19-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirok etishi Nodavlat notijorat tashkilotlari:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
yoshlarda hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarni shakllantirishda, ularni qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan qilib tarbiyalashda ishtirok etadi;
sog‘lom va barkamol yoshlarni tarbiyalashga, jamiyat hayotida ularning roli hamda faolligini oshirishga doir tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;
yoshlarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni, yosh fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni hamda ro‘yobga chiqarishni ta’minlaydigan shart-sharoitlarni yaratishga ko‘maklashadi;
fan, sport, san’at va madaniyat sohasida yoshlarning ijodiy iste’dodi va qobiliyatini erta aniqlashga hamda rivojlantirishga ko‘maklashadi;
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonunchilikning ijro etilishi, davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning ro‘yobga chiqarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
(19-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonunitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirishda, yuqumli kasalliklarga va boshqa ijtimoiy xavfli kasalliklarga, ichkilikbozlikka, giyohvandlikka, zaharvandlikka, kashandalikka hamda o‘zga zararli illatlarga qarshi kurashishga doir profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirishda, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda, yoshlar sportini ommaviy rivojlantirishda ishtirok etadi;
yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirishga, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirishga ko‘maklashadi;
qonunchilikda belgilangan tartibda yoshlarni o‘qitish bilan shug‘ullanishi mumkin;
(19-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonunitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) yoshlarni tadbirkorlikka jalb etishga, kasbga yo‘naltirishga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga ko‘maklashadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonunitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Davlat yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirok etishini kafolatlaydi va ta’minlaydi.