3-yurishda (13-v rasm) traktorning ung g’ildiragi 2-yurishda 0,5 a chuqurlikda ochilgan juyak bo’ylab harakatlanadi. Ammo markaziy tortki va kashaklar uzunligi traktorning shu holati uchun sozlanib, hamma korpuslar to’liq a chuqurlikka botiriladi.
4-yurishda (13-g rasm) esa traktorning ung g’ildiragi 1-yurishda koldirgan yarim chuqurlikdagi juyakni bosib yuradi, hamma korpuslar to’liq chuqurlikka botirilgan holatda bo’ladi. Agregatning 4-yurishdan keyin dalada oxirgi korpusdan sung to’liq chuqurlikda ishlov berilagn K va L shudgor juyaklari bo’ylab 5 va 6-yurishlarda traktorning ung g’ildiragi yuradi, plug to’liq a chuqurlikka o’rnatilib, ramasining gorizontalligi sozlanadi.
I paykalni tugatgan osma plugli agregat tirkama plugga uxshab III paykalga utadi (sxemadagi 9-yurish). III paykalni tugatib, agregat II paykalga 17-yurish bilan kirib boradi. II paykalni shudgorlash 23 va 24-yurishlar bilan tugaydi. Lekin bu yurishlar 24-rasmdagidan farkli ularok, 34-rasmdagidek bajariladi. Yuqorida qabul qilingan 8, 9, 23 va 24-yurishlar shartli rakamlar bo’lib, paykal eniga muvofik, ular boshkacha bo’lishi mumkin. 23- yurishda 1-korpus to’liq a chuqurlikda, oxirgi korpus 0,5 a chuqurlikda o’rnatilib, plug ung tomonga engashtirilgan bo’ladi. 24-yurish (eng sunggisi) uchun Vpl-v kenglikda yer koldirishni mujallash kerak. Eng sunggi 24-yurishda oxirgi korpus 23-yurishdagi 0,5 a ga haydalgan joyni chuqurlatadi. Natijada hosil bo’lgan shudgor juyagi ensiz va sayoz bo’lishiga erishiladi.
13-rasm. Osma plugni sozlash.
a, b, v, g – agregatni 1, 2, 3, 4 chi yurishidan keyingi shudgor ko’rinishi.
Maxsus pluglar. Plantatsiyabop, bogbop, urinbop, changalzor-botkokbop, yerni yaruslab shudgorlaydigan, dalani tekis shudgorlaydigan pluglar maxsus pluglar turiga kiradilar.
Plantatsiyabop pluglar yangi tokzor va bog’larni barpo qilishda ko’chat ekishga mo’ljallangan yerlarni o’ta chuqur (40...80 sm) haydash uchun ishlatiladi. Sertosh va tuprog’i zich bo’lgan qir-adirlarda ishlatilishi tufayli, plugning korpusiga katta kuchlar ta`sir etadi, qum ta`sirida korpus qismlari tezroq yeyiladi. Shu sababli plug ramasi baquvvat, korpusi esa abraziv yeyilishga bardosh beradigan qilib yasaladi. Plantatsiyabop plug ko’pincha tirkalma bo’lib, unga chimqirqar, chopqisimon pichoq hamda baland tirak taxta o’rnatiladi.
Bog’bop plug daraxtlar qator oralig’iga ishlov berish uchun ishlatiladi. Daraxt past qismidagi shox-shabbalarni sindirmaslik uchun traktorni iloji boricha daraxtdan uzoqroq joyda yuritadi. Daraxtga yaqin joylarni yumshatish maqsadida, bog’bop plug maxsus sektorli tirkagich bilan jihozlanadi. Bunday tirkagich yordamida plugni traktorga nisbatan yon tomonga 2,5 metrgacha surib qo’yib, daraxtga yaqin bo’lgan joylarga ham ishlov beriladi.
Changalzor-botqoqbop plug o’zlashtirilayotgan to’qaylarni birlamchi shudgorlash uchun ishlatiladi.
Yaruslab shudgorlaydigan plug unumdorligi kam bo’lgan yerlarning holatini yaxshilash uchun ishlatiladi. Yaruslab shudgorlashda yerdan ajratilib olinadigan tuproq palaxsasini 2 yoki 3 yarus (qatlam)ga bo’lib, ularning joylarini kerakli tartibda almashtirib ag’dariladi. Natijada tuproq unumdorligi yaxshilanadi. yerni yaruslab chuqur shudgorlash paxtachilikda ham ishlatiladi, sababi ikki yaruslab chuqur (30...40 sm gacha) shudgorlash, begona o’tlarga qarshi kurashish imkonini beradi.
Bu usulda shudgorlash uchun ramaga qamrov kengliklari bir xil bo’lgan (v=35 sm) ustki1 va pastki2 korpuslar bir-biriga nisbatan 450...550 mm masofada ketma-ket o’rnatiladi.
Gorizontal tekislikda ustki korpus pastkiga nisbatan haydalmagan chap tomonga 130 mm ga surilib o’rnatilgan (14-rasm). Ish jarayonida ustki korpus chuqurligi au=10 sm, kengligi v=35 sm bo’lgan A qatlamni A holatgacha to’ntarib yotqizadi. Uning orqasida kelayotgan pastki korpus chuqurligi an=20 sm, kengligi v=35 sm bo’lgan B qatlamni ag’darib, A ning ustiga chiqarib tashlaydi. Ba`zan korpuslar au=an=15 sm qilib ham o’rnatiladi. Yarusli plugdan so’ng qoladigan shudgor devori pog’onasimon ko’rinishda bo’ladi.
Demak, yaruslab shudgorlashdagi A qatlam yuzasidagi begona o’tlarning qoldiqlari to’liq va chuqur kumiladi, keyinchalik ularning ko’karib chiqishi qiyinlashadi. Bu usulning yana bir afzalligi shundaki, o’rib olinmagan g’o’zapoya va boshqalarning chuqur ko’milishini ta`minlaydi.
Korpus ta`sirida tuproq palaxsasi to’liqrok ag’darilishi uchun korpus qamrov kenligi v ning shudgorlash chuqurligiga a ga nisbatan 1,3 dan kam bo’lmasligi (vG’a>1,3) kerak. Ikki yaruslab shudgorlashda vG’au=3,5; vG’an=1,75, ya`ni 1,3 dan ko’p bo’lishi palaxsalarning o’ta sifatli ag’darilishiga asos bo’ladi.
Shudgorlangan tuproq ostidagi “berch tovon”ni buzib, tuproq unumdorligini oshirish maqsadida, pastki yarusdagi korpus orqasiga chuqurlatkich o’rnatish mumkin, bu holda uch yarusli shudgorlash bajariladi (14-rasm). Plug korpusi palaxsani ag’darganda uning A va B qatlamlarining joylari almashib tushadi. Palaxsaning eng pastki V =atlami yumshatilib, o’z joyida qoldiriladi. Bunday usulni kambinatsiyalab shudgorlash ham deyiladi. Shunday qilib, yerni yaruslab haydash tuproqning unumdorligini oshiradi, begona o’tlarni esa kamaytiradi. Natijada paxta hosildorligi 2...3 tsentnergacha oshishi mutaxassislar tomonidan aniqlangan.
Tekis shudgorlaydigan pluglar yerga asosiy ishlov berishda alohida o’rin egalla ydi. Bunday plug uning ung va chap korpuslarini navbatma-navbat ishlatib, shudgorlash jarayonida tuproq palaxsalarini doimo dalaning bir tomoniga qaratib ag’daradi. Natijada oddiy plug bilan ishlov bergandagidek keng shudgor jo’yaklari, baland tuproq uyumlari va ularning tagida chala shudgorlangan joylar paydo bo’lmaydi. Tekis shudgorlashda dalani paykallarga bo’lish, ularni haydashda agregatni belgilangan murakkab tartibda harakatlantirish va ekin ekishdan oldin shudgorlangan yerni tekislash kabi ishlarni bajarishga o’rin qolmaydi, tuproqni tekislash uchun turli agregatlarni dalaga kiritish soni kamayadi. Demak, tuproq zichlanishi keskin kamayadi. Natijada hosildorlik 15% gacha oshadi. Shu sababli tuzilishi murakkabroq bo’lishiga qaramasdan, tekis shudgorlaydigan pluglarning keng tarqalgani ma`qul. Tekis shudgorlash uchun sektsiyali, klavishsimon, balansirli (posangisimon), frontal, to’ntarma pluglar ishlatiladi (15-rasm).
Sektsiyali plug (16-b rasm) aslida ikkita plugdan iboratdir: korpuslari tuproqni o’ng tomonga ag’daradigan plug traktorning orqasiga osilsa, uning oldiga tuproqni chap tomonga ag’daradigan plug o’rnatiladi. Traktorni bir oldi tomonga va bir orqa tomonga harakatlantirib, plugni navbatma-navbat ishlatiladi.
Klavishasimon plug (16-v rasm) chap va o’ng tomonga ag’daradigan (o’ziyurar shassiga o’rnatilgan) ikkita plugdan iboratdir.
Balansirli (posangisimon) plug (16-g rasm) ham o’ng va chap tomonga ag’daradigan korpuslarga ega. Bunday plug maxsus simarqon (tros) ni sudrovchi stantsiya bilan jihozlangan bo’lib , issiqxonalarda ishlatilishi mumkin.
To’ntarma plug (16-a rasm) tekis shudgorlaydigan pluglarning eng keng tarkalgan turidir. Tuproqni chap va ung tomonga ag’daradigan korpuslar uning ramasiga bir-biriga nisbatan 1800 ostida o’rnatilgan bo’ladi. Maxsus mexanizm yordamida plugramasi 1800 ga burilib chap yoki ung korpuslar ishga tushiriladi.
To’ntarma plugning tuzilishi va uni sozlash tartibini respublikamizda keng tarkalgan “Kverneland” LD-100 plugi misolida qurish mumkin, 5 korpusli plug g’ildirakli traktorga uning osish moslamasi yordamida ulanadi (40-rasm). Plug ustuni 2-3 kundalang kergich 21-22 ga bikr o’rnatilgan. Ulash uchburchagining 21-3-22 asosi 21-22 va balandligi 2-3 ning o’lchamlari shunday tanlanganki, plugning oniy aylanish markazlari (vertikal tekis likdagi va gorizontal tekislikdagi ) 2-3 ustunning old tomonida ratsional uzoklikda joylashadi. ning joyi agregat 1,5....2,0 yo’l bosib o’tganda, plug to’liq chuqurlikka botib ulgurishini ta`minlaydi. Plugning gorizontal tekislikdagi ravon harakati o’zgaruvchan qarshilik kuchlari ta`sirida buzilganda, u kiska vaqt ichida ravonlikka qaytishi uchun, ning joyi birinchidan, ulash uchburchagining old tomonidan, ikkinchidan, uning asosidan juda uzoqlashib (4...5 m) ketmasligi kerak.
14 – rasm. Yarusli plug korpuslarini joylashishi.
15-rasm. Uch yarusli ishlov berish berish sxemasi
Ustundagi 5-sharnir atrofida 5-12 brusi 12-13 gidrotsilindr yordamida plug ramasini 1800 ga aylantirib, ya`ni uni to’ntarib, korpuslar joyini almashtiradi. Plugni aylantiruvchi uk traktorning buylama simmetriya tekisligida joylashgan (plug traktorga “simmetrik” ulangan bo’ladi). “Simmetrik” ulangan plug har safar to’ntarilganda ung korpuslar traktorning ung g’ildiragiga, chap korpuslar esa chap g’ildiragiga nisbatan kerakli holatni eg’alla ydi.
Frontal plug korpuslari palaxsani o’z joyiga 1800 ga to’ntarib kuyishi xisobiga tekis shudgorlaydi. Frontal plug (17-a rasm) ramasi 1 ga tuproq palaxsalarini bir-biriga karama-qarshi ag’daradigan asosiy korpus 3 va 4 lar jufti qo’shimcha kichik korpus 2 lar; markaziy 5 va chetki 6 va 9 disksimon pichoqlar
16-rasm. Tekis shudgorlash pluglari
o’rnatilgan bo’ladi. Asosiy va kichik korpuslar ag’dargichi vintsimon sirtga egadir, ular palaxsalarni kamrok maydalab, to’liqrok ag’darilishini ta`minlaydi. Korpuslar bir-biriga teng o’lchamli va karama-qarshi o’rnatilgani tufayli, ular ag’darayotgan tuproqning yon tomoniga bosimi o’zaro muvozanatda bo’ladi, tirak taxtalarga extiyoj yuk. Korpus kamrov kengligi v ning shudgorlash chuqurligi a ga nisbatan oddiy pluglarga nisbatan kattarok kadul qilinadi (vG’ak 2,1...2,3).
Frontal plug quyidagicha ishlaydi. Pichoq 5,6 va 9 lar bir- biriga teng A va V palaxsalarini tilib ajratib beradilar. Asosiy korpus 3 va 4 lar A va V palaxsalarini tubidan (ichki S chetlarini koldirib) kesib, ularni bir-biriga karatib, to’liq ag’darilishi uchun harakatga keltiradi. Asosiy korpuslarning orqasidagi kichik korpuslar palaxsa taxminan 900 ga burilganidan sung, uning ichki S chetlarini kesib olib, palaxsalarning buralishini davom ettiradi, kichik korpus ta`sirida palaxsa 1150 ...1600 ga ag’darilganidan keyin, uz ogirlig ta`sirida 17-b rasmdagidek 1800 ga to’ntarilib, uzining dastlabki joyiga yotkiziladi. Natijada shudgor tekis bo’lib, begona utlar to’liq kumiladi.
Frontal plugni to’ntarma plug kabi traktorga simmetrik o’rnatish talab qilinmaydi. Shu sabali uni oddiy plugga uxshatib, traktorga nisbatan ung tomonga surib o’rnatib, traktor g’ildiraklarini shudgorlanmagan dala yuzasi bo’ylab yuritish mumkin.
17-rasm. Frontal plug ish sxemasi.
a - ishchi qismlsrning joylashishi; b - plaxsa to’ntarilish tartibi; 1 -rama; 2- kichik korpus; 3 va 4 - asosiy korpus; 5, 6 va 9 -disksimon pichoqlar; 7 -g’ildtrak; 8 -osma; A va B to’rtarilayotgan palaxsa.
Plug sertosh yerda ishlayotganida korpuslarni shikastlanishdan saklash maksadida bikr saklagich o’rnatiladi. Har bir korpus uz ustuniga ikkita bolt 11 va 12 yordamida biriktiriladi. 12-bolt yumshok pulatdan yasalgan bo’lib, korpusdagi qarshilik me`yoridan oshsa, u kesilib, korpus 11-bolt atrofida burilib, tusikdan utib ketadi. Kesilgan 12-boltni uziga uxshagan bolt bilan almashtirish lozim.
Korpus qismlari. Lemex (19-rasm) tuproq palaxsasini tagidan kesib, yerdan ajratadi, bir oz ko’tarib, uni ag’dargichga uzatadi. Ish jarayonida zichlangan tuproq lemex sirti bo’ylab katta bosim bilan siljib o’tishi natijasida uning tig’i tez yeyilib, o’tmas va ensiz bo’lib qoladi. O’tmas lemex plugning sudrashga qarshiligi keskin (30 % gacha) oshib ketishi mumkin. Shu sababli uni qizdirib, orqa tomonidagi bo’rtiq metall zahirasi (magazin) bolg’a bilan urilib, tig’ tomonga siljitiladi, natijada uning holatining dastlabki kengligi tiklanadi. Tiklangan tig’ 250...350 ostida qalinligi 1,0 mm ga kelguncha charxlanadi, lemex magazinidagi metall zahirasi tig’ni 4...5 marotaba cho’zib tiklashga yetadi.
Lemexlari o’tmas bo’lib qolgan plugning nafaqat sudrashga qarshiligi ortadi, balki uning tayinlangan chuqurlikka botishi qiyinlashib, ravon harakatlanishi ta`minlanmaydi.
Lemex yeyilishga bardosh beradigan maxsus po’latdan tayyorlanadi. Undan tashqari, lemexlarni o’z-o’zidan o’tkirlanadigan qilib ham yasash mumkin. Bunday holda lemex tig’ining tagiga yeyilishga chidamli maxsus qotishma (masalan, sormayt) 1,5 mm qalinlikda payvandlanadi (19-b rasm) yoki u ikki qatlamli po’latdan yasaladi. Ish jarayonida bunday lemex tig’ining ustki yumshoqroq qatlami tezroq yeyilib, pastki o’tkir qatlamini ochib berishi natijasida tig’ning o’tkirligi doimo tiklanib turadi. Oddiy lemexga nisbatan qotishma payvandlangan lemex 10...12, ikki qatlamli po’latdan yasalgani esa 20...25 marta uzoqroq xizmat qiladi.
Lemex shakli shudgorlanadigan tuproq turiga moslanib tanlanadi. Tuproq turlari ko’p bo’lganligi sababli, lemex ham har xil shaklga egadir: trapetsiyasimon, iskanasimon, uchburchaksimon, almashtiriladigan tumshuqli va boshqalarga bo’linadi.
19-rasm. Lemexlar
a - trapettsiyasimon; b - iskanasimon; v - o’yiqli; g - uchburchaksimon; d - o’z-o’zidan o’tkirlanadigan; 1 - tumshuq; 2 - magazin; 3- qanot; 4 - tig’; 5 - qotishma qatlam.