Efirli ekstrakti potash bilan quritilib haydaladi va kolbada qolgan organik asosning yig’indisi pipetkasimon qilib tayyorlangan shisha moy yordamida ikki yonida yopiq o’simtasi bo’lgan 3-5 ml sig’imli haydash kolbaga solib, paraffin hammomi bilan vakuumda haydaladi. Distillat oldindan tortilgan pipetkasimon nayga yig’ilib, uning miqdori aniqlanadi va olingan modda shu idishning o’zida kavsharlangan holda saqlanadi ( nikotin - zahar). Bu olingan asosning tarkibida oz miqdorda bo’lsa ham boshqa alkaloidlar bo’ladi. Nikotinning qaynash temperaturasi 247,30C ( 760 mm sim .ust), 1200C ( 14mm). Yangi haydalgan nikotin rangsiz, hidsiz moysimon suyuqlik bo’lib , u turishi bilan yopishqoq holga kelib qorayib ketadi. Nikotin ko’p organik erituvchilarda va suvda yaxshi eriydi.

Xininning ammiak va bromli suv bilan o’zaro ta'siri Probirkaga 2 ml suv, 0,5 ml dan xiningidroxlorid eritmasi,ammiak, va 1 ml bromli suv quying.Aralashmani qattiq chayqating, u asta-sekin ko’k-yashil ranga bo’yala boshlaydi. Bunda sodir bo’ladigan jarayonni quyidagi kimyoviy reaksiya bilan ifodalash mumkin: Xinin molekulasida xinolin va piperidin xalqalari bor. Xinin gidroxlorid eritmasi bromli suv va ammiak bilan yashil rangli eritma hosil qiladi.