Mavzu: Analitik kimyo fanining texnologiyadagi ahamiyati Reja


Analiz usullariga qo'yiladigan talablar



Yüklə 42,39 Kb.
səhifə5/6
tarix19.05.2023
ölçüsü42,39 Kb.
#116870
1   2   3   4   5   6
Analitik kimyo

Analiz usullariga qo'yiladigan talablar
Analiz usullarining barchasi to'g'rilik va qayta takrorlanuvchanlikni ta'minlashi kerak. Shuning uchun ularning har biri aniq va to'g'ri bajarilishi lozim. Odatda, moddalarni topish deganda, biz sifat analizini, aniqlash deganda esa miqdor analizini nazarda tutamiz.
Tarkibiy qismlarni topish uchun sezgirligi yuqori bo'lgan selektiv usullardan foydalaniladi. Bunda kimyoviy reaksiyaning oxirigacha borishi shart emas, balki reaksiya sezilarli analitik belgi bilan sodir boʻlsa, bas. Moddalarni aniqlash usullarida esa, jarayon to'liq borib, miqdoriy sodir bo'lishi shart. Bunda moddaning tarkibi bilan uning xossalari orasidagi bog'liqlik tekshiriladi.
Analiz usullari topishning pastki chegarasi, selektivlik, tezkorlik (ekspreslik), soddalik, arzonlik va avtomatlashtirishga moslik bilan ajralib turishi kerak. Ayrim moddalarning ma'lum qismi analiz qilinsa (lokal), ayrim moddalar radioaktiv, zaharli yoki portlovchi bo'lganligi uchun ularni uzoqdan turib (distansion) analiz qilishga to'g'ri keladi. Bular analitik kimyoning rivojlanish tendensiyalarini tashkil etadi. Ko'p hollarda bularni amalga oshirish asboblashtirilgan usullarni qo'llashni talab etadi. Asbobli usullarni esa avtomatlashtirish oson boʻladi. Tabiatda toza, tarkibi bir xil moddadan iborat obyektlar deyarli yo'q, ular doimo murakkab tarkibli bo'ladi, shuning uchun analitikada aralashmalar analizi muhim yo'nalishlardan biri hisoblanadi. Ayrim hollarda (radioelektronika, kosmonavtika, yarim o'tkazgichlar, telemexanika va boshqa sohalarda) toza moddalar analizi muhim bo'lib qolishi ham mumkin. Hozirgi analiz usullari ancha hisoblashlarni, chizmalar tuzishni, natijalarni statistik ishlashni talab etganligi uchun analizni matematika va hisoblash texnikasi - kompyuterlar bilan bog'lash muhimdir. Biz yuqorida aytib o'tgan analiz usullari turli xil bo'lganligi, turli xossa va xususiyatlarga egaligi uchun ularning yagona nazariy bazasi boʻlishi kerak. Bu nazariy baza analitik kimyoning negizini tashkil etadi.
Analitik kimyo: texnika, geologiya, geokimyo, biologiya, meditsina, agrokimyo, tuproqshunoslik va shu kabi fanlarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Analitik kimyoning boshqa fanlar bilan aloqalari har tomonlama keng boʻlib, u boshqa fanlar va texnikadan turli yangi tamoyillar va qonuniyatlarni olib, ularni analiz usullari darajasiga ko'taradi. Kimyoviy analiz usullarining rivojlanishi uchun anorganik, organik, fizikaviy, kolloid va kristallokimyo singari kimyoviy fanlar yutuqlari, fizikaviy usullarning ravnaqi uchun fizika, elektronika, spektroskopiya, yarim o'tkazgichlar fizikasi va boshqa sohalarning yutuqlaridan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda fundamental tadqiqotlar amaliy ishlar bilan birlashib ketgan. Shu sababli ham ular orasidagi farqlar asta-sekin kamayib bormoqda. Analitik kimyoni koʻproq amaliy fan sifatida qarash tendensiyasi mavjud. Aslini olganda bu toʻgʻri emas. Bu analitik kimyo bilan analitik xizmatning farqiga bormaslik natijasidir. Ishlab chiqarish korxonalari analitik xizmat bilan ta'minlangan boʻlishi kerak. Ishlab chiqarishda, ko'pincha, tadqiqot ishlari olib borilmasdan, tayyor usul va vositalardan foydalaniladi. Bu usul va vositalar esa jiddiy tadqiqotlarsiz yuzaga kelishi mumkin emas.
Analitik kimyoning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni aytib o'tish mumkin: ma'lum analiz usullarining nazariy asoslari va amaliyotining takomillashishi hamda ravnaqini ta'minlash; fan va sanoatning talablariga javob beradigan yangi analiz usullarini yaratish, ularning nazariy asoslarini ishlab chiqish, avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan analitik metodikalar va sistemalarni yaratish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish; ayrim obyektlar tarkibidagi moddalarning tarkibiy qismlarini (elementlar, ionlar, funksional guruhlar) intensiv aniqlash usullarini ishlab chiqish; murakkab aralashmalar tarkibidagi moddalarni ajratishning mukammal usullarini yaratish, ilmiy tadqiqot ishlarining kimyoviy analitik nazorat qilinishini ta'minlash; moddalar tarkibidagi asosiy (bosh) tarkibiy qismlar (100-1 %) ni va begona moddalarning zarrasini (kirishmani) (108-10-12 %) topishga imkon beradigan usullar yaratish; atrof-muhit monitoringini, olinadigan har bir natijaning to'g'ri, aniq va qayta takrorlanuvchan bo'lishini ta'minlash; moddalarni analiz qilishning tez, arzon va aniq usullarini yaratish; moddalarning tuzilishini, turli obyektlarda tarqalishini aniqlashga imkon beradigan usul, vosita va metodikalar ishlab chiqish.
Analitik kimyoning boshqa vazifalari ham borki, ular har bir konkret sharoit bilan bog'liq bo'lishi va shu asosda o'z yechimini topishi mumkin. Shunday qilib, bugungi analitik kimyo tarkibini analiz qilishning nazariy asoslarini, kimyoviy elementlar va ular birikmalarini topish (identifikatsiya qilish) hamda aniqlash usullarini rivojlantiradigan, shuningdek, turli anorganik va organik birikmalarning kimyoviy tuzilishi va har xil obyektlardagi lokal taqsimlanganligini o'rganuvchi usullar haqidagi fandir.


Yüklə 42,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin