Mavzu. Antibiotiklar ishlab chiqarish biotexnologiyasi Reja: 1



Yüklə 175 Kb.
səhifə13/13
tarix02.06.2023
ölçüsü175 Kb.
#122990
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mavzu Antibiotiklar ishlab chiqarish biotexnologiyasi Reja 1

Interferonlar – hujayraning immun tizimini faollashtiruvchi, oqsil tabiatli biostimulyatorlardir. Bundan tashqari, ular virusga qarshi faollikka ega boʻlib, rak hujayralarini koʻpayishdan toʻxtatish xususiyatiga ega. Odam interferonlarining uch sinfi a, b va g ma’lum. Oʻtgan asrning 70- yillaridayoq, inson b-interferonini sintez qiluvchi gibrid DNKni bakterial hujayraga oʻtkazishga muvofiq boʻlingan edi. Oradan koʻp oʻtmay bunga oʻxshash konstruksiyalar a- va g- interferonlar uchun ham tuzildi. E. coli bakteriyasi hujayrasiga, bakterial triptofan yoki laktoza operoni va interferon geni saqlovchi, gibrid DNK oʻtkazilishi bilan u yoki bu xususiyatga ega boʻlgan interferon sintez qiluvchi bakteriya shtammlari yaratilgan edi. Keyinroq esa, shtammlarni hosildorligini oshirish hamda virusga qarshi xususiyatlarini koʻpaytirish maqsadida rekombinant DNKda modifikasiya (xususan ba’zi-bir aminokislotalarni almashtirish) qilindi va xoʻjayin hujayraning genotipi hamda ularni oʻstirish sharoitlari tanlandi. Har uch sinfga mansub interferonlar sintez qiluvchi bakteriyalar shtammlari Rossiyaning koʻpgina olimlari tomonidan ham yaratilgan edi. Xususan, a- va g- interferonlar shtammlari biorganik kimyo institutida b – interferon shtammi esa Rossiya FA Genetika va sanoat mikroorganizmlari seleksiyasi institutida yaratilgan edi. Interferonlar ishlab chiqarish uchun E. colidan tashqari Methylomonas, Salmonella, Pseudomonas kabi grammanfiy bakteriyalardan ham foydalanish mumkin. Masalan, Pseudomonas sp. shtammi asosida b – interferon ishlab chiqarish birinchilardan boʻlib Rossiyada yoʻlga qoʻyilgan edi. Interferon sintez qiluvchi achitqi zamburugʻlarini transmutantlari ham yaratilgan boʻlib, ularning bakterial shtammlardan ancha afzallik tomonlari ham bor. Xususan, achitqi zamburugʻlari arzon oziqa talab qiladi, faglar ta’siriga va lizisga chidamli, oson choʻkadi, eng muhimi preinterferonlar hosil boʻlishini toʻgʻri tashkil qiladi.
Interleykinlar – qisqa polipeptidlar boʻlib, ular organizmda immun javob tashkil boʻlishida qatnashadilar. Gen muhandisligi usullari asosida E. colining har xil tipga mansub, Interleykinlar ishlab chiqaruvchi shtammlari yaratilgan. Latviyada (Organik sintez institutida) Interleykin-2 sintez qiluvchi shtamm yaratilgan boʻlib, buyrak raki xastaligini davolashda keng ishlatilib kelinmoqda. Shuningdek, Interleykin – 1 sintez qiluvchi E. coli shtammi ham yaratilgan. Bu oqsil nafaqat immun reaksiya buzilganda shuningdek, ba’zi bir shishlarni qaytarishda ham ishlatilmoqda. Yuqori sifatli va yuqori faollikka ega boʻlgan dori-darmonlar ishlab chiqarish uchun oxirgi vaqtda gen muhandisligi usullaridan foydalanib bifunksional (ya’ni, ikki xil faollikka ega boʻlgan) oqsillar yaratilmoqda. Masalan, aminokislotalarning ketma-ketligi Interleykin-2 ga va makrofag hamda granulositlarni koloniyalarini mo’tadil qiluvchi faktorga oʻxshagan oqsil moddalardir. Tibbiyot uchun zarur boʻlgan oqsil peptid preparatlari ishlab chiqarish zamonaviy biotexnologiyaning eng gurkirab rivojlanayotgan yoʻnalishlaridan biri va bu yoʻnalishga rivojlangan mamlakatlar koʻplab mablagʻ ajratib turibdilar. Misol tariqasida raqamlarga murojaat etamiz: birgina AQSH davolovchi polipeptidlarni ishlab chiqarish uchun 1987 yil 568 mln. dollar; 1995 yil 1.117 mln. dollar ajratgan boʻlsa 2000 yilda bu raqam 100 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Nazorat savollari:



  1. 1.Antibiotiklar qanday fiziologik faol moddalar hisoblanadi?

  2. 2.Antibiotiklar ochilish tarixi haqida nimalarni bilasiz?

  3. 3. Antibiotiklar ta’sir mexanizmiga koʻra qanday guruhlarga boʻlinadi?

4. Sanoat sharoitida antibiotiklar olish texnologiyasi qanday tuzilgan?
5. Biologik faol mikrob oqsillari va garmonlari ishlab chiqarish haqida nimalarni bilasiz





Yüklə 175 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin