2.1. Sifat –so`z turkumi va uning tavsifi.
So’z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so’zlarning leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko’ra turli gruppalarga ajratilishi — so’z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi. So’zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga: 1) leksik ma`nosi (nimani ifodalashi, ya`ni shaxs, narsa harakat yoki holat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma`nolari), 2) morfologik ( so’zning turli formalar sistemasi) va 3) sintaktik (turli morfologik formalarning snntaktik funktsiya bajarishi) belgilariga asoslaniladi. Demak, so’z turkumlari ustida ishlash o’quvchilarning muayyan guruhdagi so’zlarning umumlashtirilgan ma`nolarini, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi zarur. Boshlang’ich sinf o’quvchilari so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe`l) bilan umumiy tanishtirilgandan so’ng har bir leksik-grammatik gruppa alohida o’rganiladi. Bu so’z turkumlarini o’rganishning boshlang’ich bosqichidayok ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va bu bilan shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ot, sifat, son, fe`lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar: 1) so’z nimani bildirishi (shaxs, narsa belgisi, shaxs, narsa sanog’i va tartibi, shaxs, narsa harakati yoki holati), 2) qanday so’roqlarga javob bo’lishi, 3) o’zgarish- o’zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mavjudligi, 4) gapda, asosan, qanday bo’lak vazifasida kelishi. O’quvchilar mana shu o’rgangan belgilari asosida so’z turkumlarini taqqoslaydilar.1 Predmetning doimiy, o‘zgarmas belgisini ifodalaydigan so‘zlar sifat deyiladi. Sifat mustaqil so‘z turkumi sifatida uch xil belgiga ega: 1. Leksik-semantik belgi. Sifat belgi ma’nosini bildiradi. 2. Morfologik belgisi: Sifat qanday?, qanaqa?, qaysi? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Sifat ifodalaydigan belgi tushunchasi keng bo‘lib, ma’nosiga ko‘ra bir necha guruhga ajratiladi: a) rang-tus ma’nosini bildiradigan sifatlar: oq, qizil, sariq, havo rang, kul rang, yashil, zangori; b) hajmi ma’nosini bildiradi: keng, tor, baland, past, uzun, chuqur, yirik, mayda; v) shakl va ko‘rinish ma’nosini bildiradi: dumaloq, yassi, egri, qiyshiq, do‘ng; g) maza-ta’m ma’nosini bildiradi: shirin, achchiq, nordon, sho‘r, taxir, chuchmal, bemaza; d) xarakter-xususiyat ma’nosini bildiradi: muloyim, odobli, shirinso‘z, chaqqon, sho‘x, yalqov, dangasa, chechan, qo‘rs, qaysar. Xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlar ijobiy yoki salbiy xususiyatlarni
8
ifodalaydi; e) hid ma’nosini bildiradi: sassiq, qo‘lansa, badbo‘y, xushbo‘y, muattar; j) holat ma’nosini bildiradi. Holat bildiruvchi sifatlar ikki xil bo‘ladi: 1) psixik holatni ifodalaydi: xursand, xafa, shod, kasal, injiq; 2) tabiiy holatni ifodalaydi: yosh, qari, keksa. Sifat belgini bevosita yoki bavosita ifodalaydi.Predmetning doimiy belgisini bildiradigan belgini bevosita ifodalaydigan sifatlar asliy sifat deyiladi.Sifatning yuqoridagi ma’no turlari sifatni bevosita ifodalaydi.Asliy sifatlar belgini darajalab ko‘rsata oladi: katta, kattaroq, eng katta kabi. Juft sifatlar asosan asliy sifatlardan tarkib topadi: yosh-qari, yaxshi-yomon kabi.
Belgini bavosita, ya’ni biror narsa va hodisaga nisbat berish, o‘xshatish orqali ifodalaydigan sifatlar nisbiy sifat deyiladi. Nisbiy sifatlar boshqa so‘z turkumlaridan yasaladi va xoslik, o‘xshashlik, o‘rin yoki paytga munosabat, mo‘ljal ma’nolarini bildiradi: a) xoslik ma’nosini ifodalaydigan sifat ot turkumidagi so‘zga –iy, -viy qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi: zamonaviy, oilaviy, ma’naviy, siyosiy; b) o‘xshashlik ma’nosini ifodalaydigan sifatlar ot turkumidagi so‘zga – simon, -sifat affikslarini qo‘shish bilan yasaladi: odamsimon, hayvonsifat, devsifat; v) o‘rin va payt ma’nolarini ifodalaydigan sifatlar ot turkumidagi so‘zlarga – gi, -qi, -ki, -dagi affikslarini qo‘shish bilan yasaladi: qishki, yozgi, bahorgi, bulturgi, tushki, kechki; g) mo‘ljallanganlik, xoslik, o‘lchov ma’nolarini ifodalovchi sifatlar ot turkumidagi so‘zlarga –lik affiksini qo‘shish bilan yasaladi: ko‘rpalik, ko‘rpachalik, toshkentlik, ko‘ylaklik. Sifat ba’zan ravish o‘rnida qo‘llanib, harakatning belgisini bildirishi mumkin: ma’noli gapirmoq, chiroyli yozmoq, yaxshi o‘qimoq kabi. Sifatning belgisini darajalab ko‘rsatishi (qizil, qizilroq, eng qizil, qip-qizil), yasalish sistemasiga egaligi otlashishi uning morfologik belgilaridan hisoblanadi. 3. Sifatning sintaktik belgisi. Sifat gapda otga, ba’zan fe’lga bitishuv usuli orqali bog‘lanadi va o‘zi bog‘lanib kelayotgan so‘zga tobelanadi.Sifat otga bog‘lanib kelganda, sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi. Misol: Biz do‘stlarning eng yaxshi do‘sti, dushmanlarning eng kuchli dushmani ekanligimizni ham oqil odamlar tushunsin. (Y.Shukurov). Sifat fe’lga bog‘lanib kelganda vaziyat holi vazifasini bajaradi. Misol: Yulduzlar odatdagidan ko‘ra toza, kattaroq, yorqinroq ko‘rinardi. (P.Qodirov). Predmetlardagi bir xil belgini miqdorga ko‘ra nisbatlab farqlash hodisasi sifat darajasi deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |