O‘zbek tilida so‘z yasash yo‘llari haqida Soʻz yasalishi — muayyan tilda mavjud boʻlgan usullar, namuna va qoliplar asosida, maʼlum vositalar yordamida yangi soʻz hosil qilish (soʻz xrsil qilinishi). Masalan, affiks yordamida Soʻz yasalishi (soʻzQla > soʻzla, maza Q li >mazali), „qil“ yordamchi feʼli yordamida Soʻz yasalishi (tasdiq qilmoq, rohat qilmoq). Bu yerda „yasalish“ soʻzi „yasamoq“ feʼlining majhul nisbat shakli hisoblanadi va jarayonni ifodalaydi; birikmaning oʻzi esa lingvistik termin emas; 2) tilshunoslikning „Fonetika“, „Leksikologiya“ga oʻxshash alohida sohasini (boʻlimini) bildiradi. Masalan, oʻzbek tili morfologiyasi, oʻzbek tili sintaksisi, oʻzbek tili soʻz yasalishi. Bu oʻrinda „Soʻz yasalishi“ birikmasi tilshunoslikka oid termin hisoblanadi. Tilshunoslikning bu boʻlimida yangi yasama suzlarning paydo boʻlishi va buning shartsharoitlari, yasama soʻz tarkibiy kismlarining (Soʻz yasalishi asosi soʻz yasovchining) mohiyati, shuningdek, Soʻz yasalishi bilan bogʻliq boshqa tushuncha va hodisalarning mohiyati oʻrganiladi. Masalan, Soʻz yasalishi maʼnosi, Soʻz yasalishi tipi va qolipi, Soʻz yasalishi meʼyori, Soʻz yasalishi imkoniyati, Soʻz yasalishi dagi mahsullilikmahsulsizlik hodisasi, Soʻz yasalishi ning asosiy usullari, vositalari va boshqa Shu asosda tilning Soʻz
yasalishi tizimi tagʻlil etiladi.
Hozirgi oʻzbek tilida yasama soʻzlar, asosan, affikslar yordamida hosil
qilinadi, yaʼni morfemaning bir turi soʻz yasash uchun xizmat qiladi. Har
qanday yasama soʻzning tarkibi Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchidan
iborat boʻladi: huquqshunos (huquq — Soʻz yasalishi asosi, shunos — soʻz
yasovchi), tekislamoq (tekis — Soʻz yasalishi asosi, la— soʻz yasovchi).
Soʻz yasalishi asosi yasama soʻz boʻlishi ham mumkin: bilimli (bilim — Soʻz
yasalishi asosi, li — soʻz yasovchi). Oʻzbek tilida faqat mustaqil soʻzlardan,
ularning ham ot, sifat, feʼl turkumiga oid soʻzlardan yangiyangi soʻzlar
yasaladi. Demak, mustaqil suz turkumlaridan faqat ot, sifat va feʼl
turkumlarigina Soʻz yasalishi tizimiga ega. Oʻzbek tili lugʻat (leksik)
tarkibining boyishi, rivojlanishida Soʻz yasalishining muhim oʻrni bor.
Xulosa Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, jamiyat doimo taraqqiyotda ekan, til ham taraqqiy qilib boraveradi. Jamiyatda bo`lgan o`zgarishlar tilga ta`sir etmay qo`ymaydi. Mustabid tuzum (sho`ro)davri madaniyatimizga keskin ta`sir o`tkazgan edi.O`zbek tili mavqeyi pasaygan(rus tiliga e`tibor kuchaygan davr) bir bosqichda grammatikadagi milliy xoslikka ahamiyat berilmadi. Yaratilgan darslik, o`quv qo`llanmalarda ilmiy qarashlar rus tili grammatik talqinlari asosida berilar edi. Jumladan, so`zlarni turkumlarga ajratishda ham an`ana bo`lgan tamoyillar, miqdor(6ta mustaqil so`z turkumi...) kabilarga tayanildi. Zero har bir tildagi so`zlar o`zining grammatik belgisi va semantik xususiyatiga qarab turli guruhlarga bo`linadi. Grammatik qurilishi jihatidan har xil bo`lgan tillardagi so`zlarning semantik-grammatik xususiyatlari, qo`llanish doirasi, o`zaro birikishi, boshqa belgilari doimo bir xil bo`lmaydi. Qolaversa, so`zlarni turkumlarga ajratishda hamma tillar uchun umumiy bo`lgan yagona bir tamoyil bo`lishi mumkin emas. Muayyan bir tilda so`zlarni turkumlash shu tilda so`zning o`ziga xos ma`nosi, grammatik xususiyati, so`z yasalish tizimi va so`zlarning o`zaro birikish qobiliyati asosida ishlab chiqilishi lozim. Zeroki, hatto qardosh tillar orasida ham so`z turkumlari va ularning ichki guruhlarini ajratishda ham jiddiy farq bo`lishi mumkin.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga so’z turkumlarini o’rgatish jarayoni juda qiziq jarayon bo’lib ,unda o’qituvch har bir mavzuga kreativ yondoshgan holda turli interfaol metodlardan, didaktik o’yinlardan,axborot kommunikatsiya texnologiyalaidan va multimedia vositalaridan foydalangan holda tashkil etishi mumkin. Buning uchun esa o’qituvchidan kreativlik,yngicha yondashuv, bilim va shijoat bo’lishi lozim.O’qituvchi ko’plab metodlar va o’yinlarni bilsa-yu,lekin,ulardan to’g’ri foydalana olmasa katta samaraga erishish mumkin bo’lgan darslar ham teskari tarafga o’zgarib ketishi,o’quvchilarning darsda zerikishlari va mavzuga bo’lgan qiziqishlarini susaytirib yuborishi hech gap emas. O‘yinlar maqsadiga ko‘ra guruh bo‘lib ishlash uchun sog‘lom muhit tashkil etishga qaratilgan o‘yinlar, umumiy qiziqishlarni aniqlashga yo‘naltirilgan o‘yinlar, guruhning birligini qo‘llab-quvvatlovchi o‘yinlar, o‘zaro bog‘lovchi o‘yinlar, rag‘batlantiruvchi o‘yinlar, ijodkorlikni rag‘batlantiruvchi o‘yinlar, yakunlovchi o‘yinlar kabilarga bo‘linadi. Didaktik o‘yinlardan: “Bingo”, “O‘zligingni angla”, “O‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashish”, “Tinglang va xulosa chiqaring”, “Berilgan mavzu (jumla) asosida muzokaraga kirishish”, “Tashqi qiyofani o‘zgartirish va o‘rtog‘idagi o‘zgarishlarni topish”, “Popurri yoki ijodiy mashqlar”, “O‘z o‘rningni top”, “So‘zdan so‘z”, “Quvnoq ekspress”, “Menga baribir”, “Zanjir”, “Juftini bilasizmi?” kabi didaktik o‘yin turlarini tavsiya etamiz.
Ma’lumki, ta’lim bosqichlari ona tili darslarida qo‘llaniladigan o‘quv topshiriqlarining muayyan qismini o‘yin topshiriqlari tashkil etadi. Til hodisalarini o‘rganishda o‘yin vaziyatini yaratish yoki o‘yin darslari tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ona tili fani ko‘p mavhum tushunchalar, ta’rif, qoida va xulosalar bilan ish ko‘radiki, ularni xotirada saqlab qolish zarur paytda amaliy faoliyatda qo‘llash o‘quvchiga qiyinchilik tug‘diradi. O‘quvchi har bir o‘rganilayotgan til hodisasini o‘zining aqliy faoliyatidan o‘tkazsa, bu hodisalar ustida mustaqil ijodiy ishlar bajarsa, aqliy faoliyat usullari: kuzatish, taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi bosqichlarni bosib o‘tsagina, u o‘rganilishi ko‘zda tutilgan til hodisalarining mohiyatini puxtaroq anglardi va uni o‘rganishga qat’iy kirishadi-yu o‘yin-topshiriqlar ham o‘quvchidan xuddi mana shu bosqichlarni bosib o‘tishni talab etadi va uni ta’lim jarayonining subyektiga aylantiradi.