Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya almashinuvi reja


Mavzu: 6 Nafas olish organlarning asosiy kasalliklari



Yüklə 122,15 Kb.
səhifə17/70
tarix27.01.2022
ölçüsü122,15 Kb.
#51681
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70
Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya al

Mavzu: 6

Nafas olish organlarning asosiy kasalliklari.

Reja:

1.Bronxit kasalligi.

2.Zotiljam belgilari,klinikasi va davolashi.

3.Bronxial astma,belgilari.

4.Plevrit,uning klinikasi,davolashi.

.

NAFAS OL1SH TIZIMINING ASOSIY KASALLIKLAR1.Yo'tal, nafas qisishi, balg'am tashlash, qon tuflash, ko'krakdagi ba'zi og'riqlar nafas olish a'zolari kasalliklarining asosiy belgilari hisoblanadi.



Bronxlar shilliq pardasining yallig'lanishi bronxitdeyiladi. Kasallik kechishiga qarab o'tkir va xronik bo'ladi.

Etiologiyasi va patogenezi. O'tkir bronxitning kelib chiqishiga bir qator sabablar: yuqumli kasalliklar (gripp, qizamiq, o'pka sili, ich terlama, tepkili terlama), zaharli kimyoviy moddalar (ammiak, xlor, kimyoviy jangovar zaharlovchi moddalar) ta'siri, a'zo ayrim qismlarining yallig'lanishi sabab bo'ladi. Chekish, changli muhitda mehnat qilish, shamollash, tananing darmonsizlanishi va shunga o'xshash sabablar bronxitning vujudga kelishiga imkon beradi. Bundan tashqari, ba'zi mikroorganizmlar (mikrokokklar, streptokokklar) ham bronxitning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Shamollashning xarakteriga qarab bronxit-karatal, yiringli, shilimshiq-yiringli bo'ladi.

Kasallik belgilari. O'tkir bronxit quruq yo'tal bilan boshlanib, bemor o'zini noxush sezadi, yo'talganida ko'chgan balg'am shilimshiq-yiringli bo'ladi, har yo'talganda ko'kragi og'riydi, eti uvishadi, ishtahasi pasayadi, nafas olishi qiyinlashadi, uyqusi notinch bo'ladi. Isitma ko'tarilib, 8-14 kun davom etadi. Auskultatsiya qilinganda ko'pincha bronxlar shilliq qavati bo'rtganligi sababli nafas olish qattiqroq eshitiladi. Bronxlar shilliq qavat bilan berkilib qolgan bo'lsa, nafas olish susayadi. Yirik bronxlar zararlanganda, guvillagan tovush, mayda bronxlar zararlanganda esa hushtakli quruq xirillash eshitiladi. Bronxlardan ko'p ekssudat (qonning suyuq qismi) chiqqanda ho'l, xirillagan tovush eshitilishi mumkin.

Davolash. Bemorning harorati yuqori bo'lsa, o'rinda qimirlamay yotish buyuriladi. Uch mahal 0,5 g dan aspirin ichish tavsiya etiladi. Juda ko'p iliq ichimlik ichib turish aytiladi. Oyoqqa issiq kompress qilinadi. Orqaga banka yoki gorchichnik qo'yiladi. Yo'talni yengillashtirish maqsadida iliq sutni barjomi ma'danli suvi bilan aralashtirib yoki ichimlik soda bilan birga ichish tavsiya etiladi. Basharti, yo'talganda ko'krakda kuchli og'riq pay do bo'lsa, sodaga kodein, dionin aralashtirib beriladi. Yo'talganda balg'am ko'chishi qiyin bo'lgan hollarda, balg'am ko'chiradigan termopsis, altey ildizi damlanadi, malina choy, sholg'omli sho'rva, behini dimlab beriladi.

Kasallikning oldini olish. Buning uchun atrof-muhitni toza saqlash, qattiq sovuq qotishdan saqlanish, tamaki chekmaslik, spirtli ichimliklarni suiiste'mol qilmaslik kerak. Doimiy badantarbiya va sport bilan shug'ullanish, tanani chiniqtirish o'tkir bronxitning oldini olishni muhim omillaridan hisoblanadi


Yüklə 122,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin