Mavzu : shaxsiy parhezlarning tarkibi va maqsadi



Yüklə 0,67 Mb.
tarix07.11.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#67694
shaxsiy parxezlarning maqsadi


Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiya fakulteti 202-OOT guruh talabasi Qalandarova Saodatning ovqatlanish fiziologiyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Mavzu :shaxsiy parhezlarning tarkibi va maqsadi
Reja :
1.Parhez nima?
2.parhezning turlari
3.sogʻlom ovqatlanish tartibi
Parhez, diyeta — miqdori, kimyoviy tarkibi, kaloriyaliligi (quvvati) va pishirib tayyorlanishi jihatidan maxsus tanlangan ovqat ratsioni, sogʻlom kishilar hamda bemorlarga moʻljallangan ovqatlanish rejimi. Parhezda organizmning oziq-ovqatlarga boʻlgan fiziologik ehtiyoji qondiriladi.
Bemorlarga Parhez buyurilganda moddalar almashinuvi yoki biror aʼzo funksiyasi buzilgan boʻlsa, uning faoliyatini tiklash koʻzda tutiladi. Buning uchun baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari maxsus usullar bilan kayta ishlanadi. Yara kasalligi, kolit, yogʻ bosish va boshqa kasalliklarda Parhez keng qoʻllanadi.
Parhez taomlar. Kasallik turiga qarab beriladigan ovqatlar parhez taomlar deyiladi. Ular parhez stollari bilan belgilanib, 15 ta parhez stoliga bolinadi.

Parhez № 1. Qaytalanuvchi me`da va o`n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, qaytalanuvchi surunkali gastrit, o'tkir gastritning 1-2-kunida qo'llaniladi. Shuningdek, yuqoridagi kasalliklarning tuzalish davrida ham tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: 4-5 stakan sut, 70-80 gr yog', qaynatilgan 2 dona tuxum, sutli manniy bo'tqa, meva sharbatlari, quritilgan oq non, tvorog, qaynatilgan go'sht va baliq.

Parhez № 2. Surunkali gipoatsid gastrit, surunkali enterit va kolitning tuzalish davrida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Yog'siz go'sht, kotlet, baliq, tiftil, meva va sabzavotlar, oq non, pechenye, sariyog', tuxum, qatiq, limon.

Parhez № 3. Surunkali ich qotganda qo'llaniladi. Ovqat tarkibi: Qora non, sariyog', o'simlik yog'i, meva va sabzavot, yog'li va go'shtli ovqatlar, grechkali bo'tqa, kefir. Parhez № 4. Qaytalanuvchi enterit va kolit kasalligida beriladi. Ovqat tarkibi: Quritilgan oq non, sariyog', guruchli va manniy bo'tqa, go'shtli, baliqli va tovuq go'shtli ovqatlar, limon choy.

Parhez № 5. Jigar va o't yo'llari kasalliklari, ularning qaytalanuvchi davrida va pankreatit kasalligida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Biroz qotgan (suvi qochgan) oq yoki qora non, grechkali va sabzavotli bo'tqalar, sariyog', tvorog, kefir, qaynatilgan go'sht, baliq, dimlangan kotlet, quruq pechenye. Parhez № 6. Podagra kasalligida qo'llaniladi. Ovqat tarkibi: Suvi qochgan oq yoki qora non, grechkali va sabzavotli bo'tqa, sariyog', qaynatilgan go'sht, baliq.

Parhez № 9. Qandli diabetkasalligida qo'llaniladi. Ovqat tarkibi: Tuxum, sir, pishloq, ko'katlar, shirin bo'lmagan mevalar. Parhez № 10. Kompensatsiya holati buzilgan yurak-qon tomirlar tizimi kasalliklarida beriladi. Ovqat tarkibi: Sutli mahsulotlar, oq va qora non, qaynatilgan yog'siz go'shtli, baliqli sho'rvalar, sabzavotlar va mevalar.

Parhez №11. Sil,kamqonlik va boshqa qonkasalliklarida beriladi. Ovqat tarkibi: Yuqori kaloriyali ovqatlar (tuxum, go'sht, baliq). Oqsil sutkasiga 120 grammgacha ko'paytiriladi. Parhez № 12. Nerv tizimi kasalliklarida qo'llaniladi. Ovqat tarkibi: Turli-tuman mahsulotlar, biroq achchiq, sho'r, nordon mahsulotlar cheklanadi, kofe berilmaydi.

Parhez № 13. O'tkir yuqumli kasalliklarda tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Ko'p miqdorda suyuqliklar (mineral suv, sharbatlar), qaynatilgan sho'rva, tvorog, tuxum sarig'i. Parhez №14. Siydik-tosh kasalligida buyuriladi. Ovqat tarkibi:a) siydikda fosfor cho'kmasi bo'lganda un va go'shtli mahsulotlar miqdori cheklanib, ko'proq loviya, no'xatmahsulotlari beriladi.


Parhez №15.
Sog'lom va kasallikdan sog'aygan bemorlar uchun tavsya :Ovqat tarkibi: Turli-tuman mahsulotlar.
E'tiboringiz uchun tashakkur
Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin