Byudjet turlari va shakllarining soni cheksiz. Tuzilgan foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotdan, buxgalteriya balansidan farqli ravishda byudjetning qat’iy rioya qilinadigan standart shakli yo’q. Byudjetning tuzilishi, byudjet nima haqdaligiga, tashkilotning katta-kichikligiga, byudjetni tuzish korxonaning moliyaviy tuzilishiga integratsiya qilinganiga, byudjet tuzuvchilarning malakasiga va tajribasiga bog’liq.
Iqtisodiy adabiyotda byudjet ko’p hollarda ma’lum davrga, odatda bir yilga mo’ljallab, miqdor bilan, odatda pul bilan ifodalangan reja deb qaraladi.
Yangi mahsulot ishlab chiqarish, yangi texnika va yangi texnologiyani joriy etish kabi muhim o’zgarishlar bo’lgan qo’shimcha kapital sarflashni talab qiladigan hollarda byudjetlar besh yilga va undan ko’proq davrga tuziladi. Tobora ko’payib boradigan miqdordan byudjetda uzoq muddatli rejalashtirish vositasi sifatida foydalaniladi.