Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya almashinuvi reja



Yüklə 122,15 Kb.
səhifə30/70
tarix27.01.2022
ölçüsü122,15 Kb.
#51681
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70
Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya al

Qizamiq o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, asosan, bolalik davrida uchraydi va yuqori nafas yo'llari shilliq pardalarining yallig'lanishi hamda badan terisida toshma toshishi bilan kechadi. Qizamiq virusi filtrlanadigan virus bo'lib, tashqi muhit sharoitiga chidamsiz, u quyoshning ultrabinafsha nurlari ta'sirida tez nobud bo'ladi. Kasallikning yuqumli davri kataral davr hamda toshma toshgan dastlabki kunlar bo'ladi. Kasallikning yuqumli davri 10 kungacha cho'zilishi mumkin va u havo tomchi yo'li bilan yuqadi. Qizamiq virusi bolaning yuqori nafas yo'llariga tushgach, tez ko'payadi va qonga o'tadi.

Klinika. Kasallik yashirin, boshlang'ich toshma toshish va toshmaning qaytish davrlaridan iborat.

Qizamiqning yashirin davri 9-10 kun davom etadi. Bu davrida kasallikning belgilari bo'lmaydi. Shundan so'ng kataral davri boshlanib, tana harorati 38-39° gacha ko'tariladi, kuchli bosh og'rig'i, yo'tal, aksirish, yuqori nafas yo'llari va burunning o'tkir yallig'lanish belgilari paydo bo'ladi. Bu alomatlarga ko'z shilliq pardasining yallig'lanishi qo'shiladi. Bemorning ko'zi yoshlanib qizaradi va yorug'likka qaray olmaydi. Qizamiq bilan og'rigan bolalar o'ziga xos ko'rinishga ega bo'ladilar; ularning yuzlari, qovoqlari shishgan qizargan, burundan serozli suyuqlik oqayotgan bo'ladi. Badanga toshma toshishidan 1-2 kun oldin, yumshoq va qattiq tangkyning shilliq pardasida qizil donachali dog'lar (qizamiq enantemalari) paydo bo'ladi. Shu bilan bir vaqtda qizamiqning asosiy belgisi paydo bo'ladi. Lunjning shilliq pardasida oqimtir rangli, atrofi qizil gardishcha bilan o'ralgan va alohida-alohida joylashgan, bir-birlari bilan qo'shilmaydigan dog'lar paydo bo'ladi. Bu dog'lar Belskiy-Filatov-Koplik nomi bilan yuritiladi.

Qizamiqning bu davridan so'ng, toshma toshish ya'ni «gullash» davri boshlanadi. Toshma toshishdan oldin tana harorati qaytadan 39°-40° gacha ko'tariladi va ikki uch kundan keyin pasaya boradi. Toshma katta donachali, qizg'ish dog'lardan iborat bo'lib, dastlab bolaning yuzida va quloqlarining orqasida paydo bo'ladi va tez orada badanning pastki qismiga tarqala boshlaydi.

Toshmaning «gullash» davri 3 kun davom etadi. Keyinchalik u qanday tartibda paydo bo'lsa, xuddi shunday tartibda qayta boshlaydi. Keyinchalik toshmaning rangi oqimtirlashib, asta-sekin uning o'rnida pushti rang dog' — pigmentatsiya hosil bo'ladi. Bu dog'lar 1-2 haftagacha saqlanishi mumkin, hamda bemorning sog'ayish davri boshlanadi.

Davolash. Qizamiqning yengil va asoratsiz turlarida bemorlarni uy sharoitida davolash mumkin. Bolaning beti va qo'llarini tez-tez issiq suv bilan yuvish, burnini tozalab turish lozim. Har kuni bemor ko'zlarini yuvish, lablarini yog'lash kerak. Bemorga ko'p suyuqlik, vitaminlar tavsiya etiladi.

Profilaktikasi Bola 9 oylikda qizamiqqa qarshi emlanadi, 2-emlanish 1,5 yoshida o'tkaziladi.

Suvchechakning qo'zg'atuvchi Aragao tanachalari deb atalgan filtrlanuvchi viruslardir. Infeksiya manbai kasal odam u eng so'nggi toshmalar chiqqandan keyin ham 5 kungacha yuqimli bo'lib turadi.

Kasallik havo-tomchi yo'li bilan tarqaladi va ko'pincha kuz, qish va bahor oylarida kuzatiladi.

Klinika. Kasallikning yashirin davri o'rtacha 14 kunni tashkil etadi, lekin 21 kungacha yetishi mumkin. Bemorda subfebril harorat bo'ladi, kayfiyati buziladi, keyinchalik tana harorati ko'tarilib, tanasida toshma paydo bo'ladi.

Toshma bemorning yuzi, sochlarining orasi, oyoq-qo'llarida bir yo'la paydo bo'ladi. Toshma dastawal suyuqsiz bo'rtma (papula) sifatida paydo bo'lib, tez orada (bir necha soat ichidayoq) suyuqlik tutuvchi pufakcha (vezikula)ga aylanadi. Bu pufakchalar terida yuzaki joylashgan, atrofi esa qizil hoshiya bilan o'ralgan bo'ladi.

Pufakchalar 1-2 kundayoq qurib, po'stloqqa aylanadi va 1 -2 hafta mobaynida to'kilib ketadi va o'rnida chandiq qolmaydi. Har 1 -2 kunda yangidan toshma chiqib turgani uchun bemorning badanida bo'rtma, pufakcha va po'stloqni topish mumkin. Toshma badanni qichishtiradi.

Suvchechak chin chechakdan farq qilishi muhimdir. Chin chechakda haroratning baland ko'tarilishi, belning qattiq og'rib qolishi bilan boshlanadi. Chin chechakda toshma awal yuzdan boshlanib, barmoqlar, tana, oyoqlarda ketma-ket paydo bo'ladi.



Chin chechakda pufakchalar terida chuqur joylashgan va tepasida kindiksimon chuqurchasi bo'ladi va o'rnida chandiq qoladi.


Yüklə 122,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin