Borib-borib zamon o’zgardi, sa’yu harakatlar, ilmga bo’lgan intilishlar susayib, talqinchilikka aylandi, «ijod qilmoq» (degan tushuncha) zararli va aloqasiz manzumalar chordevorida qolib ketdi. Fazl arboblari ham podshoh nomiga biror-bir yolg’on qasida yozib peshkash qilmoqdan boshqa bir hunar topmadilar. Agarda ellik yilda biron-bir qalam sohibi chiqqan bo’lsa ham, u yo «Taz-kirat ush-shuaro» («Shoirlar zikri») yoki devon yozgan bo’lib chiqardiki, asarini o’qigan odam na diniga va na dunyosiga foyda olardi. Mamlakatimizda bunday tushkunlik davr uzoq muddat davom etdi.

Xudoga shukurkim, hazrati podshohi amir Sayyid Muhammad Olimxon III davrida Buxoro mamlakati xalqi ham ro’znomalar orqali olam ahvolidan xabardor bo’lib, shuni bildiki, boshqa mamlakatlarda yilida bir-ikki kitob yozib xalqqa manfaat keltiradigan minglab yozg’uchi olimlar yashar ekanlar. Shul sababdan Buxoro sohibi qalamlari ham harakatga kelib, tirishqoqliklarini ko’rsatib, ikki-uchta foydali kitob yozib nashr qildilar. Banda shularning eng kamtarinlaridan biri bo’laman. Bu navbat ham ushbu axloqiya majmuasini tartib berib, «Rahbari najot» («Najot yo’li») deb nomladim.