Uglevodorodlarning tabiatda uchrashi va olinishi. Alkanlar tabiatda keng tarqalgan moddalar bo`lib, ularning quyi vakillari yer qobig`idan chiqadigan tabiiy gazlarning asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi. Neft ham to`yingan uglevodorodlar aralashmasining asosiy tabiiy manbai hisoblanadi. Tog` mumi, ya`ni ozokerit qattiq parafirinlar aralashmasidir. Bundan tashqari, to`yingan uglevodorodlarning ba`zi vakillari o`simliklardan ham ajratib olingan. Lekin individual ugledorodlarni tabiiy manbalardan, jumladan, neft va uning kreking mahsulotlaridan sof holda ajratib olish ko`p mehnat talab qiladigan qiyin ishdir.
Bu reaksiya birlamchi galoid alkillar bilan o’tkazilganda yaxshi natija beradi. Ikkilamchi, uchlamchi galoid alkillardan foydalanilganda esa qo’shimcha mahsulotlar hosil bo’lishi hisobiga kerakli uglevodorodning hosil bo’lish miqdori kamayib ketadi. Natriy metali o’rniga litiy, rux, magniy kabi metallardan ham foydalanish mumkin.
Bulardan tashqari to’yingan uglevodorodlarni metall karbidlariga suv ta’sir ettirib, karbon kislotlar va ularning tuzlarini elektroliz qilib, metall oragnik birikmalardan ham olish mumkin.
To’yingan uglevodorodlar neftni qayta ishlash vaqtida ko’p miqdorda hosil bo’lganligi va tabiatda tayyor holda mavjud bo’lganligi sababli yuqoridagi usullar bilan deyyarli olinmaydi.