Ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar . Ba’zan, takrorlanuvchi algoritmlar bir nechta parametrlarga bog‘liq bo‘ladi. Odatda bunday algoritmlarni ichma-ich joylashgan algortmlar deb ataladi.
Misol sifati berilgan nxm o‘lchovli aij –matritsa elementlarining yig‘indisini hisoblash masalasini qaraylik.
Bu yig‘indi hisoblash uchun, i ning har bir qiymatida j bo‘yicha ko‘paytmani hisoblab, avval yig‘indi ustiga ketma-ket qo‘shib borish kerak bo‘ladi. Bu jarayon quyidagi blok–sxemada aks ettirilgan. Bu yerda i-tashqi sikl - yig‘indi uchun, j-esa ichki sikl-ko‘paytmani hosil qilish uchun foydalanilgan.
10-rasm. Ichma-ich joylashgan siklik algoritmga doir blok-sxema
Har bir inson xayotida sodda yoki murakkab bo’lgan ko’plab masalalar uchrab turadi. Bu masalalarni ma’lum qoida va instruktsiyalarga asoslangan xolda echish mumkin. Ko’pgina masalalarni echishni inson texnik qurilmalar-avtomatlar, exm, robotlarga topshirishi mumkin.Ikkala xolda ham qo’yilgan masalani echish uchun, avval uning algoritmini tuzish zarur.
A l g o r i t m deb, qo’yilgan masalani echishga karatilgan amallar ketma-ketligini bajarish uchun tushunarli va aniq ko’rsatmalarni berishga aytiladi. Algoritm so’zi, arifmetik amallarni bajarish qoidalarini bayon kilgan, IX asrning buyuk matematigi Al-Xorazmiy nomining lotincha shaklidan kelib chikkan. Dastavval algoritmlar deganda ko’p xonali sonlar bilan turt arifmetik amal bajariladigan qoidalar tushinilar edi. Keyinchalik bu tushuncha qo’yilgan masalani echishga olib keladigan qoida va amallar ketma-ketligini belgilash uchun qo’llanila boshladi.
Algoritm quyidagi xossalarga ega : uzluklilik, aniqlik, natijaviylik va ommaviylik.
Uzluklilik : Dastlabki berilgan ma’lumotlarni natijaga aylantirish jarayoni uzluksiz ravishda amalga oshiriladiki bunda vaqtning har bir keyingi keladigan daqiqasiga mikdor (kattalik) larning qiymati vaqtning shunday oldingi daqiqasida bo’lgan mikdorlar qiymatidan ma’lum bir qoidalar buyicha olinadi.
Aniqlik : Algoritmning har bir qoidasi aniq va bir qiymatli bo’lishi zarurki bunda vaqtning biror daqiqasida olingan mikdorlar qiymati vaqtning shundan oldingi daqiqasida olingan mikdorlar qiymati bilan bir qiymatli aniqlangan bo’ladi.
Natijaviylik . Algoritm masalaning echilishiga chekli soniga qadamlar ichida olib kelishi yoki masalani echib bo’lmaydi degan xabar bilan bilan tugashi kerak.
Ommaviylik . Masalaning echish algoritmi shunday yaratilishi kerakki uni faqat boshlangich ma’lumotlar bilan farqlanadigan masalalarni echish uchun ham qo’llanilishi kerak. Bunda boshlangich ma’lumotlar algoritmni qo’llash soxasi deb ataladigan birorta soxadan olinadi.