Continue – prosedurasini har qanday sikl operatoriga qo`llash mumkin. Bu prosedura sikl parametrining keyingi qiymatni qabul qilishini taminlaydi. Boshqacha so`z bilan aytganda sikl tanasi tugatiladi. Bunda siklning o`zi tugatilmaydi.
Misol: n natural soni berilgan. Birdan n gacha bo`lgan sonlar yig`indisini hisoblovchi programma tuzilsin.
program sikl;
var i,n,s; integer;
begin
write('N='); ReadLn(n);
s:=0;
For i:=1 TO n DO
s:=s+i;
WriteLn('Yig`indi=',s);
ReadLn;
end.
Ayrim paytlarda sikl parametri o`sib borish emas, kamayib borish tartibida o`zgartirish mumkin.