Mavzu: №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari


Mavzu: № 23 Emotsoinal holatlar



Yüklə 360,12 Kb.
səhifə27/54
tarix07.01.2024
ölçüsü360,12 Kb.
#207907
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
Mavzu №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari-fayllar.org

Mavzu: № 23 Emotsoinal holatlar.
Reja:
1. Holat psixik xodisa sifatida va uning xarakteristikasi.
2.Psixik xolat turlari.Stress tuhsunchasi va psixik zo’riqish va uni boshqarish.
3. Frustratsiya va bezovtalik emotsional holat sifatida.
Impressiv tomoni- psihologiyada hissiyotning darak beruvchilik vazifasiga aytiladi. Impressiv so'zi lotincha taassurot degan ma'noni anglatadi.

Dinamik stereotip deganda tashqi qaytarilish natijasida hosil qilingan shartli reflekslar, nerv bog`lanishlarining barqaror tizimi tushuniladi.


Hissiyot va tuyg‘ular o‘rtasida umumiylik ko‘p, lekin farqlar ham mavjuddir. Xuddi shunday, hissiyotlar – bu kengroq tushuncha, hislar emotsional kechinmalarning ifodalanishlaridan biri. Hissiyotlar – birlamchi, hislar esa – paydo bo‘lishi, kelib chiqishi jihatidan ikkilamchi. Hissiyotlar yo‘nalishli reaksiya xususiyatiga ega bo‘lgani uchun, ular ko‘pincha, noaniq va etarlicha anglanmagan bo‘ladilar, sezgilar esa, ko‘p hollarda aniq va jism bilan bog‘liq bo‘ladilar. Hissiyotlar biologik jarayonlar bilan, sezgilar esa – ijtimoiy soha bilan bog‘liq bo‘ladilar. Bundan tashqari, anglanmaydigan soha bilan bog‘langan, sezgilar esa ongimizda maksimal darajada namoyon bo‘lgandirlar. Inson sezgilari doimo tashqi ifodalarga ega bo‘ladilar, hissiyotlar esa ega bo‘lmaydilar. Va nihoyat, hissiyotlar ko‘proq vaziyatga bog‘liq va qisqa muddatli bo‘ladilar, sezgilar esa davomliroq va yorqin ifodalangan predmetli xarakterga ega. Ular odamning ma’lum ob’ektlarga nisbatan barqaror munosabatini aks ettiradilar. Sezgilar insonning madaniy-tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo‘lganlar va rivoj topganlar.
Motsiyalarning tashqi ifodasi turli ko'rinishlarda ro'y beradiki, unda asosiy o'rinni ko'rgazmali jihatlar asosiy o'rin egallaydi va ular quyidagilar:
Birinchidan, emociyalar nafas olish a'zolarining ishlarida o'zgarish yasaydi.
Ikkinchidan, emociya imo – ishoralarda, mimikada, ya'ni kishining yuzida bo'ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma'nodor harakatlarida ko'rinadi.
Uchinchidan, gumoral harakatlardagi, ya'ni organizmning qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o'zgarishlarni va shuning bilan birga modda almashishida bo'ladigan yanada chuqur o'zgarishlarni o'z tarkibiga oladi. Psixik holat turlari.Stress tuhsunchasi va psixik zo’riqish va uni boshqarish. Stress – inson organizmini haddan tashqari zo'riqish natijasida paydo bo'ladigan tanglik jarayonidir.
Stress ko'rinishi ikki turga ajratiladi:
  • Konstruktiv – biz turidagi (ko'pchilik orasida);


  • Destruktiv – men turidagi (yakka shahs o'zi bilan) kechadigan jarayon


  • Stressni fiziologik va psihologik turlari mavjud:



Fiziologik stress – bu o'ta jismoniy zo'riqish, biror og`riq, qo'rquv, kasalliklar natijasida vujudga keladi. Fiziologik stress organizm o'ta zo'riqishi, temperaturaning baland yoki past bo'lishi, nafas olishning qiyinlashishi bilan bog`liq bo'ladi.

Stress ko’rinishiga qarab ikkiga turga ajraladi :


  • Destruktiv – men turdagi(yakka shaxs o’zi bilaan kechadigan jarayon).


  • Konstruktiv-biz turdagi (ko’pchilik orasida);


  • Frustratsiya va bezovtalik emotsional holat sifatida.



Frustratsiya – tushkunlik, ma’lum maqsadga erishishda umidlarning parchalanishi bilan kechadigan inson muvaffaqiyatsizligining emotsional og’ir kechinmasi. Frustratsiya ko’p hollarda frustratorga qarshi qaratilgan tajovuzkorlik hulq-atvor bilan bog’liq. Frustratsiya sabablari bartaraf etilmaganida, psixikaning davomli izdan chiqishi bilan bog’liq bo’lgan chuqur depressiv holat yuzaga kelishi mumkin (xotira, mantiqiy tafakkurga bo’lgan layoqatlarning susayishi). Frustratsiya holati inson biror chiqib ketish yo’llarini izlaydi, shirin xayol olamida beriladi, ba’zida esa tubanlashadi, ya’ni, psixik rivojlanishning dastlabki bosqichlariga qaytadi.

Emotsional xossalar individning psixik ko’rinishini belgilaydilar, shaxs emotsional tipini tashkil etadilar. Odamlar emotsional, o’ta ta’sirchan, ehtirosli va frigid mijozlilarga bo’linadilar. Birinchisi oson qo’zg’aluvchan, emotsional ta’sirchan, impulьsiv; ikkinchisi – o’z sezgilarini mushohada qilish, ulardan zavqlanishga moyil; uchinchisi – emotsional intiluvchan, o’ta faol, maqsadga erishishda sabotli; to’rtinchisi – aql bilan ish ko’radilar, qayg’urish hissi ularga yot.


Biror ob’ektga nisbatan ishlab chiqilgan sezgilar ma’lum darajada bir jinsli ob’ektlar sinfiga ko’chirib o’tkaziladi. SHunday qilib, sezgilar qonuniyatlaridan biri ularning umumlashtirilganligi va ko’chirib o’tkazish imkoniyati hisoblanadi. Boshqa qonuniyat – sezgilarning davomli seskantiruvchilar ta’sirida sustlashishi. Xuddi shunday sevimli qo’shiq hadeb tinglansa, yoqmay qolishi mumkin; juda ko’p marta takrorlanadigan hazil kulgili bo’lmay qoladi.


Yüklə 360,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin