Jarohatning belgisi. Har qanday jarohatda og'riq, bo'shliq hosil bo'ladi va qon oqadi. Jarohatlanishning asosiy xavfi ko'p qon ketishi hamda yaraga yiringlatuvchi va anayerob mikroblar tushishidan iborat bo'ladi. Agar yara katta va chuqur bo'lsa, og'riq kuchli bo'lishi va qon ko'p ketishi natijasida shok ro'y berishi mumkin.
JAROHATLANGANDA BIRINCHI YORDAM KO'RSATISH
Odam jarohatlanganda agar hech kim bo'lmasa, o'ziga-o'zi yordam beradi, atrofdagi odamlar va kamdan-kam tibbiy xodimlari birinchi yordam beradi. Birinchi yordam berishdan asosiy maqsad qon oqishini to'xtatish, hech bo'lmasa vaqtincha jarohatni iflos va infeksiya tushishidan saqlash, yarador bo'lgan odamni tezlik bilan yaqindagi tibbiyot muassasasiga yuborishdan iborat. Shikastlangan sohadan qon ketishini to'xtatish va bog'lab qo'yish uchun eng awal shu sohani ochish kerak. Kiyimni yechgandan so'ng, tibbiyot hamshirasi qo'lini sovunlab yuvib, spirt bilan artishi, tirnoqlari atrofiga va barmoqlari uchiga yod nastoykasi surtishi kerak.
Jarohat chetiga 2 marta yod nastoykasi surtiladi, yod bo'lmasa spirt, aroq yoki odekolon bilan ham artsa bo'ladi. Yaraning ustidagi ifloslar (cho'p-xaslar, kiyim parchalari) olib tashlanadi. Qon ko'p oqayotgan bo'lsa (asosan, qo'l va oyoqdan) jgut qo'yib, qon oqishi to'xtatiladi. Yarani infeksiya dan saqlash uchun aseptik bog'lam qo'yiladi. Jarohatga sterillangan salfetka yopish, qo'l tekkizmaslik kerak. Bog'lab qo'yishdan oldin jarohat sathiga birorta antibiotik kukunini sepish maqsadga muvofiq bo'ladi. Har qanday jarohatlanishda qoqsholga qarshi zardob va anatoksin yuborish shart. Og'riqni kamaytirish uchun promedol yoki morfin ineksiya qilinadi.
BOG'LAMLAR
Xirurgiyaning bog'lam turlarini, ularni qo'yish usullarini va maqsadini o'rganadigan bo'limi desmurgiya deyiladi. Bog'lam qo'yish jarayoni yara bog'lash deyiladi. Bog'lamlarning ahamiyati juda katta ular jarohatni ifloslanishdan saqlaydi, qon oqishini to'xtatadi, shikastlangan organga orom beradi, bo'shliqlarni jips yopib turadi, natijada kollaps, shok kabi og'ir asoratlarning oldi olinadi.
Dostları ilə paylaş: |