Mavzu: Adaptiv jismoniy tarbiya va sportning asosiy tushunchalari Reja: 1


Nogironlar reabilitatsiyasi va adaptatsiyasining individual dasturi



Yüklə 23,58 Kb.
səhifə3/4
tarix02.01.2022
ölçüsü23,58 Kb.
#39233
1   2   3   4
7-Ma'ruza

Nogironlar reabilitatsiyasi va adaptatsiyasining individual dasturi – muayyan shaxs uchun maqbul va mos bo’lgan reabilitatsion chora-tadbirlarning o’tkazilishi turlari, shakllari, hajmi, muddati va tartibining majmui hisoblanadi.

Defektologiya bu - jismoniy va ruhiy kamchiliklari bo’lgan shaxslar rivojlanishining psixofizik xususiyatlarini, ularni tarbiyalash, ta’lim, o’qitish qonuniyatlarini o’rganuvchi fanlar tizimidir. Defektologiya bir qator maxsus yo’nalishlarni o’zida birlashtiradi:

  1. Oligofrenopedagogika – aqli zaif shaxslarni rivojlantirish tarbiyasi;

  2. Surdopedagogika – kar-soqov va eshitish qobiliyati zaif shaxslar pedagogikasi;

  3. Logopediya – nutqiy nuqsonlarni tuzatish;

  4. Tiflopedagogika – ko’zi ojizlar pedagogikasi;

  5. Tiflosurdopedagogika – bir vaqtning o’zida ham ko’zi ojiz ham kar-saqov bo’lgan shaxslarni tarbiyalash, rivojlantirish, adaptatsiya va reabilitatsiyasi hisoblanadi.

Adaptiv jismoniy tarbiya – o’zining oldiga bosh maqsad qilib jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni nafaqat jismoniy mashg’ulotlar va fizioterapevtik usullar yordamida davolash, balki ularning ijtimoiylashuvi hisoblangan ijtimoiy fenomen hisoblanadi.

Qadimgi davrlar jismoniy kamchiliklari bo’lgan insonlar o’sha davrning diniy hayot markazlari hisoblanmish – monastirlar tomonidan homiylikka olingan. Jamiyatning rivojlanishi natijasida ta’minotga muxtoj bo’lgan shaxslar uchun maxsus muassasalar tashkil etilgan. XIV asrdan boshlab bunday muassasa va cherkovlarda sog’lom va e’tiborga muxtoj bolalar birgalikda o’qitila boshlandi. XVIII asrning o’rtalarida bunday shaxslarni tarbiyalash uylarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus guruhlar ta’sis etilgan. XIX asr boshidan boshlab kar-soqov va ko’zi ojiz bolalar uchun maxsus ixtisoslashtirilgan muassasalar tashkil etilgan, keyinchalik esa aqli noraso bolalar uchun ham bunday muassasalar tashkil etilgan. Birinchi jahon urushi, ko’pgina jabrdiydalar xalqaro hamjamiyatining nogironlik muammosiga nisbatan bo’lgan munosabatlarini o’zgartirib yubordi.

Jamoatchilik fikrining o’sishi barcha insonlar jismoniy imkoniyatlaridan qat’iy nazar huquqlarining tengligi himoyasi uchun kurashuvchi ijtimoiy harakatlarning kuchayishiga olib keldi. Hozirgi kunda butun dunyoda nogironlarning ijtimoiy va jismoniy reabilitatsiyasi sohasida kata rivojlanishlarni, pedagogic-reabilitatsion usullarning ishlab chiqilishini kuzatish mumkin.

Nogironlar bilan reabilitatsiya ishlaridagi kordinal o’zgarishlar revolyusiyadan keying vaqtlarda ro’y berdi. Nogironlarning jamiyatdagi maqomi belgilab berildi, korreksion-tarbiya muassasalari ta’sis etildi va ularning dasturlari xalq ta’limi umumdavlat tizimiga kiritildi. Bu qadam reabilitatsiya sohasida ta’lim, sog’liqni saqlash va adliya tizimini konsalidatsiya qilishga imkoniyat yaratib berdi. Korreksion (qayta tiklash) pedagogika tizimini shakllantirishda XX asrning 20-30 yillarida eng yetuk insonlar bunga bosh qo’sha boshlashdi: V.Bexterev, L.Vigotskiy, V.Myasishev, G.Rossolimo, F.Rau, V.Kashenko, N.Lagovskiy, M.Grabovlar. 1929-yili Sobiq Sovet Ittifoqida imkoniyati cheklangan bolalar ta’limi, tarbiyasi va professional tayyorgarligini o’rganish muammolarini tahlili bo’yicha birinchi ilmiy markaz – Eksperimental – defektologik institute tashkil etildi.

XX asr boshlarida pedagog M.Montessori tomonidan yaratilgan uslub tuzatish (korraksion) pedagogikasi taniqli uslublardan biri hisoblanadi. Sensual tamoyilga asoslangan holda, u bolani maqsadli aqliy faoliyatini rivojlantirishda sensor tajribani oshirishga qaratilgan. Shu uslub sababli oqsoq psixomotor harakatiga ega bo’lgan bolalar bir-ikki yil ichida o’zining tengdoshlariga yetib olishi, hatto ulardan o’zib ketishini ham kuzatishimiz mumkin. Montessori pedagogikasi imkoniyati cheklangan bolalar bilan birgalikda sog’lom bolalar bilan ham ishlashda keng qo’llanilmoqda. Bugungi kunda 80% umumta’lim maktablari ushbu uslub bo’yicha ishlamoqda.

O.Dekroli Montessorining uslubini yanada rivojlantirgan, va u 3 bosqichli tuzatuv tizimini o’z ichiga olgan.

Ular:


  1. Qabul qilish qobiliyati hamda kuzatuv qobiliyatini tarbiyalash.

  2. Voqealikni idrok etish qobiliyatini tarbiyalash.

  3. Shaxs shakllanishining ta’minlanishi.

AJT – maqsadi funksional imkoniyati cheklangan insonlarni jismoniy va ijtimoiy sharoitga moslashishga o’rgatish.

AJT ning asosiy vazifalari quydagilardan iborat:



  • Ruhiy rivojlantirish, atrof muxitni to’g’ri qabul qila bilish;

  • Organizmni funksional holatini oshirish;

  • Kasallikni, uning asoratini maxsus usullar yordamida bartaraf etish;

  • Ijobiy ruxni tiklab, salbiy ruxni yo’qotish

  • Organizmning tayanch funksiyalarini rivojlantirish (chiniqtirish;);

  • Organizmning faol funksional xolatini saqlash, psixologik va jismoniy qiyinchiliklarini yengish borasida muhim bo’lgan bilim va ko’nikmalarni oshirib boorish;

  • Barkamol jismoniy rivojlanish.

Nogironlar sporti jismoniy imkoniyati cheklangan va surunkali kasallar bo’sh vaqtini o’tkazish uchun saralangan sport harakatlari, qayta tiklash va yuqori natijalarga erishishga qaratilgan bo’lib, yoshlar, o’smirlar, kattalar, qariyalar uchun sport bilan shug’ullanish moslashgan klublarda o’tkaziladi.

Nogironlar sportini bir nechta tushuncha orqali ko’rishimiz mumkin. Masalan:

Umumiy tushuncha “O’z sport turi bo’yicha shaxsiy yuqori natijalarga erishish”.

Keng manoda: “Har xil sport mashg’uloti bu sport yutug’I, shuningdek yutuqlarga aniqlik kiritish harakat odatining muxim qismidir, har xil sport turlarida va sport harakatida aniqlik kiritildi”.

Tor manoda: “Bu sportda yuqori maqsadlarga erishish va bor kuchi bilan shug’ullanayotgan odam o’zi uchun record natijaga erishish yoki shu davr uchun individual xususiyatlarni o’stirishga qaratilgan”.

Shuningdek nogironlar sporti – bu sportda surunkali kasallar, jaroxat olganlar, og’ir harakatlanadigan odamlar shug’ullanadi, shuning uchun nogironlar sporti turli tuman harakatlarga bo’lingan:



  • Nogironlar sportining ommaviy turi;

  • Ambulatoriya sharoitida qayta tiklash sporti (yoki jismoniy davolash sport turi madaniyati;);

  • Maktab jismoniy madaniyati moslashtirilgan maktablarda va internatlarda;

  • Sport musobaqalari;

  • Sportda yuqori yutuqlarga erishish: shug’ullanuvchi milliy, xalqaro va paraolimpiada musobaqalari jarayonida qatnashishi uchun.

2.Nogironlar sportining asosiy maqsadi: nogironlarni salomatlik darajasini qayta tiklash va surunkali kasalliklarni jismoniy mashqlar yordamida asoratlarini yo’qotish, yosh avlodning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishga va ularni mehnatga tayyorlashga yordam berish, hayotiy duyoqarashini shakllantirish.


Yüklə 23,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin