Mavzu : O’zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə3/3
tarix20.06.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#133294
1   2   3
investitsiya



PMTI tahlili chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar mamlakatdagi eng samarali va faol qatlamligini ko‘rsatgan.

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalar O‘zbekiston iqtisodiyotida qanday rol o‘ynashini tahlil qildi. Bunga kora, tadqiqot mamlakatimiz iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalarning ahamiyati ortib borayotganini ko'rsatdi.


2017-2021 yillar oralig'ida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 2,7 baravarga oshib, 2022-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, 13,2 mingtaga yetgan.
 Iqtisodiyotimizga investitsiya kiritayotgan 50 dan ortiq mamlakat orasida Xitoy, Rossiya, Turkiya, Qozog'iston va Janubiy Koreya yetakchilik qilmoqda. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar asosan iqtisodiyotning sanoat (30,6%) va savdo (28,5%) sohalarida faoliyat yuritmoqda.
 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarda iqtisodiyotda rasman band aholining 6% i faoliyat yuritadi, biroq ushbu korxonalarning ishlab chiqarishdagi ulushi 15% ni, asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi esa 24% ni tashkil etadi. Bunday korxonalar respublikadagi jami korxonalarning 2,5% ini tashkil etsada, 2021-yilda mamlakat tashqi savdo aylanmasining 19,8% i, eksport va importning mos ravishda 19,7%i va 25%i ularning hissasiga to'g'ri kelgan.
 Tahlil shuni ko'rsatmoqdaki, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyat ko'rsatuvchi xo'jalik subʼektlarining eng samarador va eng faol qatlami hisoblanadi. 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga ko'ra kelgusi 5 yilda iqtisodiyotga 70 milliard AQSH dollari miqdorida xorijiy investisiyalarni jalb etish hamda 2026-yilga borib, eksport hajmini 30 milliard AQSH dollariga yetkazish maqsad qilingan.
Davlat rahbari xorijiy investorlar bilan ishlashni tashkil etishning quyidagi tartibini belgilab berdi:

  • Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida Sarmoyadorlarni qo‘llab-quvvatlash ishchi guruhi tashkil etiladi;

  • ishchi guruh Xorijiy investorlar kengashi huzurida faoliyat yuritib, chet ellik sarmoyadorlarni kompleks va tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi;

  • investorni aeroportda kutib olishdan tortib, biznes uchun zarur ruxsatnoma va litsenziyalar berishgacha bo‘lgan barcha xizmatlarni “yagona oyna” tamoyili asosida ko‘rsatadi va boshqalar.

Bundan tashqari, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Xorijiy investorlar kengashi huzurida doimiy faoliyat yuritadigan Investorlarning huquqini himoya qilish qo‘mitasini tashkil etilishi belgilangan.
O‘zbekistonning Fransiya bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda fransuz tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirishi ham xorijiy investorlarga bo‘lgan talabning yuqoriligini isbotlaydi.
 Ushbu maqsadlarga erishishda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar sonini oshirish, shuningdek, ularning eksport faoliyatini rag'batlantirish muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar :



    1. Xorijiy investitsiyalar fanidan ma’ruza matni

    2. Lex.uz

    3. Namangan.uz

    4. Uzef.uz

    5. Legalact.uz

    6. Spot.uz

    7. Namstat.uz

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin