Mavzu: Atrof muhitni qadrlash


BMТ ning xalqaro Gaaga sudi



Yüklə 44,37 Kb.
səhifə17/17
tarix07.02.2023
ölçüsü44,37 Kb.
#83282
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Atrof muhitni qadrlash

BMТ ning xalqaro Gaaga sudi 1945-yil BMТ bilan bir vaqtda faoliyat yurgiza boshladi. Sudya­lar Bosh Assambleya tomonidan 5 yil muddatga saylanadilar. BMТ Nizomining 99-moddasiga binoan Gaaga sudi Xavfsizlik Kengashiga, xalqaro ekologik masalalar, jumladan, ekologik xavfsizlikni saqlashga doir har qanday masalalarni ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish huquqiga ega.
Xalqaro ekspertlarning ma’lumotlariga ko‘ra Yer kurrasida davlatlar yoki transkontinental kompaniyalar tomonidan sodir etilayotgan ekologik huquqbuzarliklarning bor-yo‘g‘i 7—8 foizi xalqaro sudlov organlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Vaholanki, ularning hammasi ham yetarlicha javobgarlikka tortilmayaptilar, natijada atrof-muhitga yetkazilayotgan zararni qoplash uzoq muddatga cho‘zilib ketmoqda.
Gaaga sudidan tashqari bir qancha regional va subregional toifadagi xalqaro sudlar mavjud. Ular 200 dan ziyod ikki va ko‘p tomonlama imzolangan shartnoma va kelishuvlar bo‘yicha xalqaro ekologik javobgarlik sanksiyalarini qo‘llashlari mumkin. Bunda davlatlar o‘z­larining milliy qonun me’yorlarini yoki xalqaro tashkilotlarning Ni­zom­larini «ro‘kach» qilib ko‘rsatishlari aslo inobatga olinmasligi kerak. Chunki, xalqaro ekologiya huquqi prinsipiga binoan atrof-muhitni muhofaza qilishda xalqaro huquqiy-me’yoriy normalar milliy normalarga nisbatan ustuvorlikka egadir. Undan tashqari, xalqaro shartnoma va kelishuvlarda ekologik-huquqiy javobgarlik ko‘pincha inobatga olin­maydi, agar olingan bo‘lsa ham davlatlarning u yoki bu tabiiy ob’yektlari muhofazasiga qaratilgan, xolos. Shuning uchun ham xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlik me’yorlari birlamchi me’yorlar toifasiga kiritilmaydi va huquqbuzarlarni yuridik javobgarlikka tortish uchun yetarli asos bo‘la olmaydi.



Yüklə 44,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin