REJA: Kirish Asosiy qism 1. 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganish metodikasi.
2. O‘quvchilarni 10 ichida qo‘shish va ayirish amallari bilan tanishtirishda ko‘rgazmalilik.
3. „O‘nlik“ mavzusi bo‘yicha dars parchasini tuzing
1. 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganish metodikasi.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
«O‘nlik» mavzusida sonlarni raqamlash, tayyorgarlik davri.
Birinchi sinfga kelgan bolalar turli joylardan va turlicha matematik tayyorgarlikka ega bo‘ladi. Bolalar bog‘chasi yoki ba’zi oilalarda tayyorgarligi
bor bolalar 1-10 gacha sonlarni o‘qish, sanash, teskari sanash, yozish
malakalariga ega bo‘ladilar. Ba’zan, mutlaqo tayyorgarlikka ega bo‘lmagan
bolalar keladilar. Shuning uchun o‘qituvchinig vazifasi 1-sinfga kelgan bolalarning tayyorgarligini individual aniqlashdir. Bu ish o‘qish boshlanguncha
yoki birinchi haftadayoq amalga oshirilishi kerak. Aniqlashda quyidagi taxminiy savollar bo‘lishi mumkin:
1. Sanashni bilasizmi? Sanang-chi?
2. Doiracha, cho‘p, bayroqchalarni sanang-chi?
3. Stolda qancha qalam bo‘lsa, shuncha bayroqcha oling.
4. Qaysi doirachalar ko‘p? Qizillarimi, ko‘klarimi?
5.Тartib bilan qo‘yilgan narsalarni tartib bilan sanang.
6. 5–1, 8–2, 4–3 kabi savollar.
Har bir o‘quvchining bilim darajasini hisobga olish maqsadida o‘qituvchi
quyidagi jadval bilan qaydnoma tuzadi:
№VaqtiFamiliyasi
ismi...ga
cha sanay oladipredmet sano
g‘iqancha bo‘lsa
shunchako‘zda chamalabqayta sanash taqqoslashungdan chapgayuqorigapastga
1. 25.08Ahmedov A9+ + -+ + + + -
2.25.08Valiyeva S15-+ + + -+ + -
Тayyorgarlik davrining (6–7 mashg‘ulot) asosiy vazifasi raqamlashni
o‘rganishga o‘tish uchun zarur bo‘ladigan bilimlar, malakalar va
ko‘nikmalarni aniqlash.
1-sinfning 1- mavzusi 1-o‘nlik sonlarini raqamlashdan iborat. Bunda bolalar sanoq malakasini hosil qilish, 1–10 ta son haqidagi tasavvur shakllantirish, sonlar qatorini hosil qilish kabi ishlarni bajarish kerak. 10 ichida
raqamlashda o‘qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini
shakllantirish va 1–10 sonlar kesmasida natural qatorning tuzilishini ochib
berishi va bu asosda natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta’riflashdan iborat. Raqamlashni bilish natijasida o‘quvchilar quyidagilarga erishadilar:
1. 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini to‘la o‘zlashtirish.
2. Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko‘rsatilganda har bir narsaning
tartib raqamini aytib bera olishi.
3. Sonlarning 1 dan 10 gacha har bir son qanday hosil bo‘lishi (1 ni
qo‘shish yoki 1 ni ayirish bilan).
4. Raqamlarni o‘qiy olishlari va har bir raqamga mos keladigan narsalar
to‘plamini mos keltirishi.
5. Sonlarning katta, kichik, tengliklarini bilish.
6. 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 sonlarini bir necha qo‘shiluvchilardan iborat
qilib yoza olishni.
7. 2+1, 4-1, 1+3 kabi yozuvlarni o‘qiy olishi va natijasini hisoblay olishi;
8. Doira, kvadrat, uchburchaklarni bir-biridan farqlab, nomlarini aytish va
ularni chiza olishi;
Natijada quyidagi savollarga qiynalmasdan javob bera oladigan bo‘lsin:
1. U yoki bu son qanday hosil qilinishi mumkin? 4+1=5, 6-1=5 kabi.
2. Son qanday ataladi va u bosma va yozma raqamlar bilan qanday
yoziladi?
3. Berilgan son bilan qo‘shni sonlar orasida qanday munosabatlar
mavjud (<,>, =)
10 ichida sonlarni raqamlashda quyidagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni
egallab olishi kerak.
1. 1–10 raqamlashni va ularning ketma-ketligini.
2. Har qanday sonning sonlar qatoridagi o‘rnini.
3. Sonlarni taqqoslashni (<,>, =) belgilarni qo‘ya olishi
Bu bosqichda o‘qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini
shakllantirish va 1–10 sonlar kesmasida natural qatorning tuzilishini ochib
berish va bu asosda sonni natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta’riflashdan iborat
Bu vazifalardan kelib chiqib mavzuni o‘rganish rejasi tuzuladi. Natural
raqamlar tartibi o‘quvchilarda bu qatorning hosil bo‘lish tushunchalarini
ongli o‘zlashtirishiga imkon beradi. Shunga e’tibor qilish kerakki har gal
avvalgi o‘tilgan raqamlar qatori qayta ko‘rib chiqiladi va o‘rganilayotgan
yangi raqamlar ilgarigi tartibni davomi ekanligiga diqqat qaratiladi. Amallar 10 va 100 ichida va ko’p xonali sonlar ustida xisoblashlarning og’zaki usullaridan foydalanib bajariladi.54024:6=9004Ayirmani biron songa bo’lish uchun kamayuvchini va ayriluvchini alohida bo’lib, natijalarni bir-biridan ayirish mumkin. (90-80):5=90:5-80:5 Ko’paytmani biron songa bo’lish uchun ko’paytuvchilardan birini o’sha songa bo’lishning o’zi kifoya.(27∙5):9=(27:9)∙5=3∙5=15Biron sonni ko’paytmaga bo’lish uchun u sonni navbati bilako’paytuvchilarning har biriga bo’lib, undan chiqqan soni ikkinchisiga yana bo’lish kerak va hokozo. 180:(18∙5)=(180:18):5=10:5=2 Biron sonni bo’linmaga bo’lish uchun u sonni uning bo’linuvchisiga bo’lib, bo’luvchisiga ko’paytirish mumkin.1000:(250:7)=(1000:250)∙7=4∙7=28Bo’linmani biron songa bo’lish uchun bo’linuvchini o’sha songa bo’lib, chiqqan natijani bo’luvchiga bo’lish mumkin yoki bo’linuvchini bo’luvchi bilan o’sha sonning ko’paytmasiga bo’lish mumkin. (1000:25):8=(1000:8):25=125:25=5 yoki (1000:25):8=1000:(25:8)=1000:200=5 Ba’zi misollarni og’zaki ham, yozma ham yechish mumkin. Bu hollarda o’quvchilar yechimlarni taqqoslab ko’p xonali sonlar ustida arifmetik amallarning mazmunini va sonlar ustida bajarilayotgan amallar mazmunini yaxshi tushunib oladilar. Demak, og’zaki hisoblashning turli usullarini bilish va uni o’quvchilarga o’rgatish o’quvchilarning og’zaki hisoblash ko’nikma va malakalarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. O‘quvchilarni ko‘paytirish va bo‘lish arifmetik amallarni ma’nosi bilan tanishtirish, ularning ba’zi xossalari (ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasi, sonni yig‘indiga va yig‘indini songa ko‘paytirish xossasi, yig‘indini songa bo‘lish xossasi) va ular orasidagi mavjud bog‘lanishlar bilan, bu amallar komponentlari bilan natijalari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar bilan tanishtirish; Ko‘paytirish jadvalini puxta bilishni va undan bo‘linmani topishda foydalana olishni ta’minlash;O‘quvchilarni jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish usullari bilan ko‘paytirish va bo‘lishning maxsus hollari ( nol soni bilan ko‘paytirish va bo‘lish, 1 ga ko‘paytirish va bo‘lish) qoldiqli bo‘lishning jadval hollari bilan tanishtirish.