Mavzu : O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar mazmun va mohiyati. Reja


O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishning yangi bosqichga ko’tarilishi



Yüklə 33,07 Kb.
səhifə4/5
tarix22.09.2022
ölçüsü33,07 Kb.
#63977
1   2   3   4   5
O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar 5 list

2. O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishning yangi bosqichga ko’tarilishi.
O’zbekiston mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlat boshqaruvini, jamiyat xayotini demokratlashtirish yo’lini tutdi. Lekin barcha sohalardagi islohotlar kabi, bu borada ham Birinchi prezidentimiz Islom Karimov O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini, shart-sharoitlari, tarixiy an’analari va xalqimiz mentalitetini xisobga olish lozim, degan ishonchdan kelib chiqdi. Jamiyat rivojlanishining, axoli ongi, tafakkuri o’sishining darajasiga mos holda demokratlashtirish jarayonini bosqichma- bosqich o’tkazish g’oyasini ilgari surdi. Demokratiya-xalq hokimiyati. U yetuk holda birdaniga qaror topib qolmaydi. Bunga davlat va jamiyat xam, axoli va aloxida fuqarolar xam tayor bo’lishi lozim.
1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi bu jarayonga qonuniy yo’nalish berdi va uning huquqiy asoslarini, kafolatlarini yaratdi. Demokratlashtirish mamlakatimiz rivojlanishining konstitusiyaviy talabiga, me’yoriga aylandi.
2010-yil 12-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va senatning qo’shma majlisida Prezidentimiz Islom Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzada o’ta dolzarb axamiyatga ega bo’lgan muhim vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud-huquq tizimini, saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolik jamiyatini institutlarini, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi.
Ma’ruzada ta’kidlab o’tilganidek, o’tgan vaqt mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohatlar juda muhim bir maqsadga,ya’ni hokimiyatlar bo’linishi konstitusiyaviy prinsipini xayotga tatbiq etish, hokimiyatlar o’rtasida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakillantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakilatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo’yicha goyat dolzarb chora-tadbirlarni ko’rishga qaratilgan edi.
Prezidentimiz “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” (1999- yil.) asari mamlakatimizning yangi asrdagi taraqqiyoti uchun 6 ta ustuvor yo’nalishni belgilab berar ekan, avvalo siyosiy, iqtisodiy xayotni, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishni birinchi ustuvor vazifa qilib quyilgan edi. Bunda siyosiy sohani erkinlashtirish bilan birga davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakillantirishda asosiy e’tibor kutidagi masalalarga qaratilgan edi.

  1. hokimiyat barcha tarmoqlarining mustaqil faoliyatini ta’minlash;

  2. nodavlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish.

Bunda “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari”konsepsiyasi belgilab berildi.
Bu masalalarni bevosita amaliyotga tatbiq qilish uchun “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot – pirovard maqsadimiz ” (2000yil.) risolasi xam 7 ta ustuvor vazifadan birinchi va ikkinchi vazifa qilib siyosiy sohada quyidagi masalalar belgilab berildi.
1. Siyosiy sohada;
1) siyosiy xayotning barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish
2) ko’ppartiyaviylik muxitini ta’minlsh;
3) nodavlat tuzilmalari, fuqarolik jamiyatini qaror toptirish;
4) fikrlar xilma-xilligiga erishish. Ommaviy axborot vositalarini tom ma’noda “To’rtinchi hokimiyat” darajasiga ko’tarish;
Bu jarayonda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy organlarning vazifalarini o’zgartirishga, ularning boshqarish, tartibga solish va taqsimlash borasidagi vakolatlarini, xujalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirishgakatta e’tibor berildi.
Ularning vakolatlarini bozor tamoillariga muofiqlashtirish va pirovard natijada davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini jiddiy kamaytirish ko’zda tutildi. Boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o’tkazish, O’zbekistonda mahalliy o’zini o’zi boshqarishning noyob shakli bo’lgan mahalla tizimini shakillantirish masalalariga katta axamiyat qaratildi.
Ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo’yicha 2002- yil 27- yanvarda o’tkazilgan referendum yakunlari ba shu asosda “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’grisida”gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi.
Bundan tashqari ko’zlangan asosiy maqsadlar parlament tomonidan o’z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini shakillantirish,qonun ijodkorligining sifatini jiddiy ravishda oshirish,umumdavlat va xududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishishdan iborat edi. Bu borada tarkib jihatidan asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakilaridan tashkil topgan yuqori palata – Senatning xududlar manfaatlarini ifoda etishi, kuyi-Qonunchilik palatasi esa o’z faoliyatini doimiy professional asosda amalga oshirishi xisobga olindi. Milliy parlamentimizning rivojlanishida yangi parlament va uning xar bir palatasining maqomi, vakolatlari va faoliyat mexanizmlari aniq belgilab berildi. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi to’grisida”gi va “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’grisida”gi konstitusiyaviy qonunlarning 2003- yilda qabul qilinishi aloxida axamiyat kasb etdi.
O’zbekistonda demokratik islohotlar amalga oshirilayotgan hamda bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan bir davrda ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekistonnning o’z tiklanish va taraqqiy etish yo’liga asoslangan tamoyillardan biri ham bu kuchli ijtimoiy siyosatdir. Kuchli ijtimoiy siyosat deganda “o’zbekistonning har bir fuqarosi millati, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar shaxs sifatida shakllanishi, o’z qobiliyatini namoyon etishi, hayotini yanada farovon, munosib, ma’naviy boyroq qilishi uchun” zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan aholini ijtimoiy himoyalash bo’yicha ijtimoiy kafolat va choralarning ta’minlanishi tushuniladi.
Fuqarolarga natijali ijtimoiy ko’makni ko’rsatish imkonini beruvchi aholini ijtimoiy himoyalash tizimining vujudga kelishi ushbu yillardagi ijtimoiy siyosatning tabiiy yutuqlaridan bo’lib hisoblanadi. Mustaqillik yillari mobaynida mavjud real iqtisodiy va demografik vaziyatni inobatga olgan holda bozor iqtisodiyoti sari bosqichma bosqich o’tish asnosida aholini ijtimoiy himoyalash mexanizmi yaratildi. Dastlabki bosqichlarida bu barcha aholini ijtimoiy himoyalanishini ta’minlovchi yo’li bo’lib, u o’z o’rnida insonlar hayoti darajasining keskin ravishda tushib ketishini oldini olish, mamlakatda turg‘unlikni saqlab qolish imkoniyatini berdi. Islohotlarning chuqurlashib borishi barobarida aholiga manzilli yordam ko’rsatilishiga katta e’tibor qaratildi. Barcha nafaqa va yordam trurlari oilalarga berila boshlandi, bunda asosiy e’tibor kam ta’minlangan oilalar, qariyalar va bolalarga qaratildi.
Aholining turli qatlamlariga differensial yondoshish zamonaviy ijtimoiy himoya tizimining o’ziga xos tomonlaridan biridir. O’zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi rivojlanishining zamonaviy bosqichi barqaror iqtisodiy o’sish, aholi hayoti tarzining sifat jihatidan yaxshilanilishiga asoslangan. Hozirgi davrda aholining bandligini va xususan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali iqtisodiy faolligini rivojlanishi ijtimoiy himoyalashning asosi bo’lib xizmat qiladi. Mamlakat ijtimoiy siyosatining yana bir yutuqlaridan bo’lib, ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimining vujudga kelishi, aholi bilan ishlashda fuqarolarga natijali ijtimoiy ko’mak ko’rsatish imkonini beruvchi zamoaviy usul va texnologiyalardan keng foydalanish hisoblanadi. Mahalliy o’zini boshqarish organlari – xokimiyatlarda hududiy ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish, ijtimoiy ish, ijtimoiy pedagogika va amaliy psixologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash tizimining tashkil topishi va rivojlantirilishi barobarida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish imkoniyati ortib boraverdi. Zamonaviy o’zbekiston sharoitida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimi alohida shaxslar, oila yoki guruhlarning moslashuvi, ijtimoiy reabilitatsiyasiga yo’naltirilgan ijtimoiy-gumanistik faoliyatning ma’lum bir uslubi tizimi sifatida namoyon bo’ladi.

XULOSA
Ijtimoiy ishning maxsus nazariyalari ijtimoiy ishchilarning bajarayotgan ishlarini tavsiflab, tushuntirish berish hamda baholashga harakat qiladi. Ijtimoiy ish nazariyasining asoslari ko’pincha ijtimoiy fanlardagi kabi ketma-ketlik va o’zaro muvofiqlikda namoyon bo’ladi. Nazariy g‘oyalar borasidagi aniq tasavvurlar ijtimoiy ishning kasbiy tarkibi sifatida talqin etiladi, bu g‘oyalar ijtimoiy ishchilarning yetuk tarzdagi fikr va munosabatlari hamda o’zini anglashlarining zarur tarkibi hisoblanadi. Amaliyotda ham kasbiy faoliyatning o’ziga xosligini tushunish nazariyaning asosiy maqsadi hamda insonlarga yordam ko’rsatishga intiluvchan insonlar uchun hayotiy zaruriyatdir. Bundan tashqari ijtimoiy ish o’z shakli va usullarida ko’p qirralidir. Ijtimoiy ishchilarning o’zlari o’z kasblariga turlicha yondoshadilar, ba’zan uni taqdirlanish, frustratsiya, xuzur-xalovat, afsuslanish, stress manbasi deb hisoblaydilar, lekin ulardan ko’pchilik ish mobaynida qaysidir fikrda ikkilanishlarini, qayta tahlil qilib ko’rishga, tanqidiy muhokama qilishga va har bir vaziyatni serqirra muammo sifatida ko’rib chiqishga majbur bo’lishlarini ta’kidlaydilar. Bu vazifalarni uddalay olish uchun ijtimoiy ishchi keng ma’noda salohiyatli kasb ustasi, madaniyat, jamiyat va ijtimoiy guruhlarning o’zaro munosabati masalalaridan xabardor inson bo’lishi kerak. Shu bilan birga ijtimoiy ishchi boshqa maxsus bilimlarga ham ega bo’lishi zarur. Ijtimoiy ishchilar faoliyatiga qo’yiladigan umumiy ahl borayotgan talablar asosida to’planib rivojlanib boraveradi.



Yüklə 33,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin