Mehnatni mexanizatsiyalash (avtomatlashtirish) darajasining ortishi moddiylashgan mehnat ulushining oshganligi va jonli mehnat sarflashni ko‘paytirmasdan turib mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatl
Mehnatni mexanizatsiyalash (avtomatlashtirish) darajasining ortishi moddiylashgan mehnat ulushining oshganligi va jonli mehnat sarflashni ko‘paytirmasdan turib mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlaridan dalolat beradi.
Mehnat unumdorligining asosi bo‘lgan mehnatning unumdorlik kuchi mehnat unumdorligining aynan o‘zi emas: haqiqiy mehnat unumdorligi yana ikkita muhim omilga - jonli mehnatning eng muhim ko‘rsatkichi bo‘lgan mehnat intensivligiga (jadalligiga) va ish vaqtining nominal fondidan foydalanishga ham bog‘liq.
Mehnat jadalligi (intensivligi) – bu, jonli mehnatning jiddiyligi yoki murakkabligi darajasi bo‘lib, ish vaqti birligi ichida inson asab va muskul quvvatining sarflanishi bilan o‘lchanadi. Bunda inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan jadallik ijtimoiy normal jadallik hisoblanadi, sarflangan quvvat ovqatlanishi, dam olish va hissiy engillanish hisobiga to‘liq tiklanadi.
«Unumdorlik» tushunchasi mahsulotning har qanday xarajatlarning turiga yoki barcha turlariga nisbatini aniq ko‘rsatkichlarda ifodalash uchun qo‘llaniladi. Statistik ma’noda unumdorlik deyilganda, ishlab chiqarish natijalarining foydalanish omillari sarflariga nisbati tushuniladi, u boshqacha qilib aytganda, xarajat birligi to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidir. Shunga ko‘ra ishlab chiqarish natijasini uning barcha o‘lchash mumkin bo‘lgan omillari majmuiga nisbatan yoki alohida guruh omillarga nisbatan hisoblash mumkin.

Mehnat unumdorligini o‘lchash darajasi bo‘yicha bir xildagi mahsulotni ishlab chiqaradigan alohida ish o‘rinlari (brigada, uchastkalar)ni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bu o‘rinda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini va ishlab chiqarish normalarini (dona, tonna, kub yoki kvadrat metr va hokazo) aniqlashning natural (tabiiy) usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu usul oddiy, qulay va ishonchli bo‘lsada, u faqat bir xil mahsulot ishlab chiqariladigan ish joylarida qo‘llaniladi, shuning uchun ham amalda undan kamroq foydalaniladi.