Mavzu: An’anaviy hamda Bozor Iqtisodiyoti orasidagi farq



Yüklə 15,54 Kb.
tarix25.04.2023
ölçüsü15,54 Kb.
#102308
Mikroiqtisodiyot


Mavzu: An’anaviy hamda Bozor Iqtisodiyoti orasidagi farq.
Hozirgi davrda kelib har bir soha o’z ichida tarmoqlanib , o’zining ma’lum bo’laklarga bo’linib ketmoqda. Shular qatori Iqtisodiyot sohasida ham kundan kunga yangiliklar bo’lyapti. Iqtisodiy tizim--- umumiy iqtisodi tuzulmani tashkil etuvchi o’zaro bog’liq elementlar yig’indisidir. Iqtisodiy tuzulmaning 4 turini ajratish odatiy xoldir . bular asosiy 4 turga bo’linadi:
1. An’anaviy Iqtisodiyot
2.Buyruqbozlik Iqtisodiyot
3.Bozor Iqtisodiyot
4.Aralash Iqtisodiyot
Iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir.
Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi.
An’anaviy iqtisodiyotda esa deyarli hamma mamlakatlar bosib oʻtgan tarixiy tizimdir. U hozirgi davrda ham koʻplab iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda mavjud boʻlib, ularda urf-odatlar, udumlarga, anʼanalarga asoslangan iqtisodiy jarayonlarga amal qiladi.
Bozor iqtisodiyoti da pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul bilan bogʻliq boʻlmagan insoniy munosabatlar: mehrshafqat va xayr-ehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi.
An’anaviy iqtisodiyotda esa ularda natural yoki mayda tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Bu erda ishlab chiqarish, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan oʻrnatiladigan urf-odatlarga asoslanadi. Merosxoʻrlik va sulola (tabaqa) shaxslarning iqtisodiy rolida hukmronlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy turgʻunlik aniq ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni joriy qilish keskin cheklangan, chunki ular anʼanalar bilan ziddiyatli hisoblanadi va ijtimoiy tuzum barqarorligiga xavf tugʻdiradi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan diniy va madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi.
Bu erda shuni taʼkidlash lozimki iqtisod muammosini hal qilishning bir xil va umum tan olingan yechimi mavjud emas. Xar xil madaniyat va tarixiy oʻtmish, har xil urf-odat va anʼanalar, qarama-qarshi mafkuraviy qarashlarga ega boʻlgan turli jamiyatlar aniq iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun turli xil tartiblardan foydalanadi. Shunday ekan ikkala sohada o’zining ajralmas o’rniga ega .
Yüklə 15,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin