Mavzu: Addiktiv xulq-atvor tushunchasi : turlari va yondashuvlar



Yüklə 40,69 Kb.
səhifə1/5
tarix17.05.2022
ölçüsü40,69 Kb.
#58313
  1   2   3   4   5
mustaqil ish og\'ishgan xulq atvor

MUNDARIJA

MAVZU: Addiktiv xulq-atvor tushunchasi :turlari va yondashuvlar

1 KIRISH: Addiktiv xulq-atvor tavsifnomasi

2 :ASOSIY QISM:

1.Shaxs tobe axloqining omillari

2. Addiktiv xulq-atvor turlari

3. Addiktiv xulq-atvor tushunchasiga yondashuvlar

. XULOSA

KIRISH. Addiktiv xulq-atvor tavsifnomasi



“Shaxsning og`ishgan xulqi” o`ta murakkab va ko`p obrazli kategoriyasi ichida tobe axloq yoki bog’lanib qolgan deb nomlanuvchi guruhga ajratiladi. Shaxsning tobe axloqi o`zida jiddiy ijtimoiy muammoni aks ettiradi, chunki aniq ko`rinib turgan shaklda ishga layoqatini yo`qotish, atrofdagilar bilan janjallar, jinoyat sodir etish kabi salbiy oqibatlarga ega bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, bu deviatsiyaning u yoki bu tarzda istalgan oilaga tegishli bo`lgan bir muncha keng tarqalgan turi. Azal-azaldan tobe axloqning turli shakllarini piyonistalik, ortiqcha yeyish, azart o`yinlar va boshqa ishqibozlikni nazarda tutgancha zararli yoki yakson etuvchi odatlar deb ataganlar. Zamonaviy tibbiy adabiyotlarda patologik odatlar degan atama keng ishlatilad. Bog’lanib qolish tushunchasi tibbiyotdan o`zlashtirilgan, hozirgi vaqtda nisbatan yangi va ommaviy atama hisoblanadi. Tobelik atamasi ostida keng ma'noda “kimgadir yoki lazzat olish yoxud
moslashish maqsadida nimagadir suyanishga intilish” tushuniladi. Shartli ravishda me`yoriy va o`ta bog’lanib qolgan tobelik haqida gapirish mumkin. Barcha odamlar havo, suv, ovqat kabi hayotiy muhim ob'ektlarga “me`yoriy” tobelikni his qiladilar. Ko`pchilik odamlar ota-onalari, do`stlari, turmush o`rtoqlariga sog’lom bog’lanib qolishni sezadilar. Ba'zi holatlarda tobelikka me`yoriy munosabatning buzilishi kuzatiladi. Masalan, shaxsning autik, shizoid, antiijtimoiy buzilishi boshqa odamlarga fojiali tarzda yetarlicha ko`ngil qo`ymaslik oqibatida yuzaga keladi. O`ta tobelikka moyillik, aksincha, muammoli simbiotik munosabat yoki tobe axloqni tug’diradi. Kelgusida “bog’lanib qolish” atamasidan foydalanganda biz nimagadir o`ta bog’lanib qolishni nazarda tutamiz. Shunday qilib, tobe axloq, shaxs tomonidan nimanidir yoki kimnidir suiiste'mol qilish bilan zich bog’liq bo`lganiday, uning ehtiyojlarini buzilishi bilan bog’liq. Maxsus adabiyotlarda ko`rib chiqilayotgan reallikning yana bir nomi qo`llanadi –bu addiktiv axloq. Ingliz tilidan tarjima qilganda addiktion moyillik, halokatli odat. Agar bu tushunchaning tarixiy ildiziga murojaat qilsak, unda lotincha addictus – qarzi tufayli bog’langan shaxs (qarzi uchun qullikka hukm qilingan). Boshqacha aytganda, bu odam qandaydir yengib bo`lmas hukmronlikdan chuqur qullik bog’lanib qolishga tushgan. “Addiktiv axloq” atamasining ba'zi afzalligi uning baynalminal transkriptsiyada, shuningdek, “addikta” yoki “addiktiv shaxs” kabi o`xshashodadmlar bilan shaxsning o`xshashlik imkoniyatidadir. Bog’lanib qolgan (addiktiv) axloq shaxs deviant axloqining turi sifatida, o`z navbatida, addiktsiya ob'ekti bo`yicha ayniqsa, differentsiyalanadigan ko`plab turchalarga ega. Nazariy jihatdan (ma'lum bir sharoitlarda) bu har qanday ob'ekt yoki faollik shakllari bo`lishi mumkin kimyoviy moddalar, pul, ish, o`yinlar, jismoniy mashqlar yoki jinsiy munosabatlar bo’lishi mumkin.


Yüklə 40,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin