Mavzu: Aholi daromadlari uning turlari va shakllanish manbalari. Reja


Jahon xo‘jaligi va uning evolyutsiyasi. Jahon bozori. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari



Yüklə 177,41 Kb.
səhifə5/10
tarix27.12.2023
ölçüsü177,41 Kb.
#200259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Aholi daromadlari uning turlari va shakllanish manbalari.

3. Jahon xo‘jaligi va uning evolyutsiyasi. Jahon bozori. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari

Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi rivojining muhim tamoyili milliy xo‘jaliklarning baynalminallashuvi, shu asosda jahon xo‘jaligi va avvalo jahon bozorining shakllanishi va rivojlanishidan iborat. Har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi, uning milliy xo‘jaligi ko‘p darajada nafaqat bu mamlakatning ichki imkoniyatlari bilan, balki uning xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimotida qatnashish darajasi va miqyosi, butun insoniyat resurslari bilan aniqlanadi.


Ushbu bobda jahon xo‘jaligining tarkib topishi, bunda ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlarining o‘rni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, jahon infratuzilmasining rivojlanishi, jahon xo‘jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish masalalari bayon etiladi. Xalqaro integratsiyaning mohiyati, maqsad va shakllari bayon etiladi. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning turlicha nazariyalari tahlil etilib, jahondagi asosiy integratsion guruhlar ko‘rib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotning dunyo mamlakatlari bilan bog‘langan murakkab iqtisodiy munosabatlari tizimida xalqaro savdo munosabatlarining tutgan o‘rni tahlil qilinib, xalqaro savdoning rivojlanishi, omillari va tuzilishi qarab chiqiladi. Xalqaro munosabatlarning moliyaviy yoki valyutaga oid tomonlari bayon etiladi. Xalqaro vayuta-kredit munosabatlari, valyuta tizimi, valyuta kursi va valyuta siyosati, ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bayon etiladi.

1. Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari


va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi
Jahon xo‘jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo‘jaliklari tizimidir.

Jahon xo‘jaligi sub’ektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:


- o‘z ichiga xalq xo‘jaligi majmuini oluvchi davlat;
- transmilliy korporatsiyalar;
- xalqaro tashkilot va institutlar;
- milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo‘jalik barcha sohalari tarkibidagi firmalar.

Jahon xo‘jaligi milliy xo‘jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi. Jahon bozorining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini yetkazib beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o‘rtasida sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi.


Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining turli-tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash imkonini bermaydi. Shunga ko‘ra, mazkur maqsadda bir necha asosiy ko‘rsatkich va mezonlardan foydalaniladi: mutlaq va nisbiy YaIM; milliy daromad va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi miqdori; milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi; mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi; aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar.
Jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi shunday davrlarga to‘g‘ri keladiki, bu davrda ishlab chiqarish omillarining harakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan o‘sib chiqadi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat taqsimotining shakllanish jarayoni tezlashadi. Bu shundan guvohlik beradiki, xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvini ko‘p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish mantiqi taqozo qiladi, ya’ni u milliy chegaradan o‘sib chiqadi va ob’ektiv ravishda ishlab chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo‘yadi.

Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – bu mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olish jarayoni hisoblanadi.


Barcha iqtisodiy jarayonlarning baynalmillalashuvi natijasida jahon xo‘jaligining quyidagi tarkibi vujudga keldi:

  1. tovar va xizmatlar jahon bozori;

  2. kapitallar jahon bozori;

  3. ishchi kuchi jahon bozori;

  4. xalqaro valyuta tizimi;

  5. xalqaro kredit-moliya tizimi.

Milliy xo‘jaliklar va ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakllangan jahon xo‘jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi.


Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo‘naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib keladi.


Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to‘ntarishidan keyin, ya’ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy xo‘jaliklar doirasidan tashqariga o‘sib chiqa boshlagach, ularning negizidan barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o‘z ichida oluvchi umumjahon xo‘jaligi doirasida rivojlanmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o‘n yilliklarda yangi texnologik asoslarga o‘tish jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi bilan birga bordi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o‘zining har ikkala shaklida: integratsion (milliy xo‘jaliklarning yaqinlashuvi, o‘zaro moslashuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi.
Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni ham muhim o‘rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular jahon xo‘jaligi sub’ektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi xatti-harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi.
Shuningdek, bu tushunchalar bir-biridan farq qilib, ular bir xilda bo‘lmagan xo‘jalik birlashmalari miqyoslarini ifodalaydilar. Baynalminallashuv – bu jahon xo‘jaligining bir necha sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichidir. Globallashuv (lotincha globus – yer kurrasi) jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.
Globallashuv jararyonining quyidagi yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
– mulkchilik munosabatlarining globallashuvi;
– kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o‘tish;
– xo‘jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi;
– xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi rolini rivojlanishi.
Shuningdek, jahon xo‘jaligi globalashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat:
1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi;
2) boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasidagi farqning kuchayishi;
3) ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi;
4) turli mamlakatlarda aholi sonining o‘zgarishining farqlanishi.
2. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar – bu jahonning turli mamlakatlari o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalari majmuidir.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni ba’zida tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo‘jaligi aloqalari deb ham atalib, ular quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
- tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi;
- kapital va chet el investitsiyalarining harakati;
- ishchi kuchi migratsiyasi;
- ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi;
- fan va texnika sohasidagi ayirboshlash;
- valyuta-kredit munosabatlari.
Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo‘jaliklarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bog‘liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi.
Kapitalning xalqaro harakati - bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilishi. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi:
- xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo‘li bilan harakati ko‘pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi;
- pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, patentlar, nou-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo‘lishi mumkin;
- qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida;
- ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o‘z ifodasini ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chib o‘tishida topadi.
Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya – mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib ketishni, immigratsiya – mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi. Xalqaro migratsiya shuningdek repatriatsiya – ya’ni fuqarolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o‘z ichiga oladi.
Xalqaro migrantlar beshta asosiy toifaga ajratiladi:

  1. immigrantlar va noimmigrantlar;

  2. shartnoma bo‘yicha ishlashga kelgan migrantlar;

  3. nolegal, yashirin immigrantlar;

  4. boshpana so‘rovchi shaxslar;

  5. qochoqlar.

Fan-texnika yutuqlari bilan xalqaro ayirboshlash bir qator shakllarda amalga oshiriladi. U ilmiy-texnikaviy axborotlar, mutaxasislar, fan sohasi xodimlari bilan ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklarni litsenziya asosida berishni, ilmiy-tadqiqot ishlari o‘tkazishni, umumiy fan-texnika va texnologiyani ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma tadbirkorlikni o‘z ichiga oladi.
Ilmiy-texnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri xalqaro injiniring hisoblanadi. Xalqaro injiniring bir davlat tomonidan boshqasiga sanoat va boshqa ob’ektlarni loyihalashtirish va qurish jarayoniga kerakli hisob-kitob loyihalarini berish hamda injenerlik-qurilish xizmati ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi.



Yüklə 177,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin