Aynan to’rtinchi information inqilob “Axborotlashgan jamiyat” rivogiga asos soldi.
Axborotlashgan jamiyat darajasiga eng yaqin kelgan davlatlarga AQSh, Yaponiya, G’arbiy Evropa davlatlari kiradi. Insoniyatning axborotlashgan jamiyat sari bosib o’tgan yo’li. Axborot hamisha jamiyat hayotida ham, alohida shaxs hayotida ham muhim o’rin egallagan. Insoniyat tarixida axborotlarni yig’ish, saqlash va uzatish vositalarining pivojlanish jarayoni bir tekis kechmagan va bir necha bor axborot sohasida “Informatsion inqilob” deb ataluvchi global ahamiyat kasb etuvchi hodisalar yuz bergan. Birinchi information inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog’liq. Yozuv insoniyatga bilimlarni to’plash va uni avlodlarga uzatish imkonini berdi.O’z yozuviga ega bo’lgan sivilizatsiyalar boshqalariga nisbatan uqori iqtisodiq va madaniy darajaga erishganligi ma’lum. Bunga misol qilib, Qadimgi Misr, Ikki daryo oralog’i davlatlari,Xitoy kabilarni keltirish mumkin.Bu borada piktografik va ieroglifik yozuvdan alfavitli yozuvga o’tish alohida ahamiyatga ega bo’ldi. Ikkinchi information inqilob (XVI asr o’rtalari) – kitob bosishning ixtiro qilinishi bilan bog’liq. Bu hodisa axborotlarni caqlabgina qolmay, ularni ommaga yoyish imkoniyatini yaratdi.Savodxonlik alohoda tabaqalar doirasidan chiqib, ommaviy tusga kirdi.Bular ilmiy texnika rivojlanish jarayonini tezlashtirdi. Kitoblar bilimlarning alohida mamlakat chegarasidan chiqib, umuminsoniy sivilizatsiya yaratilish jarayonoga turtki bo’ldi. Uchinchi information iqilob ( XIX asr oxiri) aloqa vositalarining taraqqiyoti bilan bog’liq. Telegraf , telefon va radio ma’lumotlarni turli masofalarga operativ uzatish va qabul qilish imkonini berdi.Insoniyat taraqqiyotining aynan shu bosqichi “globallashuv” jarayonining debochasi bo’lib qoldi. Axborot uzatish vositslarining taraqqiyoti tezkor va ishonchli aloqa vositalariga muxtoj bo’lgan fan va texnikaning gurkirab rivojlanishiga olib keldi. To’rtinchi information inqilob ( XX asrning 70–yillari) mikroprotsessorli texnika va xususan, personalkompyuterlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq.Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, axborot revolyutsiyasiga ХХ asr o’rtalarida kompyuterlarning paydo bo’lishi emas, mikroprotsessorli tizimlarning keng tarqalishi sabab bo’ldi. Ushbu jarayon axborotlarni saqlash va izlash tizimlarini radikal o’zgartirib, kompyuterli telekommunukatsiyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib keldi. Aynan to’rtinchi information inqilob “Axborotlashgan jamiyat” rivogiga asos soldi.
Axborotlashgan jamiyatni ijtimoiy fenomen tarzda tushuntirib berish masalalari D.Bell, A.Toffler, M. Kastels, U.Rostou, P.Draker, J.Gelbreyt, F.Uebster, I.Masuda kabi olimlarning asarlarida mufassal bayon kilingan. «Axborolashgan jamiyat» atamasi dastlab Yaponiyada vujudga kelgan. Yapon faylasuf olimi Y.Xayashi 1969 yilda Yaponiya hukumatiga "Yaponiya axborotlashgan jamiyat bardamligi siyosatiga chizgilar", 1971 yili "Axborotlashgan jamiyat rejasi" kabi tadqiqotlarni takdim etdi. 1971 yildan boshlab mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik tomonidan keng ko‘llanila boshladi. Demak, axborotlashgan jamiyat tushunchasini birinchi bo‘lib fanga Tokio texnologik universitetining professori Y.Xayashi kiritgan. Uning fikricha, moddiy mahsulot emas, axborotlashuv mahsuloti jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch qismdan tarkib topadi: mediatizatsiya (lot.mediatus - vositachi) - axborot to‘plash, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni; kompyuterlashtirish - axborot izlash va unga ishlov berish vositalarini takomillashtirish jarayoni; intellektualizatsiya - axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan, sun’iy intellektdan foydalanish jarayoni. Umuman olganda, jamiyatni axborotlashtirishni zamonaviy axborot-texnika vositalari yordamida ijtimoiy tuzilma va jarayonlarni takomillashtirish deb talqin qilish lozim. Axborotlashtirish ijtimoiy intellektualizatsiya jarayonlari bilan uyg‘un holda bo‘lishi kerak. Zotan, bu shaxs va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirish imkonini beradi. Axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan moddiy omillar bilan emas, balki ma’naviy omillar - bilim va axborot birinchi o‘rinda turishi bilan tubdan farq qiladi. Axborot va bilim olish, ularga ishlov berish hamda ularni saqlash va yetkazish jarayonida jamiyat a’zolarining aksariyati band bo‘ladi. Axborotlashgan jamiyatda axborot tayyorlash moddiy ishlab chiqarishni siqib chiqarmaydi, balki uning negizida shakllanib, bu soha rivojiga turtki bo‘ladi43 . 2006 yilning BMT Bosh Assambleyasi Butun jahon axborot jamiyati yili deb e’lon qilinishi ham hozirgi kunda jamiyat axborotlashuvining ahamiyati ortib borayotganligidan dalolat beradi. Hozirgi davrda dunyodagi barcha davlatlarning axborotlashgan jamiyat tomon intilishi kuzatilmokda.