Ko'p o'lchovli massivlar Massivlar daraja yoki o'lchamlar soni kabi tushuncha bilan tavsiflanadi . Yuqorida biz bir o'lchamga ega bo'lgan (ya'ni ularning darajasi 1) massivlarni ko'rib chiqdik - bunday massivlarni elementning qatori (satr yoki ustuni) sifatida ko'rsatish mumkin. Lekin massivlar ham ko'p o'lchovli bo'lishi mumkin. Bunday massivlar 1 dan katta o'lchamlarga (ya'ni darajaga) ega.
Ikki o'lchamli (darajali 2 ga teng) bo'lgan massivlar ikki o'lchovli deyiladi. Masalan, bir xil elementlarga ega bo'lgan bir o'lchovli va ikki o'lchovli massivlarni yaratamiz:
int[] nums1 = new int[] { 0, 1, 2, 3, 4, 5 }; int[,] nums2 = { { 0, 1, 2 }, { 3, 4, 5 } };
Xulosa
Axborot texnologiyalarining misilsiz taraqqiyoti dunyo miqyosida yaxlitaxborotlashgan jamiyat shakllanishiga olib keldi. Ana shunday sharoitda, Respublikamizda ham bugungi kunda axborot tizimi rivojlanmoqda. Kurs ishni bajarishimning asosiy maqsadi ham axborot tizimini rivojlantirishni mukammal o’rganib kelajakda butun dunyo stadartlarija javob beradigan axborot tizimini yaratishdir.
O’z dasturimni tayyorlash jarayonida shunga amin bo’ldimki, har bir dasturchi, o’z dasturini tuzar ekan, avvalambor uning foydalanuvchiga tushunarli, boshqarishga oson, hamma qismlari puxta hisob-kitob qilingan, dasturda yuz berishi mumkin bo’lgan xatoliklarni oldi olingan, dasturning yashash sikli hisobga olingan bo’lishi lozim ekan. Shundagina yaratilgan dastur foydalanuvchiga uzoq muddat, samarali hizmat qilishi mumkin.
Takrorlanuvchi jarayonlarni shart asosida dasturlashda for, while yoki do…while operatorlaridan foydalaniladi. Ushbu operatorlarning qay biridan foydalanish afzalligini esa masala shartidan bilishimiz mumkin. Takrorlanish jarayoni necha marta amalga oshishini avvaldan bilgan holda for operatoridan, boshqa hollarda esa, while yoki do…while operatoridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Boshqaruvni uzatish operatorlari esa biror takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlashda, yoki istisnoli vaziytlarda qo’llash uchun juda qulaydir. Ushbu operatorlar yordamida biz, bajarilayotgan jarayonda algoritmning istalgan qismiga o’tishimiz yoki takrorlanayotgan siklni to’xtashimiz yoxud uni bir muddatga to’xtatib, qayta takrorlashimiz mumkin bo’ladi. Ammo, eng asosiysi, biror masalaning yechimini topish uchun unga mukammal algoritm ishlab chiqish lozim. Algoritm to’g’ri va puxta tuzilsa, nafaqat C#, balki, ixtiyoriy dasturlash tilida ham oson dastur tuza olishimiz aniq.
Foydalanilgan adabiyotlar C# dasturlash tilida fayllar bilan ishlash (uslubiy qo’llanma)