«Модули» (Modullar).
3-rasm.
Ularning har biri haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz:
«Таблицы» (Jadvallar) — MBning asosiy obyekti. Unda ma’lumotlar sakllanadi.
«Запросы» (So’rovlar) — bu ob’yekt ma’lumotlarga ishlov berish, jumladan, ularni saralash, ajratish, birlashtirish, o’zgartirish kabi vazifalarni bajarishga mo’ljallangan.
3.«Формы» (Shakllar) — bu obyekt ma’lumotlarni tartibli ravishda oson kiritish yoki kiritilganlarni ko’rib chiqish imkonini beradi. Shakl tuzilishi bir qancha matnli maydonlar, tugmalardan iborat bo’lishi mumkin.
«Отчеты» (Hisobotlar) — bu ob’yekt yordamida saralangan ma’lumotlar qulay va ko’rgazmali ravishda qog’ozga chop etiladi.
«Макросы» (Makroslar) — makro buyruqlardan iborat ob’yekt. Murakkab va tez-tez murojaat qilinadigan amallarni bitta makrosga guruxlab, unga ajratilgan tugmacha belgilanadi va ana shu amallarni bajarish o’rniga ushbu tugmacha bosiladi. Bunda amallar bajarish tezligi oshadi.
«Модулы» (Modullar) — Microsoft Access dasturining imkoniyatini oshirish maйsadida ichki Visual Basic tilida yozilgan dasturlarni щэz ichiga oluvchi obyekt.
Bundan tashKari, «Страницы» (Saxifalar) nomli aloxida obyekt ham mavjud. Bu obyekt HTML kodida bajarilgan, Web — saxifada joylashtiriladigan va tarmoq orqali mijozga uzatiladigan aloxida obyektdir.
MBning dastlabki oynasida yuqorida sanab o’tilgan 7 ta asosiy obyektlarning ilovalaridan tashqari, yana 3 ta buyruq tugmachalari mavjud. Bular: «Открыть»
(Ochish), «Конструктор» (Tuzuvchi), «Создать» (Yaratish) tugmachalaridir.
«Открыть» (Ochish) tugmachasi tanlangan obyektni ochadi. «Конструктор» (Tuzuvchi) ham tanlangan obyektni ochadi, lekin u obyektning tuzilmasinigina ochib, uning mazmunini emas, balki tuzilishini to’g’rilash imkonini beradi. Agar obyekt jadval bo’lsa, unga yangi maydonlar kiritish yoki mavjud maydonlarning xossalarini o’zgartirish mumkin. «Создать» (Yaratish) tugmachasi yangi obyektlarni: jadvallar, so’rovlar, shakllar va hisobotlarni yaratish uchun ishlatiladi.
Biror MBni yaratishdan oldin albatta uning loyihasini ishlab chiqish lozim. Buning uchun MBning tuzilmasini aniqlab olish kerak bo’ladi. MBning yaxshi tuzilmasi talablarga mos keladigan, samarali MBni yaratish uchun asos bo’ladi.
MS Accessda MBni yaratishning ikki usuli mavjud. Ulardan biri bo’sh bazani yaratib, so’ngra unga jadvallar, shakllar, hisobotlar va boshqa obyektlarni kiritishdan iborat. Bu usul ancha yengil va qulay bo’lgani bilan MBning har bir elementini alohida aniqlashga to’g’ri keladi. Shuning uchun ikkinchi usuldan ko’proq foydalanishadi. Unda «Мастер» (Usta) yordamida barcha kerakli jadvallar, shakllar va hisobotlarga ega bo’lgan ma’lum turdagi MB birdaniga yaratiladi, ungra tegishli o’zgartirishlarni bajarish mumkin. Bu boshlang’ich MBni yaratishning eng sodda usulidir.
Savollar
Access dasturi qaysi firma tomonidan ishlab chiqilgan va hozirgi kunda qanday versiyalari mavjud?
MS Access dasturini ishga tushirish va undan chiqishni tushintiring.
MS Accessning menyu tashkil etuchilari haqida tushuncha bering.
MS Access dasturi necha obyektdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |