Mavzu: 3-4-sinflarda masal o’tish darsining ishlanmasini tuzish



Yüklə 176,81 Kb.
səhifə3/6
tarix24.08.2023
ölçüsü176,81 Kb.
#140366
1   2   3   4   5   6
11-amaliy mashg\'ulot oto\'m

Mashhur masalnavis Gulhaniyning “Toshbaqa bilan Chayon”, “Maymun bilan Najjor” masallari boshlang’ich sinf o’quvchilarining yoshiga mos keladi. Ularda do’stlik, rostgo’ylik, qo’lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g’oyalar ilgari suriladi.

  • Mashhur masalnavis Gulhaniyning “Toshbaqa bilan Chayon”, “Maymun bilan Najjor” masallari boshlang’ich sinf o’quvchilarining yoshiga mos keladi. Ularda do’stlik, rostgo’ylik, qo’lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g’oyalar ilgari suriladi.
  •  
  • Ma’lumki, tarbiya ko’proq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg’usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo’ladi va bu orqali o’kuvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g’urur, matonat, mehr-oqibat, do’stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo’ladi.
  • 3-sinf “O’qish kitobi”dan o’rin olgan “Qaysar buzoqcha” (O. Qo’chqorbekov) masali oilasi, o’rtoqlari, do’stlaridan ajralib, yomon yo’llarga kirib qolgan, oqibatda ko’ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada, ya’ni ota-bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan “Bo’linganni bo’ri yer” hikmatida o’z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. SHoir esa bundan juda ustalik bilan foydalangan.
  •  

“CHumoli va Tipratikan” masali esa nasriy turga mansub bo’lib, unda CHumoli timsoli orqali bolalar halollikka o’rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki kichik bo’lishidan qat’iy nazar, so’rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga da’vat etiladi. Masalni o’qishda bolalar Tipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o’zining hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o’rganadilar.

  • “CHumoli va Tipratikan” masali esa nasriy turga mansub bo’lib, unda CHumoli timsoli orqali bolalar halollikka o’rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki kichik bo’lishidan qat’iy nazar, so’rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga da’vat etiladi. Masalni o’qishda bolalar Tipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o’zining hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o’rganadilar.
  •  
  • Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo’ndaligi, soddaligi, o’tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta’sir qiladi. Bular o’quvchilar nutqini o’stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti-harakatlari, fe’l-atvorlari, nutqiy o’ziga xosliklari o’quvchining diqqatini o’ziga jalb qiladi.

Yüklə 176,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin