Mavzu: Atrof muhitda resurlarni taqsimlash vaqt davomiyligi va qazib olish narxi: Reja



Yüklə 22,55 Kb.
səhifə1/2
tarix02.06.2023
ölçüsü22,55 Kb.
#123550
  1   2
Atrof muhitda resurlarni taqsimlash vaqt davomiyligi va qazib olish narxi


Mavzu: Atrof muhitda resurlarni taqsimlash vaqt davomiyligi va qazib olish narxi:


Reja:

  1. Atrof muhitda resurlarni taqsimlash .

  2. Atrof muhitda vaqt davomiyligi.

3.Atrof muhitda resurlarni qazib olish narxi:

Tabiat insonning barcha hayotiy ehtiyojlarini qondiruvchi noyob va betakror manbadir. Insoniyat va tabiat o‘rtasidagi mavjud muvozanat esa shu qadar nozik, o‘zaro bog‘liq, o‘zaro tobe va shunchalar zaifki, gohida u yoki bu inqiroz, falokat yoki halokatning ibtidosini ilg‘ash juda mushkuldir. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050-yilga kelib, sayyoramiz aholisi 8,0 mlrdga yetadi. Mavjud noekologik texnologiyalar sharoitida bu atrof-muhit sifatining keskin yomonlashuvi, suv va havo havzalarining keskin ifloslanishi, tabiiy resurslarining kamayishi, ko‘plab murakkab iqtisodiy, energetik, oziq-ovqat hamda ijtimoiy-siyosiy muammolarga olib kelishini tushunish qiyin emas, hatto hozirda kunda bu kabi oqibatlarning shohidi bo‘lmoqdamiz. XXI asr chegarasida yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlab topish uchun zamonaviy muammolarni hal qilish va kelgusida ularning oldini olishga yo‘naltirilgan barqaror taraqqiyot konsepsiyasi ishlab chiqildi. “Barqaror taraqqiyot” atamasi (Sustainable Development) ingliz tilidan kelib chiqqan bo‘lib, uni turg‘un, qo‘llab-quvvatlanayotgan, avaylanayotgan, 6 davomli, uzluksiz rivojlanish deb tarjima qilish mumkin. Adabiyotda ushbu tushunchaning yuzdan ortiq ifodalarini uchratish mumkin. Uning ko‘p ishlatiladigan ifodasi 1987-yilda e’lon qilingan “Bizning umumiy kelajagimiz” mavzusidagi ma’ruzada keltirilgan. Unga ko‘ra, “Barqaror taraqqiyot” deganda hozirgi avlod hayotiy ehtiyojlarini kelgusi avlodlar ehtiyojlarini qondirishga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladigan rivojlanish tushuniladi.2 Hozirgi kunda butun dunyoda keng miqyosda tan olingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror taraqqiyot konsepsiyasi 1992-yilda Rio de Janeyroda tashkil qilingan, dunyo mamlakatlari rahbarlarining eng yirik uchrashuvlaridan biri sanalgan yig‘ilishda tasdiqlangan. Mazkur forumda ishtirok etgan 179 mamlakatning siyosiy va diniy rahbarlari, yuqori lavozimdagi vakillari o‘zlariga istiqbolda jahon taraqqiyotini barqarorlashtirish majburiyatini oldilar va bu iqtisodiy o‘sishni to‘xtatib qo‘yishni emas, balki kelgusi avlodlarning katta miqdordagi ehtiyojlarini ko‘zda tutadi. Agar insoniyatning barcha tarixiy tamadduni davomida butun tabiat va uning resurslari cheksiz va bitmastuganmasdek ko‘ringan bo‘lsa, sanoat taraqqiyoti davri, ya’ni oxirgi ikki asr bunday tasavvurning butunlay xato ekanligini isbotlab bergani tobora aniq va ravshan bo‘lib bormoqda. Ma’lumot uchun. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2030-yilga borib, global isish tufayli jahon iqtisodiyotiga yiliga 2 trillion AQSh dollari miqdorida zarar yetishi mumkinligini ma’lum qildi. Ma’lumki, iqlimning o‘zgarib borishi va uning atrof-muhitga ta’siri XXI asrning eng asosiy muammolaridan biri bo‘lib insoniyat oldida turgan jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Bunda antropogen holatning faol ta’siri ostida tuproq qatlami va biologik xilma-xillikni saqlab qolish muhim ahamiyatga ega. 2 World Comission on Environment and Development. Our common future. Oxford University Press, Oxford, 1987. 7 Yer iqlimi ham tabiiy ravishda, ham antropogen omillar ta’sirida o‘zgaradi. Iqlimiy sistemaning har bir tashkil etuvchisi turlicha vaqt shkalasi oralig‘ida o‘zaradi. Tabiiy iqlim o‘zgarishlarini bilish inson faoliyati tufayli kechadigan iqlim o‘zgarishi jarayonlarini chuqur anglab yetishga imkon beradi. Global harorat haqidagi sistematik kuzatish ma’lumotlari 1860-yil bilan chegaralanadi. Ular quruqlik yuzasida havo haroratini o‘lchash natijasida hamda dengiz yuzasi haroratini o‘lchash asosida olingan ma’lumotlarni qamrab oladi. Qadimgi iqlimiy sharoitlarni tiklash iqlimiy modellar asosida tuzilgan prognozlar uchun solishtirish mezoni sifatida xizmat qilishi mumkin. Muzlik davri iqlimini modellashtirish asosida “oldindan aytish” ni paleoklimatologik ma’lumotlar bilan solishtirish kelajakdagi iqlim o‘zgarishlariga taalluqli bo‘lgan va modellar asosida tuzilgan jarayonlarni ma’lum darajada tekshirishga imkon beradi. Hozirgi kunda yuqorida ko‘rib chiqilgan iqlimiy omillar asosida kuzatilayotgan iqlimiy o‘zgarishlar sabablarini tushuntirib beruvchi qator nazariyalar mavjud. Yerning geologik tarixi davomida butun Yer tabiati bilan birgalikda atmosfera tarkibi, uning massasi o‘zgargan, shu bilan birga materiklarning shakllari tog‘ sistemalarining konfiguratsiyasi va balandliklari quruqlik va okeanlar maydonlari ham o‘zgarib turgan. Quyosh yorituvchanligi, Yer orbitasi ekssentrisitetining tebranishlari va ekliptika tekisligiga nisbatan Yerning aylanish o‘qi qiyaligining o‘zgarishlari kuzatilgan. Shu bilan birga Yerning aylanish tezligi ham sekinlashgan. Oqibatda, bu holat, issiqlik almashinuvi, namlik almashinuvi va atmosfera sirkulyatsiyasi hamda iqlimning geografik omillarining o‘zgarishiga olib kelgan. Bularning barchasi Yerda iqlimning ko‘p karra o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. Ko‘plab tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, insoniyat sivilizatsiyasining gullagan vaqtidan buyon global harorat 1°C dan kamroq qiymatga o‘zgargan. Oxirgi yuz ming yillik davomida ekstremal va ba’zan tez ro‘y bergan iqlimiy tebranishlarga nisbatan bizning iqlimni osoyishta deb atash mumkin. 8 Atrof - muhit va tabiatni muhofaza qilish muammolari keskinlashib, o‘ta ziddiyatli tus olgan hozirgi davrda tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni muvozanatga keltirish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Tabiat, inson va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik muammosi abadiy muammolardan biridir. Tabiat jamiyatning yashash muhiti, uning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbayi hisoblanadi. Jamiyat tabiat rivojlanishining oliy bosqichi bo‘lib, alohida rivojlanish mazmuniga ega. Tabiat va jamiyat o‘zaro uzviy bog‘langan bir butun materiyaning ikki qismi, o‘ziga xos ijtimoiy ekotizim hisoblanadi. Tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqadorlik tizimida inson markaziy o‘rinni egallaydi. Inson bir vaqtning o‘zida ham tabiat, ham jamiyatning ajralmas qismi bo‘lib, bioijtimoiy mohiyatga ega. Modda va energiya almashinuvi tabiat mavjudligining asosidir. Materiya harakatining yuqori shakli bo‘lgan jamiyat tabiatning alohida “Insoniylashgan” qismi sifatida yashaydi va rivojlanadi. Jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida uning tabiatga bo‘lgan munosabati ham o‘zgarib borgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida insoniyat tabiatga sezilarli ta’sir o‘tkazmagan. Quldorlik tuzumida dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi tabiatga ta’sirining keskin kuchayishiga sabab bo‘lgan. Feodalizm tuzumida mehnat vositalarining takomillashuvi, aholi sonining ortib borishi natijasida insonning ta’sir doirasi kengayib borgan. Kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qaror topishi bilan fan va texnika rivoji, sanoat, transportning vujudga kelishi, tabiiy boyliklarning tezkorlik bilan o‘zlashtirilishi tabiatga bo‘ladigan ta’sirni yuqori darajaga yetkazdi. Atrof-muhitning zararli chiqindilar bilan ifloslanishi muammosi kelib chiqdi. Tabiat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos antropogen modda va energiya almashinuvi vujudga keldi. Antropogen modda almashinuvi xom ashyolarni tabiatdan oshig‘i bilan olinishi va zararli chiqindi holida atrof-muhitga tashlanishi, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi azaliy muvozanatning buzilishiga 9 olib keldi. Tabiat va jamiyat munosabatlarining rivojlanishida biogen, antropogen va texnogen (nanogen) bosqichlar ajratiladi. XX asrda insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan biri ekologik vaziyat hisoblanadi. Atrof-muhitni himoya qilish, ekologik me’yor, tabiiy boyliklarini kelgusi avlodlarga tejamkorlik bilan foydalanib yetkazish bugungi kunda dolzarb muammodir. O‘rmonlar, suv havzalari, tuproq, atmosfera havosi, o‘simlik va hayvon turlari kamayib borishining oldini olish uchun tabiatni o‘rganish lozim. Atrof - muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti faniga qiziqish insoniyatni dastlabki bosqichi boshlanishi bilan bog‘liq. Atrof – muhitning asosiy qarashlari asosan ekologiya to‘g‘risidagi juda ko‘p qiziqarli fikrlar, manbalar qadimgi misrliklar, hindular, tibetliklar davridagi Geraklit (mil. av. 530-470), Gippokrat (mil. av. 460-370), Aristotel (mil. av. 384-322) bo‘lgan davr manbalaridan ekologik omillar to‘g‘risidagi xabarlar bo‘lgan. Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatayotgan omillarga qarshi choratadbirlar qo‘llash kerak. Ekologiya esa odamlar uchun qulay bo‘lgan, bulg‘anmagan tabiiy atrof-muhitni yaratish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borayotgan, bu dolzarb muammoni hal qilishga yordam beradigan fan bo‘lib qoladi. Ekologiya deganda, organizmlarning o‘zaro va muhit bilan aloqadorligini o‘rganadigan fan tushuniladi. Shuningdek, inson va organizmlarning yashash muhiti holati, organizmlar (shu jumladan, inson) va muhit o‘rtasidagi o‘zaro muammolarni o‘rganishga alohida ilmiy yondashish (ekologik yondashish) ham tushuniladi. Ekologiya yer yuzidagi har qanday moddiy narsa – geografik unsurlarning (tog‘ jinslari, suv, tuproq, o‘simliklar, hayvonlar, odamlar, inshootlar va boshqalar) tadrijiy rivojiga, ularni o‘rab turgan muhitning ko‘rsatgan ta’sirini o‘rganadigan va bu jarayonni boshqarishga yo‘naltirilgan faoliyat sohasidir. Ekologiya tushunchasini fanga birinchi bo‘lib, 1866-yilda nemis biologi Ernest Gekkel “Organizmlarning umumiy morfologiyasi” asarida kiritgan.
Qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida jadal chora-tadbirlarning amalga oshirilishi va TEZLASHGAN EROZIYA SHAMOL EROZIYASI (DEFLYATSIYA) SUV EROZIYASI Changli bo‘ron Doimiy shamol eroziyasi Sel oqimlari Tekislik eroziyasi Jarlik eroziyasi Chiziqli yoki tezlashgan eroziya Sug‘orish eroziyasi 169 islohotlarning amaliyotga keng tatbiq etilishi, xususan, yer resurslaridan samarali foydalanish tamoyillariga alohida e’tibor qaratilishi o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Bu borada mavjud sug‘oriladigan va lalmi yerlardan unumli foydalanish, ularning unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish, ularni muhofaza qilishni ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini oshirishga qaratilgan bir qator qonun, farmon va me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqarish tatbiq qilingan. Davlatimiz tomonidan “Yer kodeksi”, “Davlat Yer kadastri”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida” va “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlar, “Yer monitoringi” to‘g‘risidagi nizom hamda “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonning qabul qilinishi qishloq xo‘jaligida qator islohotlarni amalga oshirishda to‘la huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi: Yer, yerosti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. “Yer kodeksi” 1998-yilning 30-aprelida qabul qilingan bo‘lib, yer munosabatlarini tartibga soluvchi hamda yer resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, yerdan foydalanish, uni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish tushunchasi va mazmunini belgilab beradigan asosiy qonunchilik hujjati hisoblanadi. Yer to‘g‘risidagi ushbu qonuniy hujjatning asosiy vazifasi hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab, yerdan ilmiy asoslangan tarzda oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, tabiiy muhitni asrash va yaxshilash, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga 170 solishdan, shuningdek, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat. “Yer kodeksi” quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish; yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash; qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning, eng avvalo, sug‘oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borilishini hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash; qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quvvatlash; yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash; yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish; yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lash; yerlarning holati haqidagi axborotning to‘liq bo‘lishini hamda undan erkin foydalanishga yo‘l qo‘yilishini ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 8-moddasiga muvofiq, respublikamiz yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi: 1) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar – qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlar. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga bo‘linadi;
Tuproqlardan ilm-fan tavsiyalari asosida oqilona foydalanish, uning muhofazasini to‘g‘ri ta’minlash, uning unumdorligini oshirishda yangi texnologiyalarni joriy qilish, shak-shubhasiz, qishloq xo‘jaligi rivojlanishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Tuproq tarkibini har tomonlama yaxshilash, hosildorligini va iqtisodiy samaradorligini oshirish tuproqning kelgusidagi rivojining muhim masalalaridan biridir. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirishni zamon talablari darajasida yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga egadir. Jumladan, sho‘rlangan yerlarni yuvish, kollektor-drenaj va suv tizimlarini tozalash, yerosti suvlari balansining buzilishi, ularning yer yuzasiga ko‘tarilishi, ekin ekish texnologiyasi va hokazolarni inobatga olgan holda yer va suv resurslaridan maqsadli foydalanish me’yorlariga rioya qilish eng muhim ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Xususan, respublikamiz viloyatlari va tumanlari sug‘oriladigan yerlarida o‘tkazilgan tuproq-baholash ishlari natijalari fermer xo‘jaliklari va boshqa yerdan foydalanuvchilar tuproqlari holatida ijobiy o‘zgarishlar yuz berib, ularning bonitet ballari ortib borayotganligini ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 14-moddasida Yer monitoringi yer tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat ekanligi ta’kidlangan. Davlat yer kadastrini yuritishni, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan ta’minlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi. .
90-modda. Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan amalga oshirilgan yer uchastkalari oldi-sotdisi, ularni hadya qilish, garovga qo‘yish (yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan, kimoshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni, shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yish bundan mustasno), yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bunday bitimlarni amalga oshirishda aybdor shaxslar qonunga binoan javobgar bo‘ladilar.
yerlardan belgilangan maqsadda foydalanmaganlikda; yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlikda; qishloq xo‘jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlikda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlar bilan ifloslantirganlikda; yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan obyektlarni joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda; yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda; vaqtincha egallab turilgan yerlarni qaytarish muddatini buzganlikda yoki yerlarni belgilangan maqsadda foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda; yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarga va mulkdorlarga qarashli yer uchastkalarining marza belgilarini yo‘q qilganlikda;
yerlar olib qo‘yilgan, qayta sotib olingan yoki vaqtincha egallab turilganda; – davlat qo‘riqxonalari, zakazniklar, milliy tabiat bog‘lari, tabiat yodgorliklari, madaniy-tarixiy yodgorliklar, suv havzalari, suv ta’minoti manbalari, kurortlar tevaragida, daryolar, kanallar, suv tashlamalari, yo‘llar, truboprovodlar, aloqa liniyalari va elektr uzatish liniyalari bo‘ylab muhofaza, sanitariya va ihota zonalari belgilanishi munosabati bilan ularning huquqlari cheklanganda;
– suv havzalari, kanallar, kollektorlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari va dov-daraxtlar uchun zararli moddalar chiqaradigan boshqa obyektlar qurish va ulardan foydalanishning ta’siri hamda yuridik va jismoniy shaxslarning hosil kamayishiga va qishloq xo‘jaligi mahsulotining sifati yomonlashuviga olib boradigan boshqa xatti-harakatlari oqibatida yerlarning sifati yomonlashgan taqdirda. 177 Zararning o‘rni olib qo‘yilayotgan yer uchastkalari ajratib beriladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan, shuningdek, faoliyati yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Mamlakatimizda 8% sug‘oriladigan yerlar irrigatsion eroziyaga moyildir. Sug‘oriladigan yerlarning 15 %i tuproq ko‘chishiga moyil. Buning sababi sug‘orish kanallarining o‘pirilishi hamda sath qiyaligi muhim bo‘lgan dashtlarda boshqa tartibsiz yo‘nalishli irrigatsion suvlarning kelishidir.


Yüklə 22,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin