qonun.
Formulasi quyidagicha:
V=IR
Om qonunining tarmoqlangan elektr zanjiri uchun umumlashgan
ko`rinishi Krixgof qoidalari bilan tushuntiriladi. Om qonuni 1826-yilda
Olmon fizigi va matematigi Georg Om tomonidan o`rganilgan bo`lib,
1827-yili nashr etilgan va uning nomiga atalgan.
BUTUN ZANJIR UCHUN OM QONUNI.
TOK MANBAYINING FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI
O‘tkazgichdan tok o‘tganda u qiziydi va ma’lum miqdorda issiqlik ajralib
chiqadi. Demak, energiyaning saqlanish qonuniga ko‘ra, o‘tkazgich bo‘ylab
erkin elektronlar ko‘chganda elektrostatik maydon ish bajaradi. Lekin, elektr
zanjirida energiya ajralsa, energiyaning saqlanish qonuniga ko‘ra, shuncha
energiya elektr zanjiriga kelishi kerak. Shunday savol tug‘iladi: bu zanjirning
qaysi qismida ro‘y beradi va qanday fi zik jarayonlar natijasida energiya elektr
zanjiriga beriladi? Dastlab aniqlashtirib olamiz: elektr zanjiridagi energiya
manbayi vazifasini elektrostatik maydon bajara oladimi?
Bajara olmaydi, chunki 33-mavzuda ko‘rib o‘tilganidek elektrostatik
maydonda zaryadni berk trayektoriya bo‘ylab ko‘chirishda bajarilgan ish
nolga teng. Demak, faqat elektrostatik maydon ta’sirida erkin zaryadlar berk zanjir bo‘ylab harakatlana olmaydi.
Aytilganlardan shu narsa kelib chiqadiki, zanjirning qandaydir bir
qismida zaryadlarga elektrostatik bo‘lmagan kuchlar ta’sir qilishi kerak. Bu
kuchlarni chet kuchlar deyiladi. Ular zaryadga tok mabayining ichida ta’sir
qilib, aynan shu kuchlar energiyani elektr zanjiriga yetkazib beradi.
Tok manbayida chet kuchlar ta’sirida zaryadlarning ajralishi ro‘y beradi.
Natijada manbaning bir qutbida musbat zaryad, ikkinchi qutbida manfi y
zaryad to‘planadi. Qutblar orasida potensiallar farqi vujudga keladi.
Tokning kimyoviy manbalarida chet kuchlar kimyoviy tabiatga ega
bo‘ladi. Masalan, agar rux va mis elektrodlarni sulfat kislotaga tushirilsa,
ruxning musbat ionlari, misning musbat ionlariga nisbatan elektrodini tez-tez
tashlab ketib turadi. Natijada mis va rux elektrodlar orasida potensiallar farqi
vujudga keladi: mis elektrodning potensiali, ruxnikiga nisbatan katta bo‘ladi.
Mis elektrod tok manbayining musbat qutbi, rux elektrod esa manfi y qutbi bo‘ladi.
Tok manbayida chet kuchlar erkin zaryadlarni elektrostatik maydon
kuchlariga qarshi ko‘chirishda A chet
ish bajaradi.
Bu ish berilgan vaqt ichida zanjir bo‘ylab ko‘chayotgan q zaryad
miqdoriga proporsional bo‘ladi. Shunga ko‘ra chet kuchlarning bajargan
ishining zaryad miqdoriga nisbati A chet
ga ham, q ga ham bog‘liq bo‘lmaydi.
Demak, u tok manbayining xarakteristikasi hisoblanadi. Bu nisbat, ya’ni birlik
q musbat zaryadni berk zanjir bo‘ylab ko‘chirishda bajarilgan ishi manbaning belgisidir.