Topshiriq №1Nostandart test tuzish.(Nuqtalar o`rnini to`ldiring) Materikning asosiy tekisliklari va platolari shimolig’arbda, baland tog’lari va tog’liklari janubi-sharqda joylashgan. Shuning uchun materik hududi yer yuzasining tuzilishi va gipsometrik balandlik xususiyatlariga ko’ra ikki qismga bo’linadi 1……….. 2………..
1)Shimoli-G’arbiy Afrika yoki Past Afrika 2) Janubi-Sharqiy Afrika yoki Baland Afrika
Past Afrikaning shimoli-g’arbiy chekka qismi …………. tog’lari bilan o’ralgan. Bu tog’larning o’rtacha balandligi ……………. ni tashkil etadi.1) Atlas 2)1200-1500 m
Atlas tog’lari janubi-g’arbdan shimolisharqqa tomon cho’zilgan …………, Anti Atlas, ………, Tell Atlas va ……….. Atlasi tizmalaridan iborat. 1) Er-Rif 2) Baland Atlas 3) Sahroi Kabir
Baland Afrikaga materikning sharqiy qismida joylashgan ………….. va Sharqiy Afrika tog’lari hamda ……………. kiritiladi. 1) Efiopiya 2) Janubiy Afrika
……….. tog’ligida balandligi 4000 m dan oshadigan cho’qqilar ham mavjud. Uning eng baland cho’qqisi shimol tomonda joylashgan …………. (4620 m) tog’idir. Tog’likning janubida Bata (4310 m) va …… (4209 m) cho’qqilari, Bab-el-Mandeb bo’g’iziga yaqin joyda ……….. (1250 m) vulkani joylashgan. 1) Efiopiya 2) Ras-Dashen 3) Guge 4) Dubbi
Materikning chekkalarida juda chuqur kontinental cho’kmalar ham vujudga kelgan. Ana shulardan ……….. m, Kattara -133 m, ………… -36 m ocean sathidan pastda joylashgan. 1) Assal -153 2) Shott Mel'gir
Materikning eng baland tog’ cho’qqilari, so’ngan va harakatdagi vulkanlar - ……….. (5895 m), Keniya (……… m), Margerita (5109 m), Meru (4567 m), ………… (4507 m), Elgon (4322 m), Rungve (3175 m). 1) Kilimanjaro 2) 5199 3) Karisimbi
Kalaxari botig’ining atrofi ………….. ko’tarilgan tog’lar va platolar bilan o’ralgan. 1) zinapoyasimon
Efiopiya tog’ligidan janubi-sharqda joylashgan………… yarim orolini zinapoyasimon ko’tarilgan ………. platosi egallagan. 1) Somali 2) Xaud
Tanganika va Nyasa ko’llaridan janubig’arbda ………… yassi tog’ligining davomi bo’lgan, submeridional yo’nalgan …………. (1889 m) va Muchinga (1908 m) tog’lari joylashgan. 1) Sharqiy Afrika 2) Mitumba