Mavzu: Asinxron rs va jk triggerlarning sxemasini sintezlash, bu turdagi triggerlarning ishlash tamoyili. Karno xaritasi jadvali. Reja: Asinxron rs va jk triggerlarning sxemasini sintezlash. Triggerlarning ishlash tamoyili



Yüklə 16,74 Kb.
tarix17.05.2023
ölçüsü16,74 Kb.
#115175
Trigger


Mavzu:Asinxron RS va JK triggerlarning sxemasini sintezlash, bu turdagi triggerlarning ishlash tamoyili. Karno xaritasi jadvali.

Reja:


  1. Asinxron RS va JK triggerlarning sxemasini sintezlash.

  2. Triggerlarning ishlash tamoyili.

  3. Karno xaritasi jadvali.


1.Trigger, sinxron trigger, asinxron trigger, sinxroimpuls, RS-trigger, JK-trigger, Dtrigger, DV-trigger, T-trigger, TV-trigger, triggerning o’tish (ishlash) jadvali, Veych–kartasi, De-Morgon qoidasi, uzatish funktsiyalari, xotira elementi, Karno kartasi, boshqaruvchi va inkorli kirish yo’llari.
Trigger- ikkita turg’un muvozanat xolatiga ega bo’lgan urilma bo’lib, ikkilik sanoq sistemasida ifodalangan informatsiyani ishlash, xotirlash uchun mo’ljallangan. Triggerlar - aktiv xotira elementi bo’lib, unda mantiqiy o’zgaruvchini ifodalash uchun ikkita kuchlanish satxi ishlatiladi. Umumiy xolda trigger xotirlovchi element (triggerning o’zi) hamda boshqarish sxemasi birikmasidan iborat bo’lib, bir necha mantiqiy elementlarni o’z ichiga olish mumkin. Kodlash printsipi bo’yicha triggerlar ikki keng guruhga - statik va dinamik triggerlarga bo’linadi: statik triggerlarda sxema turg’un holatlarining xar bir tok kuchining va kuchlanish satxlarining tafovuti bilan xarakterlansa; dinamik triggerlarda sxema holatilari ma’lum aMPlitudaga davomiylikka ega bo’lgan chiqish yo’li impulslari borligi yoki yo’qligi bilan xarakterlanadi. informatsiyani kiritish (yozish) usuli bo’yicha triggerlar asinxron va sinxron (taktlanuvchi) triggerlarga bo’linadi. - Asinxron triggerlarda har qanday vaqtda kirish yo’lidagi axborot xabarlar triggerning tegishli («1» yoki «0») holatini bir mahnoda aniqlaydi, yahni kirish yo’lidagi axborotning o’zgarishi trigger xolatini darxol (o’tish jarayoni tugashi bilan) o’zgarishiga olib keladi. - Sinxron (taktlovchi) triggerlar qo’shimcha kirish yo’liga ega bo’lib, bu yo’lidan sinxronlovchi (taktlovchi) impulslar beriladi. Sinxron triggerlarga informatsiya faqat navbbatdagi sinxronimpuls berilishi bilan kiritiladi. Trigger xolatining o’zgarishiga sinxronimpulsning qaysi qismi sabab bo’lishiga qarab sinxronimpuls satxi orqali boshqariluvchi va sinxronimpuls fronti orqali boshqariluvchi triggerlarni farqlaydi. Sinxronimpuls satxi orqali boshqariluvchi triggerlarda axborot sinxronimpuls davomiyligi mobaynida tahsir etadi. Mana shuncha vaqt ichida axborot xabarlarni o’zgarishi trigger holatining o’zgarishiga olib keladi. Bunday triggerlarda sinxronimpuls davomiyligi triggerning bir holatdan ikkinchi holatga o’tish vaqtidan kichik bo’lishi shart. Sinxronimpuls fronti orqali boshqariluvchi triggerlarda ularning yangi xolatiga mos chiqish yo’li xabarlari faqat sinxroimpulsning oldingi yoki keyingi fronti ta’siri davomida paydo bo’ladi. Satxi orqali boshqariluvchi triggerlar bir pog’onali va ikki pog’onali bo’lishi mumkin (MS - triggerlari). Ishlatiladigan turli sinxroni’mulg’slar soniga qarab bir taktli va ko’p taktli triggerlarni ajratish mumkin.
Boshqarish sxemasi bajaradigan mantiqiy funktsiyaga nisbotan integral triggerning keng tarqalgan turlari quyidagicha: - RS–trigger; - D–trigger; - T–trigger; - DV, TV - trigger - JK-trigger - Murakkab mantiqli triggerlar.
Yüklə 16,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin