Mavzu: Abu Ali Ibn Sino ijodida oila tarbiyasi Reja



Yüklə 64,33 Kb.
səhifə1/3
tarix19.05.2023
ölçüsü64,33 Kb.
#118046
  1   2   3
Mavzu Abu Ali Ibn Sino ijodida oila tarbiyasi Reja


Mavzu:Abu Ali Ibn Sino ijodida oila tarbiyasi
Reja:
1.kirish
2.Asosiy qism.
2,1. Ibn Sino ijodida oila tarbiyasi
2,2. Ibn Sino ijodida oilada bola tarbiyasi
2,3. Buyuk allomalarimiz oilada axloqiy tarbiyaning ahamiyati haqida qarashlari
2,4. Oila xususidagi sharq mutafakkirlarining qarashlari.
3. Xulosa
4. foydalanilgan adabiyotlar
Asоsiy tayanch tushunchalar.
Nikoh, nikoh – oila munosabatlari, evolyutsiya, biologic omil, tabu, endogamiya, ijtimoiy me’yor, guruhli nikoh, juft oilalar.

Kirish
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari muhim o’rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Zero yosh avlod tarbiyasi insoniyatning kelajak taqdirini belgilaydigan, ularni ijobiy mezon bilan qurollantiradigan sifatlar bo’lganligi uchun ham mutafakkirlar bu muammoni hal qilishga harakat qilib kelganlar. Muhamad ibn Muso al Xorazmiy, Abu Nosr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn sino, Muhamad Qoshg’oriy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy, Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari o’rtaga qo’yilgan va ularni hal etish yo’llari ko’rsatib berilgan.
Umuman, oilada bola tarbiyasi masalasi juda qadimdan mutafakkirlarni qiziqtirib kelgan, ular bu masalaga hayotiy faoliyatning muhim bir tomoni sifatida qaraganlar va uni hal etishni o’zlarining vazifasi deb hisoblaganlar.
Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosida ham muhim o’rinni egallaydi. U o’zining qator asarlarida bolani salomatligi, uning tarbiyasi haqida eng muhimi bola – ruhiyatini o’rganish borasida ko’plab qimmatbaho fikrlarni asoslagan. Ularning hammasi bir butun bo’lib, muayyan pedagogik qarashlar tizimini tashkil etadi va u ma’naviy axloqiy barkamol insonni shakllantirish haqidagi g’oyaga borib taqaladi.
Ibn Sinoning “Inshorat”, “Donishnoma”, “Xay ibn yaqzon”, “Salamon va ibsol”, “Tib qonunlari”, “Tadbir ul-manozil” kabi asarlarida tarbiyaning barcha shakllariga oid qarashlari mavjud. Bu qarashlar yuz yillar davomida avlodlar uchun tarbiyalash maktabi bo’lib kelmoqda. Masalan, uning “Tadbir ul-manozil” nomli asarida katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masalasiga bag’ishlangandir.
Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik bo’lib, uni bolaning yoshligidan boshlash va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalib “Alla” ikki vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi, uni tebratish orqali bolaga jismoniy orom bag’ishlanadi; Ikkinchisi, beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo’sh uradi, bolasiga bo’lgan muhabbatidan onaning orzu-umidi yurak to’ridan siqilib chiqaradi. Bu o’ziga qo’shiq bolasiga qasidadek yangraydi va u farzandining murg’ak qalbiga, butun shuuriga singib boradi. Shu tarzda bolada o’zi ham anglamagan holat paydo bo’ladi. U asta-sekin bu yorug’ olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o’rganish boshlanadi. Xuddi shu o’rganish tarbiyalanishdir. Zotan, o’rganish sezishdan boshlanadi. Ibn Sino ana shu holatga e’tiborini qaratib, “Yosh bolaning sezgirlik quvvati katta odamga teng keladi”9, - degan fikrni bildirgan.
Ibn Sino “Tib qonunlari”nomli asarida bolaga tug’ilmasdan turib g’amxo’rlik qilish uchun onaning salomatligi, jismoniy va ruhiy pokligi zarurligini ta’kidlab, shaxs salomatligini saqlashni faoliyatning boshqa tomonlari bilan birga olib borish g’oyasini ilgari suradi.
Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig’i – otaning roliga alohida e’tibor beradi. “Aga oilada, - deydi u, - oila boshlig’i tajribasizlik, no’noqlik qilsa, u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda undan yomon natijalar kelib chig’ishi mumkin”. Bola tarbiyasi yaxshi yo’lga qo’yilsa, oila baxtli bo’ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Ota-ona kim bo’lishidan qat’iy nazar bu vazifani mas’uliyat bilan ado etishi lozim.
Ibn Sino bola tarbiyasida otaning burchi haqida to’xtalib o’tadi. Eng avvalo, ota farzandi tug’ilgach unga yaxshi ism qo’yishi va tarbiyalashga kirishmog’i lozim. Ayniqsa, bola tarbiyasida ota-onaning yaxshi fazilati, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar esa yuksak axloqiylik asosida bo’lishini ta’kidlaydi.
“Tadbir ul-manozil” asarida yer va xotinning yaxshi sifatlari sanab o’tiladi. Ularning shaxsiy namunalari bola uchun o’rnak bo’lib, uning kelajak taqdirini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida uqtiriladi.
Ibn Sinoning yaxshilik va yomonlik tushunchalariga bo’lgan munosabati Farobiy va Beruniylar fikriga hamohang bo’lib, u ham irsiyat, muhit va tarbiyaning ta’siri bola tarbiyasi uchun birdek muhim deb hisoblaydi. U yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, muhit odatlani natijasida vujudga kelishini qayd qilib o’tadi.
Ibn Sino oilada bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda mehnasevarlikning roliga alohida urg’u berib, ota-onalarni farzandlarga nisbatan kasb-hunar o’rgatishga chaqiradi. Mehnatni ulug’laydi. Mehnasiz hayot kechirishning bolaga bo’lgan salbiy ta’sirini ko’rsatib beradi. Ayiqsa, Ibn Sino aqliy, axloqiy, yestetik va jismoniy tarbiyaning birligi va ularni amalga oshirish yo’llari haqidagi fikrlari bugungi kunda ham ijtimoiy va amaliy ahamiyat kasb yetmoqda hamda milliy –ma’naviy qadriyat sifatida e’tiborga loyiqdir.
Xulosa
O’zbekiston Respublikasining kelajakda buyuk davlat bo’lishi va uni ta’minlash yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy, madaniy-ma’rifiy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalash ishi birinchi novbatda oilada boshlanadi.
Ota-ona farzandlariga go’zal xomiy va nasihatgo’y bo’lishlari lozim. Bunday go’zal momila farzand bilan ota-ona orasidagi mehr muhabbatni yanada kuchaytiradi.
Farzandlarning go’zla odobli-ahloqli, tarbiyali bo’lishlari uchun, avvalo, ota-onalarning o’zlari g’o’zal hislatga ega, o’rnak bo’lishlari shart. Bu uy ahli ya’ni ota-ona, o’g’il va qizlarning birgalikdagi totuvlik bilan yashashlarida muhim omildir.
Buyuk allomalarimiz oilada axloqiy tarbiyaning ahamiyati haqida qarashlari“Kishilarning ongidagi, ularning ma’naviyatida yuz beradigan o’zgarishlar birdaniga sodir bo’lmaydi. Xalqning ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o’ziga xosligi – qayta tiklanayotganligi, - deb yozadi I.A.Karimov, - jamiyatimizni yangilash va taraqqiy yettirish yo’lidan muvaffaqiyatli ravishda olg’a siljitishda – hal qiluvchi ta’bir joiz bo’lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir”3. Bu vazifaga erishish esa xalqning ijodiy yaratuvchanlik mehnatiga oilaviy tarbiyaga alohida e’tibor berish zarur. Oilaviy tarbiya asosida esa bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammosi yotadi.
Oilada axloqiy tarbiyaning rolini ko’rsatish, unda ota-bobolarimizdan mepros bo’lib qolgan axloqiy fazilatlarni egallashning naqadar ahamiyatli ekanligini ilmiy nazariy jihatdan tahlil etish juda muhimdir.
“Xalqning axloqiy mezonlari uning yillar davomida yerishgan ulkan ma’naviyati bilan uzviy bog’langan. Ana shuning uchun axloqiy tasavvurlarimiz, axloqiy qadriyatlarimiz millat uchun, uning obro’yi va istiqboli uchun xizmat qilsagina, o’z o’timishini, ma’naviy merosini, qadriyatlarini unutmaydi”4.
“Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalarini o’zida mujassam etgan bu nodir qo’lyozmalarni jiddiy o’rganish davri keldi”5, - deb o’rinli ta’kidlagan edi prezidentimiz I.A.Karimov.
Haqiqatdan o’zbekona milliy axloqda ota-bobolarimizning nodir qo’lyozmalari tarixiy-tajribalari davrlar sinovidan o’tgan saboqlari va bizga doimo madad bo’lib turgan ruhiy quvvatlari jamuljamdir. Ularning sharofatlari tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz asrlar osha avlodlardan-avlodlarga o’tib kelmoqda. Chunki bir tomchi bo’lsa ham ularning qoni tomirimizda oqayotir. Ana shu qonni jo’sh urdirmoq bilan yuraklarimiz uyg’oq, dilimiz ravshan, tafakkurimiz munavvar. Ana shunday kayfiyat bizning dilimizda ko’p yillardan beri yashirinib kelinar edi. Endilikda milliy istiqlol tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz qaytadan tiklandi. Ulardan bolalarni ma’naviy jihatdan tarbiyalashda foydalanish oilaviy tarbiyamiz uchun obektiv zarurtga aylandi.
Sharq xalqlarining bir necha ming yillar mobaynida yaratgan bebaho odob-axloq qoidalari, qadriyatlari mavjud. Ularni qaytadan tiklash va hayotga tadbiq etish muhim masalalardan biridir.
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari muhim o’rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Zero yosh avlod tarbiyasi insoniyatning kelajak taqdirini belgilaydigan, ularni ijobiy mezon bilan qurollantiradigan sifatlar bo’lganligi uchun ham mutafakkirlar bu muammoni hal qilishga harakat qilib kelganlar. Muhamad ibn Muso al Xorazmiy, Abu Nosr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn sino, Muhamad Qoshg’oriy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy, Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari o’rtaga qo’yilgan va ularni hal etish yo’llari ko’rsatib berilgan.
Shoir mutafakkirlar qomusiy asarlarida va odob axloqqa bag’ishlangan risolalarida o’zlarining pedagogik qarashlarini ifodalaganlar va ular pedagogik hamda falsafiy-didaktik xarakterga egadirlar. Bular jumlasiga Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul Haqoyiq”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Shayx Sa’diyning “Bo’ston va guliston”, Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Hayrat-ul abror” va “Mahbub-ul qulub”, Nizomul-mulkning “Siyosatnoma” kabi pandnoma, nasihatnoma tarzda yozilgan asarlari kiradi.
Shuningdek, o’tmishda diniy-tasavvufiy asarlar ham yozildiki, ularda bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari ilgari surilgan bo’lib, ular ma’naviyatimiz tarixida munosib o’rin egallaganlar. Imomo al-Buxoriy, Imom al-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Az-Zamaxshariy, Sulaymon Boqirg’oniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro va boshqalar shular jumlasidandir.
“Bizga tarixdan ma’lumki, qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o’z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim”,6 - degan g’oyani ilgari surgan edilar. Bu g’oya fransuz xayoliy sosialistlari Sen-Simon, Sharl Fure va David Rikardolarning asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular o’z fikrlarini farzand tarbiyasi jamiyat manfaatlari bilan bog’liq deb isbotlamoqchi bo’lganlar. Shunga ko’ra, bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug’ullanishi kerak, degan g’oyani ilgari surganlar. Ammo Sharq mutaffakkirlari, bola tarbiyasi bilan ota-ona shug’ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor beradilar.
Umuman, oilada bola tarbiyasi masalasi juda qadimdan mutafakkirlarni qiziqtirib kelgan, ular bu masalaga hayotiy faoliyatning muhim bir tomoni sifatida qaraganlar va uni hal etishni o’zlarining vazifasi deb hisoblaganlar.
Eramizdan avvalgi 528-529 yillar orasida buyuk mutafakkir Zardusht tomonidan yaratilgan “Avesto” kitobida ham ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarni ko’rish mumkin.
“Avesto”da ta’kidlanishicha, tarbiya hayotning eng muhim tayanchi bo’lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o’qishni va so’ngra esa yozishni o’rganish bilan eng yuksak pag’onaga ko’tarilsin. Shu boisdan, har bir bolani yosh paytidanoq mehnat qilib, mehnatning tagi rohat ekanligini anglatish uchun daraxt ko’chati o’tqazishga, uy-ro’zg’or qurollari yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug’ullanishga o’rgatilishi shart.
Bizga tarixda ma’lumki zardushtiylik dinidan so’ng islom dini hukmronligi boshlanadi. Islom dinining tarqalishi kengayib borganligi sari uning qonun-qoidalari, g’oyaviy fikr-mulohazalarni kelib chiqishi tabiiy edi. Shu sababdan, payg’ambarimiz Muhammad Allayhissalomning hayotlik chog’larida aytgan so’zlari, qilgan ishlari, yo’l-yo’riqlari, pand-nasihatlari uning hadislari va sunnatlari hisoblanib, islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi manba hisoblanadi.
1) Sharq uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Farobiy o’zining ko’p qirrali ijodi bilan inson bilimlari rivoji asarlarida oqilona davlat tizimi, insoniyat jamiyati haqidagi nodir va dono fikrlarga duch kelamiz. Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri”, “Baxt saodatga yerishuv haqida”, “Aql ma’noli haqida risola” kabi asarlarning muallifidir. Uning uqtirishicha, insonning barcha qobiliyat va fazilatlari ikki tomonga ega. Birinchisi – tug’ma, irsiy, tabiiy xislatlar bo’lsa, ikkinchisi, tajriba, amaliyot, sharoit ta’sirida tarkib topadigan xislatlardir. Shuningdek, bola tarbiyasida bir-biri bilan bog’liq bo’lgan xislatlarni hisobga olish lozimligini ta’kidlaydi. Mutafakkirning bu qarashlari hozirgi zamon pedagogikasining muhim tamoyillaridan biri bo’lgan ijtimoiy va biologik tomonlarning o’zaro munosabatining birligi degan qoidaga juda mos keladi.
Farobiy o’zining odob-axloq haqidagi ta’bir joiz bo’lsa, axloqiy tarbiya haqidagi qarashlarini muayyan bir tizimga tushiradi. Uning so’ziga qaraganda, nimaiki baxtni qo’lga kiritishga xizmat qilsa – yaxshilikdir, nimaiki baxtga erishishga xalaqit bersa, mutlaq yomonlikdir. Bu fikr uning axloqiy qarashlarida asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi. Shunga ko’ra, u o’z fikrini yanada chuqurlashtirib, ko’zda tutilgan maqsadni qo’lga kiritishga yordam beruvchi qobiliyat va xatti-harakat – yaxshilik, uning aksi bo’lsa yomonlikdir, degan g’oyani ilgari suradiki, bola tarbiyasi bir maqsadga qaratilgan holda olib borilmog’i va u aqliy va axloqiy tarbiya birligidan iborat bo’lmog’i lozim degan xulosa kelib chiqadi.
2) Oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos Al-Xorazmiy qarashlarida ham mavjud. Uning aytishicha “ota-onalar ikki xil: tug’ilish otasi va ta’lim berish – otasi: birinchisi, jismoniy hayot sababli, ikkinchisi, ruhiy xayot sababli”. Shunga ko’ra ularni uzviy birlikda olib qarash tarbiya ishida muhimdir. Uning quyidagi so’zi ancha ibratlidir:
“Zamondan yaxshiroq ta’lim beruvchi muallimni, insondan yaxshiroq ta’lim oladigan o’quvchini ko’rmadim”7. Uning bu so’zlaridan bir tomondan ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal qiluvchi ta’sirni anglasak, ikkinchi tomondan inson shaxsi ta’lim natijasida kamolotga yerishib borishi mumkinligini anglaymiz.
3) Abu Rayhon Beruniy “O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “E’tiqodlar va dinlar haqida” kabi ko’pgina asarlarida bolalarni axloqiy tarbiyasiga oid qimmatli fikrlarni yozadi. Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini, umuman axloqiy tushunchalarni insonning tabiati bilan bog’laydi. Inson tabiati ota-ona. Avvalo oilada shakllanadi. Shunga ko’ra, bola tarbiyasida ota-ona ta’siri va namunaga benihoya kattadir. Masalan, u ayollarga nasihat qilib, Abdulla ibn Ja’far tilidan shunday deb yozadi. “Rashkdan saqlangin. U taloqning kalitidir. Yeringga tez-tez tanbeh qilishni senga ta’qiqlayman. Chunki, tanbeh nafrat uyg’otadi. O’zingni bezab yurgin. Buning uchun yaxshi vosita surmadir. Yana xushbo’y atirlardan foydalangin. Ularnig ichida eng yaxshisi suvdir”8. Uning bu fikrlari bevosita oilada farzand tarbiyasiga ta’lluqlidir.
Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o’rtaga tashlaydi. Oilada tozalik, pokizalik va tartib mavjud emas ekan, u yerda ma’naviy poklik ham bo’lmaydi. Bu fikrini tanni toza tutish bilangina cheklab bo’lmaydi, balki ko’p harakat qilishga chaqiradi. Bu harakat mehnat qilish demakdir. Uning qalb va harakat haqidagi fikri insonning tani bilan ruhi pokligini bir butunligi to’g’risidagi g’oya bilan bog’liqdir. Bu narsa bola tarbiyasida jismoniy sog’lomlik bilan ma’naviy kamolot o’rtasidagi o’zaro muvofiqlik, mutanosiblik haqidagi bugungi kun talabi bilan hamohangdir. Beruniy aytishicha, odam-odamni talamaydigan va xo’rlamaydigan yomonchilik bo’lmaydigan davrlarda odamlar tinch-totuv yashaganlar, ular o’rtasida o’zaro oqibat bo’lgan, birgalashib savob ish qilganlar. Binobarin, bunday ma’naviy muhit bolalarning tarbiyasiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Oliyjanoblik odamgarchilik jamiyatda qaror topsa, bu fazilatlar kishilar hayotiy faoliyatiga kirib borishi oson bo’ladi, degan fikrni olg’a surgan.
Beruniyning yozishicha, kishilar hayotlarida turli holatda bo’ladilar va turlicha harakat qiladilar. Ularning ayrimlari bilan maqtaladilar, boshqalari bilan qoralanadilar. Bularning hammasi bolalar ko’z o’ngida yuz beradi. Buni to’la his etgan ota-ona ehtiyot bo’lmoqlari zarur. Ota-onalar bilan birga harakat qilishlari, turli o’yinlar uyushtirishlari, ular bilan birga o’zaro suhbatlar o’tkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. Bu bilan Beruniy bolalarni tarbiyalashning muayyan uslubiyotini ham asoslab bergan.
Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo’tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g’azablanishdan, qo’rqish va xafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali yerishilishini aytib, ularni hohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-onaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi. Yaxshi xulqlarni paydo bo’lishi bola ruhiyatiga ta’sir qilibgina qolmasdan, uning fiziologik o’sishiga ham yordam beradi. Yomon xulq esa turli mijoz buzilishlariga ham olib keladi. Aksincha bola organizmidagi o’zgarishlar uning ruhiyatidagi, xatti-harakatidagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Mutafakkir bola xulq-atvorining mo’tadilligi natijasida tan va ruh sog’lomligi kelib chiqishini ham ilmiy asoslab beradi.
Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo’tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g’azablanishidan, qo’rqishdan va xafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ularni xohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-oaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi. Yaxshi xulqlarni paydo bo’lishi, bola ruhiyatiga ta’sir qilibgina qolmasdan, uning fiziologik o’sishiga ham yordam beradi. Yomon xulq esa turli mijoz buzilishlariga ham olib keladi. Aksincha, bola organizmidagi o’zgarishlar uning ruhiyatidagi, xatti-harakatidagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Mutafakkir bola xulq-atvorining mo’tadilligi natijasida tan va ruh sog’lomligi kelib chiqishini ham ilmiy asoslab beradi.
Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosida ham muhim o’rinni egallaydi. U o’zining qator asarlarida bolani salomatligi, uning tarbiyasi haqida eng muhimi bola – ruhiyatini o’rganish borasida ko’plab qimmatbaho fikrlarni asoslagan. Ularning hammasi bir butun bo’lib, muayyan pedagogik qarashlar tizimini tashkil etadi va u ma’naviy axloqiy barkamol insonni shakllantirish haqidagi g’oyaga borib taqaladi.
Ibn Sinoning “Inshorat”, “Donishnoma”, “Xay ibn yaqzon”, “Salamon va ibsol”, “Tib qonunlari”, “Tadbir ul-manozil” kabi asarlarida tarbiyaning barcha shakllariga oid qarashlari mavjud. Bu qarashlar yuz yillar davomida avlodlar uchun tarbiyalash maktabi bo’lib kelmoqda. Masalan, uning “Tadbir ul-manozil” nomli asarida katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masalasiga bag’ishlangandir.
Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik bo’lib, uni bolaning yoshligidan boshlash va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalib “Alla” ikki vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi, uni tebratish orqali bolaga jismoniy orom bag’ishlanadi; Ikkinchisi, beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo’sh uradi, bolasiga bo’lgan muhabbatidan onaning orzu-umidi yurak to’ridan siqilib chiqaradi. Bu o’ziga qo’shiq bolasiga qasidadek yangraydi va u farzandining murg’ak qalbiga, butun shuuriga singib boradi. Shu tarzda bolada o’zi ham anglamagan holat paydo bo’ladi. U asta-sekin bu yorug’ olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o’rganish boshlanadi. Xuddi shu o’rganish tarbiyalanishdir. Zotan, o’rganish sezishdan boshlanadi. Ibn Sino ana shu holatga e’tiborini qaratib, “Yosh bolaning sezgirlik quvvati katta odamga teng keladi”9, - degan fikrni bildirgan.
Ibn Sino “Tib qonunlari”nomli asarida bolaga tug’ilmasdan turib g’amxo’rlik qilish uchun onaning salomatligi, jismoniy va ruhiy pokligi zarurligini ta’kidlab, shaxs salomatligini saqlashni faoliyatning boshqa tomonlari bilan birga olib borish g’oyasini ilgari suradi.
Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig’i – otaning roliga alohida e’tibor beradi. “Aga oilada, - deydi u, - oila boshlig’i tajribasizlik, no’noqlik qilsa, u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda undan yomon natijalar kelib chig’ishi mumkin”. Bola tarbiyasi yaxshi yo’lga qo’yilsa, oila baxtli bo’ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Ota-ona kim bo’lishidan qat’iy nazar bu vazifani mas’uliyat bilan ado etishi lozim.
Ibn Sino bola tarbiyasida otaning burchi haqida to’xtalib o’tadi. Eng avvalo, ota farzandi tug’ilgach unga yaxshi ism qo’yishi va tarbiyalashga kirishmog’i lozim. Ayniqsa, bola tarbiyasida ota-onaning yaxshi fazilati, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar esa yuksak axloqiylik asosida bo’lishini ta’kidlaydi.
“Tadbir ul-manozil” asarida yer va xotinning yaxshi sifatlari sanab o’tiladi. Ularning shaxsiy namunalari bola uchun o’rnak bo’lib, uning kelajak taqdirini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida uqtiriladi.
Ibn Sinoning yaxshilik va yomonlik tushunchalariga bo’lgan munosabati Farobiy va Beruniylar fikriga hamohang bo’lib, u ham irsiyat, muhit va tarbiyaning ta’siri bola tarbiyasi uchun birdek muhim deb hisoblaydi. U yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, muhit odatlani natijasida vujudga kelishini qayd qilib o’tadi.
Ibn Sino oilada bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda mehnasevarlikning roliga alohida urg’u berib, ota-onalarni farzandlarga nisbatan kasb-hunar o’rgatishga chaqiradi. Mehnatni ulug’laydi. Mehnasiz hayot kechirishning bolaga bo’lgan salbiy ta’sirini ko’rsatib beradi. Ayiqsa, Ibn Sino aqliy, axloqiy, yestetik va jismoniy tarbiyaning birligi va ularni amalga oshirish yo’llari haqidagi fikrlari bugungi kunda ham ijtimoiy va amaliy ahamiyat kasb yetmoqda hamda milliy –ma’naviy qadriyat sifatida e’tiborga loyiqdir.
Oila va oilaviy tarbiya borasida XI asrda yashab, ijod etgan mashhur ulug’ shoiri mutafakkir va donishmandi Yusuf Xos Xojib o’zining “Qutadg’u bilig” (“Qut ato etgan bilim”) nomli asarida keng to’xtalib o’tadi. U o’z davrida va o’zidan oldingi mutafakkirlar o’rtaga surgan barkamol insonni tarbiyalash g’oyasini asosiy maqsad qilib qo’yadi. Insondagi mukammallik esa uning xusni xulqi bilan bog’liq deydi. Husni-xulqining zamirida esa yezgulik yotadi.
Mutafakkir “Qutadg’u bilig” asarida bola tarbiyasi haqida to’xtalib shunda deb yozadi: “Farzand qanchalik bilimli. Aqlli-hushli bo’lsa, ota-onaning yuzi shunchalik yorug’ bo’ladi”. U bola tarbiyasida otaning mas’uliyatiga alohida e’tibor beradi. “Kimning o’g’il qizi yerka bo’lsa, - deb yozadi u, unga shu kishining o’zi mungli bo’lib yig’laydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib qo’ysa bolada gunoh yo’q, barcha jafo otaning o’zida; o’g’il-qizning xulq-atvori yaramas bo’lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo’ladi. Ota bolalarni nazorat qilib, turli hunarlarni o’rgasa, ular ulg’aygan o’g’il-qizim bor deb sevinadi; o’g’il-qizga hunar va bilim o’rgatish kerak, toki bu hunar bilan ularning fe’l-atvorlari go’zal bo’lsin”10-deb ota-onalarga maslahat beradi. Bola asta-sekin hunar o’rganib, hayotdan ta’lim olib bilimdon bo’ladi, chinakam insoniy go’zallika yerishadi. Inson faqat farzandlariga yaxshilik urug’ini sochibgina qolmasdan, bu urug’ni parvarish ham qila bilishi zarur. Bu narsa ular tarbiyasida zohir bo’ladi. Mutafakkir yaxshilik va yezgulik chinakam insonlarning olijanob fazilatidir, degan xulosaga kelar ekan, undan olamda agar yaxshi kishilar bo’lmaganida haqiqiy insoniylik ham bo’lmas edi, degan falsafiy xulosaga keladi.
Yusuf Xos Hojib qarilarni hurmat qilish, ular haqida behuda so’z aytmaslik, ular huzurida odob va kamtarlik bilan so’zlash joizligini uqtirib shunday degan edi:
Uluqqa etishsa kichik hurmati,
Ulug’ ham kichikka hurmat ko’rsatur.
Yusuf Xos Hojib bolalar tarbiyasini juda murakkab jarayon deb tushunadi. U beldan madorni, tandan quvvatni, ko’zdan nurni, dildan oromni talab qiladi. Uning ta’kidlashicha, agar insonning o’zida go’zal fazilatlar bo’lsa, ularni boshqalarga o’rgatish lozim. Lekin odob-axloq, rasm-rusum odat va irodani hosil qilish uchun zo’r kuch va harakat kerak bo’ladi. Bu narsa ta’lim va tarbiya natijasida paydo bo’ladi. Bu olijanob vazifani bajarish esa ota-oaning zimmasidadir. Chunki Yusuf Xos Hojib zamonasida ijtimoiy tarbiya rivojlanmagan, bola, asosan oilada tarbiyalanib, shaxs sifatida shakillanar ekan.
Sharqda keng tarqalgan pandnoma tarzida yozilgan mashhur asarlardan biri Unsurul ma-oliy Kaykovusning “Qobusnoma” sidir. Bu asar yuqorida to’xtalib o’tgan mutafakkirlarimiz asarlari qatorida Sharq pedagogik fikr taraqqiyotida muhim o’rinni egallaydi va qanchadan qancha avlodlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda o’z hissasini qo’shib kelmoqda.
“Qobusnoma” falsafiy-didaktik asar bo’lib, shaxs shakllanishining barcha tamonlarini o’z ichiga oladi. Uning “Farzand parvarish qilish zikrida” degan bobi bevosita oilada bola tarbiyasiga bag’ishlanadi.
Asarda o’z davri uchun qimmatli bo’lgan va bugungi kun uchun ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan g’oyalar o’rtaga tashlanadi. Uning fikricha, bola tug’ilgandan so’ng jonli mavjudot sifatida fiziologik o’sa boshlaydi. Uning o’sishi jarayonida unda yaxshi va yomon xislatlari zohir bo’ladi. Shunga ko’ra, uning o’sishi parvarishga muhtojdir. Ana shu vazifani ota-ona o’z bo’yniga oladi. “Otalik shartini bajo keltirg’ilki ... adab-hunar va donishni farzandingga o’zingdan meros qilg’il, toki uning haqqin bajo kelturmush bo’lg’aysan”11. Ko’rinib turibdiki, Kaykovus yaxshi odob-axloqli, kasb-hunarli va ahli-donish qilib farzandlarni tarbiyalashni ota-onaning burchi deb biladi. Bu fazilatlar ulardan qoladigan meros bo’lish bilan birga, farzandlarni haqqi ham deb ota-onalarning tarbiyachilik mas’uliyatini ko’rsatib beradi.
“Qobusnoma” ota-onalarnng qator vazifalari sanab o’tiladi. Ular quyidagilardan iborat: 1) Bolaga yaxshi ot qo’ymoq; 2) Oqil va mehribon yenagaga topshirish; 3) To’y-tamosha qilib, sunnat to’y o’tkazish; 4) O’qish-yozishni o’rgatib, kasb-hunar va ilmli qilish; 5) Harbiylar ahtdan bo’lsa, sipohiylikni o’rgatish.
E’tiborli joyi ana shundaki, Kaykovus bolaga hunar o’rgatganda, uning uchun boshqalar qilishi mumkin bo’lmaydigan hunarlar o’rgatishi lozim deydi. Ana shunday hunarlar yordamida u mushkul vaziyatlardan chiqa olsin. Shunda bola ham otadan rozi bo’ladi.
Kaykovus bola tarbiyasida talabchanlik bilan mehribonlikni olib borish lozimligini ta’kidlaydi; “Yosh bola ilm bilan adabni tayoq bilan o’rganur, o’z ixtiyori bilan o’rganmas. Ammo farzand beadab bo’lsa va sening ul sababdan qahring kelsa, o’z qo’ling bilan urmagil, muallimlarning tayog’i bilan qo’rqitg’il. Bolalarga muallimlar adob bersinlar, toki sendan o’g’lingni ko’nglida gina qolmasin”12.
Kaykovusning “Qobusnoma” asari Sharq pedagogikasining durdonalaridan hisoblanadi. Uni qanchadan qancha avlodlarimiz qunt bilan o’qib o’rganganlar. Bu asar bugungi kunda ham ma’naviy-axloqiy qadriyat sifatida yosh avlodni ma’naviy ruhda tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy merosida ham munosib o’rinni egallaydi. U o’zining qator asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari umuminsoniy g’oya ekanligini o’rtaga surdi. Uning fikricha, jamiyatning yetukligi, uning taqdiri va kelajagi yoshlar kamoloti bilan bog’liqdir, shunga ko’ra bola tarbiyasi ota-onalar oldida turgan olijanob vazifadir, deydi.
Olim bo’lish oson, Odam bo’lish qiyin.
Alisher Navoiy ota-onalarning yaxshi sifatlarini ulug’laydi. Bunday sifatlarning ularda jamuljam bo’lishi bola tarbiyasida muhim rol o’ynashini ko’rsatib o’tadi. Masalan, uning xotinlar haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir: “Yaxshi xotin, deydi Navoiy – oilaning davlati va baxti. Uning oroyishi undan, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan. G’husnli bo’lsa – ko’ngil ozig’i, xushmuomala bo’lsa jon ozig’idir. Oqila bo’lsa, ro’zg’orda tartib intizom bo’ladi ... U beandisha, shallaqi bo’lsa, ko’ngil undan ozor chekadi, yomonlik axtaruvchi bo’lsa, undan ruh azoblanadi. Agar mayxo’r bo’lsa, uy obodligi yo’qoladi, aqlsiz bo’lsa, oila rasvo bo’ladi” 13.
Alisher Navoiy oiladagi ayrim illatlarni va o’zaro kelishmovchiliklarni bola tarbiyasiga salbiy ta’siri va uning buzulishiga sabab bo’luvchi asosiy omillar haqida ham yozadi. Shuningdek, yaxshi va yomon xulqlar va ularning kelib chiqish sabablarini ko’rsatib beradi. Bolada paydo bo’ladigan yomon xulqlarni oldi olinmasa, u bora-bora illatga aylanadi. Bu o’rinda uning mashhur baytini keltirmoq kifoyadir.
Kuchuk bilan xo’tikni qancha qilsang tarbiya,
It bo’lur, yeshak bo’lur, bo’lmasalar aslo odami.
Alisher Navoiy ta’kidlashicha, ota-onani hurmat qilish farzandlar “... uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmaing qancha ortiq bo’lsa ham, kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, uning boshi uchun butun jismingni sadqa qilsang arziydi. Ikki dunyong obod bo’lishini istachang, shu ikki odamning roziligini ol! Tunu kunga nur berib turgan birisini oy, birinsini quyosh bil, ular chizgan chiziqdan tashqariga birqadam ham bosma. Hamma xizmatni sen odob bilan bajar, “adab” so’zidagi “dol” kabi qomatingni ham qil”14.
Ma’naviy-axloqiy sifatlar mohiyatini yorqin ifodalab bera olgan mashhur “Turkiy guliston yohud axloq” asarining muallifi adib Adulla Avloniy 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida dunyoga keldi.
Abdulla Avloniy odamlarni xulq xatti-harakat nuqtai nazaridan ikki guruhga bo’ladi: biri yaxshi xulqli kishilar, ikkinchisi yomon xulqli kishilardir.
U bunday deydi: Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo’lmishlar: agar nafs tarbiyat topib, yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa, yaxshilikka tavsiya bo’lib, “yaxshi xulq” agar tarbiyasiz o’sib, yomon ishlaydurgan bo’lib kesa, yomonligiga tavsiya bo’lib, “yomon xulq atalur”.
Abdulla Avloniyning insonning fayonat, nazofat, sa’i va g’ayrat, riyozat, shijoat, qanoat, ilm, sabr xilm, intizom, miqyosi nafs, fijdon, vatanni sevmoq, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zano hizilizon, iqtisod, viqor, xavf va rato, itoat, haqshunoslik, hayrihohlik, munislik, sadoqat, adolat, muhabbat, oliyhimmat, avf kabi ijobiy xususiyatlarning hammasini “yaxshi xulqlar” sarlavhasi ostida beradi. G’azab, shahvat, jaholat, razolat, saxovat, hamoqat, adolat, xasosat, raxvat, anoniyat, adovat, namimat, g’iybat, haqorat, tibonat, hasad, nizb, nifoq, ta’ma-zulm bularning hammasini muallif “yomon xulqlar” sarlavhasi ostida beradi. Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasiga alohida e’tibor beradi va tarbiyaning rolini to’g’ri aniqlaydi. “Agar bir kishi yoshligidan nafsi buzilib, tarbiyasiz bo’lib o’sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmak yerdan turib yulduzlarga qo’l uzutaman abidur”15, - deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy hislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofdagi kishilar katta ahamiyatga ega. Haqiqiy insoniy axloqni o’zida barqaror qilgan yaxshi kishilar yoshlarga yaxshi ta’sir ko’rsatadi va ularning mehr-shafqqatli, sofdil va maqbul bo’lib tarbiyalanishi uchun zamin hozirlaydi.
“Turkiy guliston yoxud axloq” asari barcha pedagog va ruhshunoslar uchun qo’llanma sifatida foydalanuvchi asar bo’lib qoldi. Asarda insonlarni “yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilm” - axloq haqida fikr yuritiladi. Axloq bu xulqlar majmuidir. Xulq esa yezgulik yoxud razillikning muayyan bir insonda namoyon bo’lish shakli. Binobarin, har bir xulq yezgulik va oliyjanoblikning yoki razillik va badbinlikning timsoli. Shu jihatdan ular yaxshi va yomonga bo’linadilar. Lekin bular har bir insonda o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, shakllanmaydi. Ularning shakllanishi uchun ma’lum bir sharoit, tarbiya kerak deb ta’kidlaydi.
Abdulla Avloniy shaxsning ma’naviy axloqiy rivojlanganlik darajasini aniqlash borasidagi fikr mulohazalari ham diqqatga sazovordir. U “… so’z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o’lchab ko’rsatadurg’on tarozisidir. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qimmatini so’zlagan so’zidan bilurlar…”16.
Abdulla Avloniy ko’plab ma’naviy-axloqiy sifatlarni o’z asarlarida ta’riflaydi. Jumladan, “haqqoniyat deb ishda to’g’rilik, so’zda rostlikni aytilur. Inson bo’stoni salomatga, gulzori saodatga haqqoniyat yo’li ila chiqar. Insoniyatning ildizi o’lan rahmdillik, haqshunoslik, odillik kabi eng yaxshi sifatlarning akasi haqqoniyatdur…”.
“Hayo deb ishda, so’zda odobni rioya qilmakka aytilur. Hayo dilni ravshan qiladurgan bir nurdirki, inson har vaqt shul ma’naviy nurning ziyosiga muhtojdir. Shariat buyurmagan, odamlar suymagan ishlarni ishlamoq g’iybat, hajv, masxara, safsata, so’puv kabi odamlarning nafsiga, iffatiga tegadurgan odobsiz so’zlarni so’zlamak zo’r odobsizlikdir. Iffatning pardasi, vijdonning niqobili, hayodir”.
“Hayrihohlik deb nima ila bo’lsa bo’lsin bir-birimizga foyda yetkurmakni aytilur. Hayrihohlik bir-birimizga qarshi intiladurgan bir vazifayi insoniyatdurki, kishi o’z nafsiga loyiq ko’rmagan bir ishni boshqa bir musulmon qarindoshiga munosib ko’rmasdan yegri yo’llardan, yomon ishlardan kuch etganicha qaytarmoq va yordam qilmoq lozimdur. Janobi haq insonlarni birini digarining yordamiga muhtoj qilub yaratmishdir…”17.
XX asr o’zbek milliy tafakkuri taraqqiyotida alohida mavqyeiga ega bo’lgan mutafakkir, ma’rifatchi olim va jurnalist Abdurauf Abdurahm o’g’li Fitrat 1886 yilda Buxoro shahrida tug’ilgan.
Abdurauf Fitrat “Sayha” she’lar to’plami, “Munozara”, “Hind sayyohi qissasi” kabi asarlar muallifidir. Abdurauf Fitrat “oila yoki oila boshqarish tartiblari” asari pedagogika sohasida katta nufuzga ega bo’lgan asarlardan biri hisoblanadi. U mazkur asarida oila qurish zaruratidan tortib, oila a’zolarining o’zaro munosabatlari, ota-ona, farzandlarning huquq va burchlari, hatto go’daklarni tarbiyalash va unda yosh onalarning o’zini qanday tutish kerakligi haqidagi masalalargacha chuqur yoritib bergan. Ijtimoiy omil sifatida oilaning jamiyatdagi o’rni bolalarning ijtimoiy, axloqiy va mehnat tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Shu bilan birga sog’lom ma’rifatli oila va u voyaga tekazadigan har tomonlama yetuk avlodning shu millat va mamlakat iqtisodiy-siyosiy rivojining, shu yurt shonu-shuhrati, qudratining poydevori, abadul-abad mavjudligining muhim shartlaridan ekanligini ta’kidlagan.
Abdurauf Fitratning fikricha, farzandini to’laqonli kamol toptirib, o’stirish uchun unga jismoniy, aqliy va ma’naviy tarbiyadan iborat ko’p tartibli tarbiya berish muhimdir. Fitrat bolaning ruhiyati, ota-ona va farzand ruhiyatlarining nisbatan va o’zaro bog’lanish masalasiga katta e’tibor berar ekan, u bizning hozirgi tushunchamizdan iste’dodli ruhshunos-pedagog sifatida ham ko’rinadi. “odamning fe’l va harakatini bir yaxshi shakl va mazmunga keltirish uchun ruhni tarbiyalash lozim”, - deb yozadi u. “Bolalarni o’ziga ishongan, kuchli, topqir, chaqqon va aqlli qilib tarbiyalash uchun o’z qadr qimmati, sha’nini hurmat qilish rayin tarbiya qilmolikni, sizning bilan birga yon atrofdagi odamlar bilan hisoblashishni o’rgatmoq kerak… Bolalarni shunday tarbiya etish lozimki, baxtga bo’lgan intilishlari hech qachon xazon bo’lmasin… Ota-ona bolaga mamnunlik va xursandchilik qilishni man yetmasliklari, balki axloqqa zid bo’lmagan ishlar bilan mamnun va xursand bo’lishini qo’llab-quvvatlashi kerak”,18 - deydi.
Abdurauf Fitrat axloqiy tarbiyaga alohida e’tibor qaratadi hamda axloqiy tarbiyaga quyidagicha ta’rif beradi.
Axloqiy tarbiya – odam axloqini kamolga yetkazish demakdir, ya’ni odamni shunday tarbiya qilish kerakki, fe’li va amali o’ziga ham, boshqalarga ham foydasi va manfaat keltiradigan bo’lsin.
Boshqacha aytganda, odamning fe’lu huyi va harakati yaxshi fazilatlarni tarbiyalash demakdir.
Abdurauf Fitrat insonlar tomonidan sodir bo’ladigan amal va harakatlarni ikkiga bo’lib ixtiyoriy va g’ayri ixtiyoriy deb ajratgan. Hamda, ixtiyoriy amal va hatti harakatlarning shuningdek g’ayri ixtiyoriy amal va hatti harakatlar ruhimizning besh holati tasavvur, muhokama, solishtirish va ijro natijasi ekanligi tahlil qilib beradi. Shuningdek u g’ayri ixtiyoriy xatti-harakatlar (buzg’unchilik sifatlar)da ham ixtiyoriylik mavjud ekanligini isbotlab, bunday holatlar mayllarning (hissiyotning aqldan ustun turishi) oqibati ta’siri deb izohlaydi. Shuning uchun u axloqiy tarbiya orqali shaxs mayl va istaklari tarbiyalanadi, deb ta’kidlaydi.
Abdurauf Fitrat odam ruhining mayllarini uch qismga bo’ladi: shaxsiy mayl, ijtimoiy mayl va oliy mayl. Shaxsiy mayllarning ham uch qismga: baxt mayli, faoliyat mayli va izzat mayllariga bo’ladi va ularni izohlab beradi.
1. Baxt mayli deb – kishilarning o’zlari bilan bog’liqliklarda, u bajargan ishlaridan, mamnunlik, xursandchilik, baxtiyorlik hissiyotlarini boshdan kechirishidan iborat istakka aytiladi. O’ziga taalluqli bo’lgan ishlar natijasidagi g’amginlik esa alam deyiladi. Fitrat aytadiki “… Bolalarni shunday tarbiya etish lozimki, baxtga bo’lgan intilishlari hech qachon xazon bo’lmasin, so’nmasin, balki ko’karsin. Ota-ona bolaga mamnunlik va xursandlik qilishni man yetmasliklari, balki axloqqa zid bo’lmagan ishlarni qo’llab quvvatlashlari kerak, bolalardan biror yaxshi ish sodir bo’lsa, uni maqtashlari, maktab mukofot berishlari yaxshi. Farzand ham ishning natijasini ko’rib shunday baxtli va mamnunlik ishlarini orzu qiladi. Agarda farzand yomon ish qilsa, shu qilmishning qabohati va alamini unga tushuntirish lozim, toki u, bu ishdan nafratlanib o’zini keyingi safar tiysin”19.
2. Faoliyat mayli deb – shaxsning harakat qilish (motorika istagi), faoliyat bilan shug’ullanish istagiga aytiladi. Fitrat “bu istak bolalarda tavallud topganlaridan paydo bo’ladi. Go’dak shu chog’dan harakat va faoliyat orzusida bo’ladi. Qo’l oyoq silkitadi, “meni ko’targin” deb otasining yelkasiga o’zini tashlaydi. Yurib ketganidan so’ng xursand bo’lib to’rt tomonga yuguradi, umuman tinchimaydi. Agarda shu istakka qarshi chiqib, uni “qimirlamay o’tirishga” o’rgasangiz katta bo’lib xafsalasiz, ish bilmas bo’lib” voyaga etadi.
3. Izzat-nafs mayli deb – shaxsning aftoriteti va o’z manfaatini himoya qilishdan iborat istakka aytiladi. Fitrat “Izzat nafsni so’ndirmay uni rivojlantirish kerak. Kimda shu nafs bo’lmasa, ya’ni o’z manfaatini o’ylamasa, o’ziga ishonmaydi, izzat-nafsining talabida bo’lmaydi. Bolalarga “axmoq”, “eshak”, “juvonmarg”, “o’ldiraman seni”, “senga gapirishni kim qo’yibdi?” deb qarg’ish, izzat nafsiga tegib, uni yo’q qiladi. Go’dak shunday tahqir ko’rib, yaxshi-yomon odamlar oldida haqorat yeshitib, o’ziga mehr va ishonchini yo’qotadi. Nafsoniyati xor bo’lib, beizzat va e’tiborsiz bo’lib qoladi. Bunday odamlarni axloq ulamolari “eshak halimligi egalari” deb atab, ulardan g’ayrat, or-nomus, hamiyat kutmaydilar”, deydi.
Ijtimoiy mayllarni ham Fitrat uch xil: aloqa mayli, o’zgalarga nisbatan mehr-muhabbat mayli va ibrat olib e’tiborda bo’lish mayllariga bo’ladi.
4. Aloqa mayli deb – shaxsning atrofidagi shaxslar bilan bo’ladigan sheriklik va hamdardlik singari munosabatlaridan ta’sirlanish istagi holatiga aytiladi. “Shafqat, marhamat, ko’ngil ovlash, tasalli berish. Birovning dodiga etish shu mayl natijasidir”. Buning ustiga kimning shu mayli kuchayib borsa, uning atvori va fe’li boshqalarga og’ir botmasa, unga ta’na qilmasalar, u doimo yaxshi ishlarga qo’l uradi. Bolalarga ma’lumlar, hech kim yo’q bechora va bevalar ahvolini, ularga yordam berish fikrini bolalar ongiga singdirish foydalidir. Bola atrofdagilar ahvolidan achinib, g’amgin bo’lsa-yu, unga esa “senga nima?” “o’zingni o’yla” deyish undagi aloqaga bo’lgan mayl, intilishlarga zarba berish demakdir.
5. Boshqalarga mehr muhabbat mayli – deb shaxslar munosabatlarda ijobiy ta’sirlanish oqibati tarkib topadigan istakka aytiladi. U boshqa bo’lgan mehr-muhabbat hisida o’z ifodasini topadi. Abdurauf Fitratning qarashlariga ko’ra oiladagi sog’lom muhitning bo’lishi bu maylning rivojlanishi uchun zamin hozirlaydi.
6. Ibrat olib e’tiborda bo’lish mayli – deb shaxsning ideali hisoblangan insonlardan namuna ibrat olib ulardek sa’yi-harakatlar qilish o’zini ularga tenglashtirish istagiga aytiladi.
Fitrat bu borada hali o’zining original fikrlarini bildirib o’tadi. Uning fikriga ko’ra biz milliy axloqiy sifatlarning mukammal sohibi sanalgan ajdodlarimiz hayti va faoliyatini illyustrasiyalar orqali bola ongiga singdirishimiz lozim. Shuning bilan birga o’z xatti-harakat va qiladigan ishlarimizga e’tiborli bo’lishimiz kerak.
Abdurauf Fitrat oliy mayllarni ham uch xilga bo’ladi: bilish mayli, go’zallikka intilish mayli, fazilatga muhabbat mayli.
7. Bilish mayli deb – shaxsning olam sir-sinoatini bilish ulardan xabardor bo’lish, haqiqatni bilish istagiga aytiladi. Odam doimo noma’lum narsalarni bilib olish uchun sa’y-harakat qiladi, ya’ni noaniqlikni aniqlashga qiziqadi va urinadi.
Fitrat bilish maylini izohlar ekan, bu mayl rivojlanish lozim. Lekin bu mayl ba’zilarda gap terish va sir asrorni bilishda ko’rinadi va bunday odamlar xalq ichida gap poylab yuradilar. Xabardor bo’lishning bu yo’li juda zararlidir. Ammo ba’zi odamlarda bu mayl haqiqat norasmlik va va ilm istagi shaklida paydo bo’ladi va ularni har bir narsaning haqiqatini bilishga undaydi. Xabardor bo’lishning bu qismini “haqiqat sevarlik” va “ilm sevarlik” deydilar. Ota-ona bolaning shu maylidan xabardor bo’lishlari shart. Agarda bola gap tashisa, uning zararini tushintirib, man etishlari zarur. Bu mayl haqiqatni bilmoq, ilm olmoq shaklida paydo bo’lsa, tahsin va maqtovlar bilan shu istakni rivojlantirsinlar. (9.89-90)
8. Go’zallik mayli deb – shaxsning voqeylikka nisbatan intizom, tozalik, nafosat talablari asosida (intilishiga) istagiga aytiladi. Har bir shaxs tarbiya, intizom va tozalikka intiladi. Bu maylga kuch berish bolanng paroishonxotirligini yo’q qiladi, iflos yurishdan va intizomsizlikdan qutqaradi. Shu mayl rivojlangan bola ulg’aygandan so’ng zimmasiga tushingan ishni yaxshi bajarib tartibsiz va chala qoldirmaydi.
9. Fazilatga mayli deb – salbiylardan nafratlanish istagiga aytiladi. Fazilatga muhabbat mayli shaxsning kishilar faoliyat ishlarini to’g’ri baholab munosib faoliyat qilish istagidir.
Boshqacha qilib ifodalaydigan bo’lsak, kishining kishilar ishini muhokama qilib yaxshilarga taqlid qilishi, xayrihohlik bilan yondashuvi, yomonlardan nafratlanishidan iborat istakka fazilatga muhabbat deyiladi. Fitrat “Odam boshqalarning ishini yaxshi-yomonga” ajratib yaxshisiga taqlid, yomonidan nafrat qiladi. Shu holatni “Fazilatga muhabbat” deydilar. Bolalar oldida odamlarning ishlarini yaxshi yoki yomonga ajratish, yaxshi ishlarning foydalarini tushuntirishning yomon ishlarning zararlarini fazilat muhabbatiga kuch quvvat beradi.
Abdurauf Fitratning asarlarini o’rganib chiqib, u shaxsni ma’naviy axloqiy jihatdan yetuk qilib tarbiyalash uchun shaxsning irodaviy mayllarini maqsadga muvofiq tarbiyalash lozim degan xulosaga kelamiz.
Shunday qilib, mazkur paragrafda buyuk allomalarning hayoti, ijodi va ular qoldirgan bebaho madaniy, ma’rifiy merosi yosh avlod uchun ibrat va namuna ekanligi, ularning ta’lim-tarbiyaga oid ma’rifiy ta’limotlari yoshlarni Ona-Vatanga, millatga sadoqat va hurmat ruhida tarbiyalashda, ularni iymon, ye’tiqodli, mehr-oqibatli, insof va diyonatli, odob-axloqli, oqil va odil inson qilib tarbiyalashda, o’zligini anglashda benazir ma’naviy qadriyatlar (darajasiga ko’tarish asosiy) ekanligini asoslashga harakat qildik.


Yüklə 64,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin