Mavzu: Asosiy vositalarni turkumlarga ajratish va baholash tartibi. Reja


Asosiy vositalar quyidagi baholarda baholanadi



Yüklə 13,3 Kb.
səhifə3/3
tarix25.10.2022
ölçüsü13,3 Kb.
#66207
1   2   3
Asosiy vositalar buxgalteriya

Asosiy vositalar quyidagi baholarda baholanadi:
amortizatsiyalanadigan qiymat - moliyaviy hisobotlarda faraz qilinayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda ko’rsatilgan aktivning boshlang’ich (tiklash) qiymati summasi;
amortizatsiya - foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va o’tkazish ko’rinishida eskirishning qiymat ifodasi;
foydali xizmat muddati - korxona aktivdan foydalanadigan vaqt davri yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo’ljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori;
boshlang’ich qiymat - to’langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig’imlarni), shuningdek aktivni undan mo’ljal bo’yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan yetkazib berish va montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo’yicha haqiqatda qilingan xarajatlarning qiymati;
joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo’yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o’rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo’lgan summa;
qoldiq (balans) qiymat - jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymati;
tugatish qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo’yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog’ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi.
Tayanch iboralar: tugatish qiymati, qoldiq (balans) qiymat, joriy qiymat, foydali xizmat muddati, boshlang’ich qiymat, amortizatsiyalanadigan qiymat.
Yüklə 13,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin